• Kompyuter tarmoqlari
  • Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari




    Download 229.68 Kb.
    bet1/7
    Sana22.01.2024
    Hajmi229.68 Kb.
    #143370
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari-fayllar.org
    Mavzu Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydal-fayllar.org, Iqtisodiy, moliya va bank sohalarida qo`llaniladigan dasturlar-fayllar.org, 1C buxgalteriya dasturi va unda ishlash asoslari-fayllar.org, Grafik tasvirlarning formatlari. Fayl formatlari-fayllar.org, Informatika va axborot texnologiyalari fani O‘rta va o‘rta maxsu-fayllar.org (1), Знакомство с системой компас-3d работа с командами компас-3d-kompy.info, Adobe Photoshop rastrli grafik muharririda ishlash asoslari. Pho-fayllar.org, Macromedia flash texnalogiyasi yordamida web sahifa yaratish va , 16-mavzu web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o’rnatish, Mavzu Tovushli ma’lumotlar va ular bilan ishlash Fan Informati-fayllar.org, Kompyuter tarmoqlari va administratorlash, 1- mavzu Lokal va global kompyuter tarmoqlari Tatmoqlar haqida -fayllar.org, Mavzu Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydal-fayllar.org (1), 1. Regional kompyuter tarmog‘i. Global kompyuter tarmog‘i. Lokal

    Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari

    KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARDA ISHLASH ASOSLARI
    Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o 'rtasida ma'lumot almashishni tashkil etish mumkin, Xo'sh, tarmoqning o'zi nima? Uning qanday turlari bor? Inter­net, intranet, elektron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli ta'minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish ko 'nikmalariga ega bo'lish hozirgi jamiyatning har bir a'zosi uchun muhimdir. Ushbu bobda mazkur tushunchalar haqida atroflicha flkr yuritiladi,
    Kompyuter tarmoqlari
    Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi.
    Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
    Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyu­terlar va axborot ashyolariga bog'liq

    Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.
    Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko'rsatilgan.
    Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo'linadi.

    Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
    Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda Ibydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
    Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.
    Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
    Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo'ladi.

    Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash jarayonidir.

    Seleksiyalash — tegishli manziJdagi axborotni saralash demakdir.
    Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo'yicha ikki sinfga ajratiladi.
    Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta'minlaydi.
    Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
    Ma'muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.

    Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.
    Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quwatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.


    Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuter­larni o'zida birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.
    Internet bilan birga «intranet» tushunchasi ham ishlatiladi.



    Download 229.68 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 229.68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari

    Download 229.68 Kb.