|
-BOB. AMALIYOT O‘TASH MUDDATI DAVOMIDA
|
bet | 5/13 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,94 Mb. | | #236818 |
Bog'liq xurshid2-BOB. AMALIYOT O‘TASH MUDDATI DAVOMIDA
FOYDALANILGAN DASTURIY TA’MINOTLAR
2.1 Yong`inni oldini olish tizimlari bo`yicha umumiy ma’lumot va tushunchalar
Yong‘in - maxsus joydan boshqa joyda yonuvchi, moddiy zarar keltiruvchi va nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish jarayonidir.
Yong‘inning odam va hayvonlarga ta’sir qiluvchi xavfli va zararli omillari: ochiq yong‘in, atrof-muhit va narsalarning yuqori harorati, toksik moddalarni yonishi, tutun, havo tarkibida kislorod konsentrasiyasining kamayishi, qurilish konstruksiyalarining qulayotgan qismlari; portlashdagi to‘lqin zarbi, otilayotgan qismlar va zararli moddalar hisoblanadi.
Yong‘inni o‘chirishdan ko‘ra uning oldini olish osondir. Shu sababli korxonalar, ishlab chiqarish uchastkalari rahbarlari yong‘in chiqish sabablarini bilishi va uni oldini olish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirishlari kerak.
Yong‘inni o‘chirish moddalari va ularning xossalari turlicha bo`lib ular quyidagilar bo`lishi mumkin:
Yong‘inni o‘chirishning keng tarqalgan moddalari: suv, suv bug‘i, uglekislota, namlangan materiallar kimyoviy va havo-mexanik ko‘pik, poroshokli tarkiblar, brom etil birikmalar, inyert gazlar va boshqalar hisoblanadi.
Yong‘inni o‘chiruvchi moddalar quyidagicha klassifikasiyalanadi:
-yong‘inni to‘xtatish usuli bo‘yicha-sovutuvchi (suv va qattiq uglekislota);
-elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha-elektr o‘tkazuvchi (suv, suv bug‘i va ko‘pik), elektr o‘tkazmaydigan (gazlar va poroshoklar);
-toksikligi bo‘yicha - toksik bo‘lmagan (suv, ko‘pik va poroshoklar), kam toksik (uglekislota va azot), toksik bo‘lgan brometil, freonlar;
Is gazi yoki uglyerod ikki oksidi rangsiz gaz bo‘lib havodan 1,5 marta og‘ir. U yonish zonasiga kislorodni kirishini oldini oladi ya’ni yong‘inni kisloroddan izolyasiya qiladi. Kimyoviy ko‘pik yonish zonasida kislorod miqdorini 14 % gacha kamaytiradi, yonayotgan moddiy yuzini qoplaydi, sovutadi va yong‘inni to‘xtatadi.
Ko‘pikning karraligi - ko‘pik hajmini u olingan butun suyuqlik hajmiga nisbatidir 5 dan 100 karralikkacha ega bo‘lgan ko‘piklar kam va o‘rtacha ko‘pik karraligiga, 100 dan ortiqlari esa yuqori karralikka kiradi.
Inyert gazlar (azot, argon, geliy) gazli payvandlash ishlarida idishlarni, balonlarni to‘lgazishda ko‘llaniladi.
Yong‘inga qarshi suv ta’minoti bu yong‘inga qarshi suv zahirasi yilning istalgan vaqtidakerakli bosimda 3 soat yong‘inni o‘chirishga etadigan bo‘lishikerak. Ishlab chiqarish korxonasida har biri 100 m3 va undan ortiq sig‘imli suv hovzasi bo‘lishikerak. Bitta suv hovzasining xizmat ko‘rsatadigan radiusi yong‘in vaqtida suv uzatish uchun avtonasos va avtoidishlardan foydalanganda 200 m, uzatma nasoslardan foydalanganda 100 m, bir o‘nli prisep motopompalaridan foydalanganda 150 m ga teng qabul qilinadi. Bitta idishda 100 m3 sig‘imgacha bo‘lgan suv zahirasi dahlsiz saqlanadi. Tashqi va ichki yong‘inlarni o‘chirishda suv sarfi (m3/soat) quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Yong‘inni oldini olish sistemasi - yong‘in sodir bo‘lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidir.
Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda iloji boricha yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallardan foydalanish texnologik jarayonlarni maksimal darajada mexanizasiyalash va avtomatlashtirish, yong‘in xavfi bo‘lgan qurilmalar o‘rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqa xonalardan ajratish yoki bunday qurilmalarni mumkin qadar tashqarida o‘rnatish, yonuvchi moddalar uchun gyermetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosining tarkibidagi yonuvchi gaz, bug‘ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.
