Zamonaviy mikrokontrollerlar asosidagi bitta va ko‘p ob’ektlarning
parametrlarini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi tizimlarini ishlash
algoritmlari va dasturiy ta’minotlarini tuzish prinsiplarini o‘rganish. (1
soat)
Kontrollerlarni, mikrokontrollerlarni programmalashtirish tillari
Programma bilan ta’minlash (PBT) deganda – bu mikrokontrollerlarda (MK),
kontrollerlarda masalalarni yechishni,
programmalarni sozlashni, MK boshqarish
sistemasini ishlashini ta’minlashga,
tekshirishga, ko’rsatmalar, imkon beruvchi
programmalar yig’indisi tushuniladi .
Apparatli va mikroprogrammali vositalar orqali MK, kontrollerlarga ichki til
hamda foydalanuvchiga tavsiya etiladigan tashqi programmalar joriy qilinadi.
MK kirish tili bo’lib, PZU, PPZU, REPZU, EPROM, EEPROM, ... direktivalar
yig’indisi va programma tili xizmat qiladi.
MK asosan lokal sistemalarni, ya’ni kichikroq ob’ektlarni ishlashini nazorat
qi
lish va boshqarish uchun mo’ljallanganligi uchun ularni ichki xotira sxemalariga
ob’ektni ishlashini nazorat qiladigan va boshqaradigan
direktiv buyruqlarini
bajaruvchi qism programmalari,
konstantalar, boshqarish va hisoblash qism
programmalari
yozilgan b
o’ladi. Bulardan tashqari MK ning xotirasiga MK ning
o’zini ishlashini tekshiruvchi testli programmalar o’rnatilgan bo’ladi.
MK ning xotira qurilmasiga yozilgan programma apparat,
foydalanuvchi va
datchiklar oralig’ida xuddi interfeys kabi vazifani bajaradi.
MK larni ishlatish uchun quyidagi programmalash tillaridan foydalanish
mumkin:
mashina tili, Assembler tili,
yuqori darajadagi til, Step-5 va Step-7
programmalash tillari.
Kontrollerlarni programma ta’minoti, protsessorni tarkibida kiritilgan rezident
p
rogrammani o’z ichiga oladi. Rossiyadan chiqarilayotgan KR-300M; KR-300; KR-
300I turidagi kontrollerlarni modulini tarkibiga 3 ta kanalli tashqi to’rni (setni)
programma ta’minoti o’rnatilgan (MODBUS, ADAP-400, BUSO-1, 1-7000 va
boshqalar). Bu yerda bittasi kontrollerlarni zahirali (rezervli) kanali va bitta
qo’shimcha shlyuzli kanal ishlatiladi. Magnitli
yoki CD-ROM tashuvchilarida
Leona kontrollerlarini programmalash sistemalari taklif qilinadi. Leona (Windows-
95/98/2000/2004), Istok (Dos) OPC Data Access Automation Specification 2.0
standartidagi SCADA sistemasidagi OPC aloqa serveri va shunga o’xshagan tillar.