bloklarga integratsiyalaydi. Shunday qilib, yaratilgan funktsional blok keyinchalik
har qanday programmada ishlatilishi (foydalanishi) mumkin.
Mashina tili. Mashina tilida programmalashda programmist MK bajaradigan
hamma amallarni, qayta ishlaydigan masalalarni ikkilik kodi ko’rinishida bayon
etadi. Mashina tilining afzallik tomonlaridan biri shundaki, ya’ni bu tilda MK ning
xotirasi pr
ogrammalashtirilganda uning har bir razryadini bitli o’zgartirish mumkin.
Programma mashina tilida yozilganda programmada
ishlatiladigan buyruqlar
(komandalar, sonlar, operandlar) hammasi 8-
razryadli ikkilik “0” yoki “1”
ko’rinishida yoziladi. Programmani eng oddiy ko’rinishidagi yozilishlari 8 lik yoki
16 lik sanoq sistemasida yoziladi.
Assembler tili. Mikrokontroller asosida qandaydir qurilmani yaratishdan avval
assembler
tilida
programmalash
asosi
bilan
yaxshi
tanishish
zarur.
Mikrokontrollerlar uchun qo
’shimcha programmalar yaratishda bu usuldagi
programmalashni faqatgina o’rganib qolmasdan tuzilgan programmani qadamma-
qadam bajarilishini hamda shu paytda qurilmada nima sodir bo’layotganligini yaxshi
bilishni o’rganishi kerak.
Assembler
tilida programman
i o’rganishni, yozishni va sozlashni sodda va
tushunarli bo’lishi uchun bir qancha usullar bor: Birinchidan - protsessorda
buyruqlarni bajarish jarayonini ko’rinib turishini qo’llash.
Ikkinchidan -
programmani o’qish va tushinishni soddalashtirish uchun strukturali programmalash
usulini qo’llash.
Buyruqni bajarilishini ko’rinishini eng yaxshi yo’llaridan biri protsessorni yoki
MK ni strukturali sxemasidan foydalanish. Sxema bo’yicha har bir buyruqni
bajarilishi belgilanadi, qayd qilinadi. Natijada buyruqlarni
bajarilish jarayoni
to’g’risidagi tasavvur yaxshi ta’minlanadi.
Assembler tilida MK ni programmalashda MK bajaradigan hamma ishlari
nazorat
qilish,
boshqarish,
qayta
ishlash
programmalari
assembler
tilida
qo’llaniladigan mnemonik belgilar ko’rinishida yoziladi. Masalan: mov B;
LDA: MVI va shunga o’xshash. ASSEMBLER tilida tuziladigan programmalar
qisqaroq hajmdagi masalalarni
katta tezlikda yechish, kichikroq obektlarni,
texnologik jarayonlarni parametrlarini, ularni ishchi uzellarini
ishlashini nazorat
qilish, boshqarish uchun qo’llaniladi: Masalan: manipulyatorlarni, robotlarni,
issiqxonalarni, tibbiy uskunalarni.