Loyiha materiallarining texnologik qismi va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish bo‘yicha bo‘limlari yong‘in xavfsizligi talablariga mosligi bo‘yicha ekspertiza qilish, shuningdek montaj qilishda me’yor va qoidalari bajarilishini tekshirish bilan yong‘in-texnik o‘rganish, ishlab chiqarish avtomatikasi vositalarini qabul qilish va ulardan foydalanishda ob’yektning yong‘in xavfsizligini baholash uchun zarur ma’lumotlarni beradi, ammo mazkur ma’lumotlar yetarli emas, hozirgi vaqtdagi texnologik jarayonning yong‘in xavfi bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lish uchun uning fizikaviy-kimyoviy o‘zgarishi va ko‘rsatkichlari, ularni xarakterlovchi ko‘rsatkichlari zarur bo‘lib hisoblanadi. Yakuniy hisobda (yong‘in-texnik tekshiruvini o‘tkazish davri nazarda tutilmoqda) bevosita texnologik jarayonning yong‘inga qarshi holati to‘g‘risida faqatgina ijro sxemasi texnika asboblarining mosligini tekshirish va ko‘rsatkichlarning joriy o‘lchangan miqdorlarini ularning texnologik reglamentga ko‘ra nazorat miqdorlari bilan taqqoslashdan so‘ng fikr bildirish mumkin. Boshqacha qilib aytganda o‘lchov vositalari va ular orqali olinadigan axborotdan foydalanib real vaqtdagi texnologik jarayonlarning mohiyatini xarakterlovchi miqdorlarni tenglashtirish (identifikatsiyasi) talab qilinadi. O‘lchov axboroti deb moddiy ob’yektning qandaydir xususiyati (jism, ko‘rinish, modda va sh.k.) to‘g‘risida maxsus texnik vositalar (o‘lchov asboblari yoki tizimlar) yordamida tajriba yo‘li orqali olinadigan tartibga solingan miqdoriy ma’lumotlarga aytiladi. Ma’lumotlarni ko‘rsatish qurilmalari tarkibida yagona maqsad va faoliyat dasturiga ega bo‘lgan o‘lchov axborotlari manbasi (boshqaruv ob’yekti) va uning qabul qiluvchisi (inson)ni taqdim qilish qurilmalari yig‘indisi axborotlarni aks ettirish tizimi deb nomlanadi (AAET). AAET shakllari va tahlil bo‘yicha uning imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.
DYoXX xodimlari tomonidan yong‘in-texnik tekshiruvi o‘tkazish davrida texnologik jarayonning yong‘inga qarshi holatini tahlil qilishda AAET turlari va ularning imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz. "Inson-avtomat" tizimi va muvofiq ravishda axborotlarni aks ettirish tizimlarini tasniflash uchun bir nechta belgilar mavjud. Texnika xavfsizligi va yong‘in muhofazasini ta’minlash nuqtai nazaridan AAET ning eng maqbul tasnifi insonga beriladigan axborot oqimining aks ettirilish usuliga ko‘ra tasniflashdir. Axborotlarni aks ettirish usuliga ko‘ra AAET to‘rt guruhga bo‘linishi mumkin (2.1-rasm.): axborotni alohida usulda ko‘rsatuvchi AAET; axborotni umumlashtirilgan shaklda ko‘rsatuvchi AAET; tartibga solinadigan oqimli AAET; axborotni shajaraviy ko‘rsatuvchi AAET.
Axborotlarni aks ettirishning alohida (individual) usuliga ega AAET axborotni taqdim qilishning alohida qurilmalaridan shakllanadi, har bir nazorat qilinadigan ko‘rsatkich holati o‘zining alohida qurilmasi orqali aks etadi. Operatorga axborotni taqdim qilish aks ettirishning butun jarayoni mobaynida amalga oshiriladi. Axborot oqimini tashkil qilishning bu usulining quyidagi ijobiy jihatlari mavjud: tuzilishining oddiyligi, axborotni to‘liq aks ettirishi, tezkor aks ettirishi, ishonchli aks ettirishi. Bunday AAET bilan ishlashda shkalaga ega axborotlarni hisoblab va ularni hujjatdagi miqdor bilan taqqoslash orqali DYoXX hodimi butun texnologik jarayon holati to‘g‘risida etarli tasavvurga ega bo‘ladi. Axborotni qabul qilish nuqtai nazaridan alohida ko‘rsatuvchi AAET ning kamchiliklari quyidagilar: ortiqcha axborotning katta hajmdaligi, yong‘in va portlash xavfi holatini qurilma orqali baholash uchun AAET tomonidan qamrab olinadigan maydonning kattaligi, ko‘plab alohida ko‘rsatkichlarning o‘zaro murakkabligi zaruriy ma’lumotni olish vaqtini uzaytirib yuboradi. Hozirgi vaqtda bunday AAET avtomatlashtirish amaliyotida keng tarqalgan.
|
| |