|
Programmalash, programmalash tiliBog'liq AMV majmuaProgrammalash, programmalash tili.
IEC
– 61131-3 logikali boshqariladigan va rostlanadigan protsessorli
modullarni programmalashda qo’llaniladigan, dunyoda keng tarqalgan standart
programmalash tilidir.
Bu programmalash tili pog’onali (lesnichnie) diagrammalarni, funktsional
bloklarni diagrammalarini va sekventsialli funktsiyalarni diagrammalarini (Grafset
tili) yaratishga imkon beradi. Ko’pgina programmalash tillari har bir aniq masala
uchun programma tuzuvchiga to’g’ri keladigan instrumentni tanlashga imkon
beradi.
Grafik til.
Pog’onali (Ladder) diagrammalar, funktsional blokli diagrammalar
va sekventsialli funktsiyali diagrammalar bitta programmada ishlatilishi mumkin.
Bu shuni bildiradiki, bitta ishchi varaqda (ekranda) har bir programmani qismida
(fragmentida) qulay bo’lgan har xil programmalash tillarini qo’llash mumkin.
Global o’zgaruvchi. \/ - seriyadagi integratsiyalashtirilgan kontrollerlar
faqatgina simvolli adreslarni qo’llash bilan programmalashtirilishi mumkin. Bu
programmist uchun logik adreslar yoki qurilmalarni konfiguratsiyalarini
o’ylamasdan (bog’liqsiz) programma tuzishga imkon beradi va to’liq hajmda ham
globalli ham lokalli o’zgaruvchilarni qo’llab-quvvatlanadi. Shu bilan birgalikda
global o’zgaruvchilarni 3 ta ierarxiyali sathlari nazarda tutiladi: kontrollerlarni
global o’zgaruvchilari; stantsiyani global o’zgaruvchilari va boshqaruvchi setni
global o’zgaruvchilari.
Boshqaruvch
i setni global o’zgaruvchilariga boshqaruvchi TS-net setga
ulangan xohlagan kontrollerdan yoki stantsiyadan murojaat qilishi mumkin.
Stantsiyani global o’zgaruvchisi shu stantsiyaga o’rnatilgan har qanday kontrollerga
kirish undan foydalanishi mumkin. Kont
rollerni global o’zgaruvchisi faqatgina bitta
kontrollerdan foydalaniladi, shuning uchun ham bunday o’zgaruvchi boshqa
kontrollerlarga va ishchi stantsiyalarga ta’sir qilmaydi.
|
| |