• Interfaol metod
  • Ta'limning interfaol metodlari




    Download 136,5 Kb.
    bet9/12
    Sana29.11.2023
    Hajmi136,5 Kb.
    #107451
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Kompyuter
    4-mavzu Saf mashqlari Reja, qolda yoy pechat , Uyga vazifa, Informatikani o’qitish metodikasi, Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash-fayllar.org, Informatikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni loyihalashtirish, Zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar. Ax-fayllar.org, Ma’ruza Axborot tushunchasi. Axboriy jarayonlar Mashg’ulot maqs, 46233 UMK, Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash , Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari (1), 7-mavzu Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Reja Axborot, 846 УСК (Lotincha), ASLIDDIN MAMAYUSUPOV
    2.2 Ta'limning interfaol metodlari.
    Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni talabalarga etkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, talabalar foliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
    Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba to'plangan bo'lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta'lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so'z yuritamiz.
    Interfaol metod – ta'lim jarayonida talabalar hamda o’qituvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali talabalarning bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
    Interaktiv” (interfaol)-inglizcha so'z bo'lib, “interact”-“inter”-bu o'zaro,  “act”-bu “harakat qilmoq?” ma'nosini anglatadi. 
    Umumlashtirganda esa interaktiv usullar – ( Interaction – inglizcha –aro, o‘zaro, ast - harakat ma‘nosini anglatadigan so‘zlardan iborat) o‘zaro harakat, yoki hamkorlik asosida harakatni bildiradi.
    Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi.
    Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.
    Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
    Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.
    O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.

    Download 136,5 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 136,5 Kb.