|
Sun’iy intellekt va uning sohalari haqida batafsil ma’lumot
|
bet | 7/13 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,94 Mb. | | #236818 |
Bog'liq xurshid2.2 Sun’iy intellekt va uning sohalari haqida batafsil ma’lumot
Bugungi axborot asrida dunyoda sunʼiy intellektga talab va ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Sababi sunʼiy intellekt o‘zining imkoniyatlari jihatidan inson aql-zakovatiga yaqin tarzda fikrlash xususiyatiga ega bo‘lib, sanʼat, adabiyot, tibbiyot, shaharsozlik, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko‘plab muhim sohalar rivojiga hissa qo‘shib, yutuqlarga erishmoqda.
Sunʼiy intellekt (SI; inglizcha: artificial intelligence, AI) – inson intellektiga taqlid qilishga qodir boʻlgan mashinalar yaratishga qaratilgan fan va texnologiya sohasi hisoblanadi. Suniy intellekt yoki suniy ong, intellektual vazifalarni bajarish uchun kompyuter sistemalarining qurilmagan mahsuloti sifatida tanimalanadi. Bu, ma'lumotlar va xullasizlarning to'plami bo'yicha o'rganuvchi va qaror qabul qiluvchi muhitni taklif qilish uchun algoritmlarni, ma'lumotlar bazasini va axborot infrastrukturani ishlatadi.
Hozirgi kunda sun’iy intellekt Sog‘liqni saqlash, energetika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, mashinasozlikni takomillashtirish, ovozli yordamchilar, onlayn suhbat va aloqa va dasturiy ta’minotni rivojlantirishda samarali foydalanilmoqda. Sun’iy intellektning rivojlanish yo‘nalishlari Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar rivojlanishining qisqacha tarixiy sharxi. Sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlarning boshlanishini (50-yillar oxiri) Nyuell, Sayman va Shoularning turli xil masalalarni yechish jarayonlarini tadqiq qilish ishlari bilan bog‘lashadi. Ular ishining natijasi mulohazalar hisobidagi teoremalarni isbotlashga mo‘ljallangan «mantiqchi-nazariyotchi» va «umumiy masala yechuvchi» dasturlari bo‘ldi.
Bu ishlar sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlarning birinchi bosqichini boshlab berdi. Bu tadqiqotlar masalalarni yechishda turli xil evristik usullarni qo‘llashga asoslangan dasturlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan. Evristik usul bu holda insonning fikrlashiga umuman xos bo‘lgan, ya’ni masalani yechish yo‘lini uni keyinchalik tekshirishga o‘xshash holda qaralgan. Elektron hisoblash mashinalarilarda qo‘llanilgan algoritmik usul unga qarshi qo‘yilgan bo‘lib, bu usul deterministik tarzda natijaga olib keluvchi berilgan qadamlarning mexanik tarzda bajarilishini amalga oshirgan. Evristik usullarning alohida inson faoliyati kabi talqin etilishi sun’iy intellekt terminining paydo bo‘lishi va tarqalishiga sabab bo‘ldi. Shunday qilib o‘zlarining dasturlarini tavsiflashda Nyuell2 va Sayman dalil sifatida shuni ta’kidlashdiki, ularning dasturlari inson fikrlashini.
Maxsus dasturiy ta’minotlar obrazlarni aniqlash, tarjimon dasturlar, intellektual robotlar bilimga asoslangan tizimlar Mustaqil o‘rganish modellashtirar ekan. 70-yillar boshida ular bunga o‘xshash ko‘plab ma’lumotlarni chop etishdi va fikrlashni (tafakkurni) modellashtiradigan dastur tuzishning umumiy metodikasini taklif etishdi. Nyuell va Saymanning ishlari ko‘pchilikni jalb qilgan bir paytda Massachusets texnologiya instituti, Stenford universiteti va Stenford tadqiqotlar institutida sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotchilar guruhi shakllandi. Nyuell va Saymanning oldingi ishlariga qarshi ravishda bu tadqiqotlar formal matematik tushunchalarga tegishli edi. Bu tadqiqotlarda masalani yechish yo‘li matematik va belgilar mantiqi asosida rivojlandi. Inson tafakkurini modellashtirishga ikkinchi darajadagi kabi ahamiyat berildi.
Sun’iy intellekt atamasi birinchi bo‘lib, 1956-yilda Dortmund konferentsiyasida Jon Makkarti va uning hamkasblari Marvin Li Minskiy, Nataniel Rochester, Klod Shennonlar tomonidan taklif etilgan. Jon Makkarti ushbu atamaning muallifi sifatida qabul qilinadi. Shu o‘tgan vaqt ichida juda katta ilmiy izlanishlar olib borildi va borilmoqda, buning natijasida sun’iy intellektning qo‘llanilish sohasi tezlik bilan kengayib bormoqda.
Sun’iy intellekt usullarini rivojlantirishning birinchi bosqichida turli xil o‘yinlar, boshqotirmalar va matematik masalalar tadqiqot maydoni hisoblangan. SI to‘g‘risidagi adabiyotlarda bu masalalarning ba’zilari klassik masalalar bo‘lib qoldi. Bunday masalalarni tanlash ularning oddiyligi, masalaning aniq qo‘yilishi, ularning unchalik murakkab emasligi va masalani yechish uchun «qism usul» ni tanlash, hattoki, sun’iy ravishda qurish mumkinligi bilan bog‘liq. Bugungi kunda jahon amaliyotida Kanada, Singapur, Birlashgan Arab Amirliklari, Finlyandiya, Yaponiya, Xitoy, Italiya, Tunis, Buyuk Britaniya, AQSH, Shvetsiya, Meksika, Yevropa Ittifoqi, Keniya, Daniya, Fransiya, Avstraliya, Koreya Respublikasi, Hindiston va Germaniya kabi davlatlar sunʼiy intellektni rivojlantirish strategiyalarini eʼlon qilgan.
|
| |