Korxona va uning strukturasi




Download 1,94 Mb.
bet4/13
Sana16.05.2024
Hajmi1,94 Mb.
#236818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
xurshid

1.2 Korxona va uning strukturasi
“Time Team” MCHJ tashkiloti 5 (besh) yil mobaynida o’z faoliyat turi bo’yicha xizmat ko’rsatish ishlarini samarali va sifatli tarzda amalga oshirib kelmoqda. Mazkur xizmat ko’rsatish tashkiloti manzili Sirdaryo viloyati Guliston shahri Do‘stlik MFY Ravnaq ko‘chasi 155-uy. Ushbu tashkilot tomonidan bajarilgan keng kamrovli ishlardan yong’in va portlash xavfi yuqori bo’lgan obyektlarda ya’ni: Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Sarmich” MFYda qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan umumiy quvvati 1573 Mvt bo’lgan issiqlik elektr stansiyasida, Xovos tumani “Mustaqillik” MFY hududida joylashgan Gaz-porshenli elektr ishlab chiqarish stansiyasida, Sirdaryo tumani hududida joylashgan Jelatin ishlab chiqarish kabi bir qancha obyektlarda avtomatik yong’indan xabar berish va evakuatsiyani boshqarish, avtomatik yong’in o’chirish tizimlari montaj qilingan.
Ushbu tashkilot tomonidan olib borilayotgan bu tizimlar mojtaj ishlarining ahamiyati hamda kelib chiqishiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak:
Avtomatika vositalari (jumladan, yong‘in xavfsizligi avtomatikasi vositalari)ni amaliyotga keng tadbiq etish hamisha eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan. Chunki bunda odamlarni yong‘inning xavfli omillaridan himoyalash kafolatlanadi, yong‘inlarni muvaffaqiyatli o‘chirish kafolati oshadi, yong‘inlarning yirik va o‘ta yirik yong‘in o‘chog‘lariga aylanish ehtimoli bartaraf etiladi, bu esa o‘z navbatida mamlakatning moddiy va ma’naviy boyliklarini saqlashga shart-sharoit yaratadi.
Yong‘in xavfsizligi avtomatikasi vositalarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini quyidagicha ifodalash mumkin. Respublika yong‘in xavfsizligi tadbirlari tizimida yong‘in xavfsizligi avtomatikasi ijtimoiy xotirjamlikni ta’minlash, iqtisodiyotning yaxshi funksiallashuvi, milliy boyliklarni saqlash, xalq xo‘jaligida lokal disproporsiyalarning yuzaga kelishi va salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olishda muhim bo‘g‘in deb hisoblanadi. Ishlab chiqarishni unumdorligini oshirish uning samaradorligini oshirish sharti bo‘lib, bunda ishlab chiqarish maydonlarida materiallarning yuklamasi sezilarli darajada ko‘payadi, jumladan, yonish ehtimoli yuqori bo‘lgan materiallar salmog‘i ham oshadi. Texnologik jarayonlarni unumdorligini oshirish kuchaymoqda, energetik quvvat o‘sib bormoqda. Bunday voqeliklar-ob’yektiv ravishda sodir bo‘lmoqda va ularga faqat xavfsizlikning qat’iy texnik va tashkiliy chora-tadbirlari, jumladan, yong‘in xavfsizligi avtomatikasi vositalari qarshi turishi mumkin. Ishlab chiqarish texnologiyasida tubdan, chuqur va keskin o‘zgarishlar jarayonlari ro‘y bermoqda. Yonish xavfiga ega bo‘lgan materiallar, jihozlar, apparatlarning qo‘llanishi oshib bormoqda; jarayonlar yuqori bosim va temperaturalar, katta tezlikdagi reaksiyalarda olib borilmoqda. Bularning hammasi, shubhasiz, zamonaviy ishlab chiqarishning yong‘in-portlash xavfini oshirmoqda va yong‘in xavfsizligi avtomatikasi ushbu xavfni bartaraf etishi uchun xizmat qilmog‘i lozim.



Download 1,94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1,94 Mb.