|
Kompyuter injiniringi fakulteti bitiruv oldi amaliyoti
|
bet | 6/13 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,94 Mb. | | #236818 |
Bog'liq xurshid2.1-rasm. Axborotlarni aks ettirish tizimining sinflanishi
Umumlashtirilgan shaklda axborot taqdim qiladigan AAET yagona yig‘ma yoki umumiy xususiyat shaklida bitta indikatordagi ko‘rsatkichlar to‘plami to‘g‘risida axborotlar beradi. Bunday usulning afzalliklari quyidagilar:
a) Insonga uzatilayotgan axborot oqimini birdan qisqarishi. Oqimni qisqartirish belgilangan dasturda oqimni qayta ishlash yo‘li bilan hisoblash majmuasida amalga oshiriladi (hisoblash, misol uchun taqsimlash vazifasi-jarayonning turg‘un ko‘rsatkichlari, matematik kutish, foydali koeffitsient, iqtisodiy samaradorligi va takomillashtirish va h.k. afsuski hozirgi vaqtda hisoblash komplekslariga ob’yektrning umumlashtirilgan mezonlarini taklif qila olmaymiz);
b) Ikkinchi darajali axborotlar ulushini kamaytirish va axborotlarni avtomatik umumlashtirish. Ammo ikkinchi darajali axborot qisqarishi bilan birgalikda DYoXX hodimi uchun kerakli va juda muhim bo‘lgan axborot ham yo‘qoladi. Bunday AAETni qo‘llash axborotni aks ettirish ishonchliligini pasaytiradi, xizmat ko‘rsatuvchi va nazorat organlari hodimlaridan ob’yektni chuqur bilishni talab qiladi. Ob’yektning yong‘in xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida AAET hodimlariga alohida aks ettirishning qo‘shimcha vositalariga ega tizim bilan ta’minlash tavsiya qilinadi.
ATQQ tasniflanishining muhim belgisi sifatida axborotni taqdim qilish shaklini keltirish mumkin. Axborot uzluksiz egri chiziq, grafik, diagramma yoki sonlar shaklida, harf-raqam jadvalli tarzda taqdim qilinishi mumkin 2.2-rasmda ATQQ turli tasnifiy guruhlardagi axborot tashuvchilarning shakllari keltirilgan. Ular bilan axborotni taqdim qilish qurilmalari nomenklatura guruhlarining ro‘yxati keltirilgan.
2.2-rasm. Axborotlarni ko‘rsatuvchi qurilmalarning sinflanishi
Axborotni taqdim qilish qurilmasi (ATQQ) axborot tashuvchi xususiyatiga ko‘ra qayd qiluvchi va ko‘rsatuvchiga bo‘linadi. Qayd qiluvchi axborot tashuvchi xususiyatiga ko‘ra diagramma qog‘ozi, blankasi, maxsus qoplamaga ega qog‘oz, planshet bo‘lishi mumkin va uzoq vaqt hotirada saqlovchi qurilmani aks ettiradi. Bunday turdagi axborot avariya, yong‘in va portlash yuz bergan joylarni tadqiq qilishda qulay bo‘lib hisoblanadi. Ko‘rsatiladigan asboblardagi axborot tashuvchi uzoq vaqt xotirada saqlash xususiyatlariga ega emas. Axborot tashuvchida axborot mavjud bo‘lgan holatdagini saqlanib turadi bunda texnologik jarayonni tezkor tahlil qilish imkoni vujudga keladi.
|
| |