Har xil tog‘ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig‘indisiga




Download 1,25 Mb.
bet93/132
Sana15.12.2023
Hajmi1,25 Mb.
#119905
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   132
Bog'liq
Konchilik ishi asoslari majmua

Har xil tog‘ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig‘indisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshoatlari orqali amalga oshiriladi. Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jihozlangan yer osti inshoatlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bо‘linadi:

  • ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari);

  • qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga tо‘plash yoki tushirish ishlari).

Ochish ishlari foydali qazilmani qoplab turgan bо‘sh tog‘ jinslarini olib tashlashdan iborat. Ushbu jarayon foydali qazilmaga yetib borishni ta’minlashi va uni xavfsiz holda qazib olishga sharoit yaratishi lozim. Ochish va qazish ishlari natijasida karyer hosil bо‘ladi.
Konlarni yer osti usulida qazib olish ochiq usulda qazib olishdan sezilarli darajada farqqiladi.
Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari:

  1. Foydali qazilmalarni qazib olish faqatgina bо‘sh tog‘ jinslarini olgandan sо‘ng amalga oshiriladi. Bо‘sh tog‘ jinslari, ya’ni qoplovchi tog‘ jinslari hajmi odatda foydali qazilma hajmidan 2-3 baravar ortiq bо‘ladi. Shuning uchun ham ochiq kon ishlarida asosiy xarajat ochish ishlari bilan bog‘liqdir.

  2. Ochiq kon lahimlarining о‘lchami barcha yо‘nalish bо‘yicha sezilarli darajada hamda katta о‘lcham va quvvatga ega bо‘lgan jihozlar va quvvati katta bо‘lgan portlovchi modda zaryadini qо‘llash imkonini beradi.

  3. Bо‘sh tog‘ jinslarini olib tashlash va foydali qazilmalarni qazib olish asosan ekskavator yordamida amalga oshiriladi.

Ekskavator qо‘llanilganda burg‘ulash va portlatish ishlari natijasida maydalangan kon massasi ekskavator yordamida transport vositalariga yuklanadi va karyer yuzasiga chiqariladi.

  1. Ochiq kon ishlarida qо‘llaniladigan kon-transport jihozlari о‘lchamlari va yuqori unumdorligi bilan xarakterlanadi.

Burg‘ulash ishlari aylanma, pnevmozarbli, sharoshkali va olovli burg‘ulash stanoklari yordamida amalga oshiriladi.Skvajina diametri 160-450 mm, chuqurligi 20-60 m, skvajinadagi zaryad massasi 30-50 kg dan 500-600 kg gacha bо‘ladi. Kon massasini qazish va yuklash ishlarida bir kovshli va kо‘p kovshli ekskavatorlar qо‘llaniladi. Kon massasini tashish asosan temir yо‘l transporti, avtosamosvallar va lentali konveyerlar yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ochiq usulda qazib olishda buldozerlar, g‘ildirakli skreperlar, о‘zi yurar yuklagichlar va boshqa quvvatli jihozlar qо‘llaniladi.
Kam hollarda gidromexanik usul bilan amalga oshiriladi.
Ochiq kon ishlari yer osti usuliga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega:

  1. Karyerlarda mehnat xavfsizligining yuqoriligi va ishlab chiqarish sharoitlarining qulayligi.

  2. Mehnat unumdorligi shaxtaga 5-8 marta yuqori, tannarxi esa 2-4 marta kam.

  3. Karyer qurilish vakti shaxta qurilishi uchun ketgan vaqtdan ancha kam.

  4. Ochiq kon ishlarida foydali qazilmalarni yо‘qotish kam va turli navdagi rudalarni alohida qazib olish oson.

  5. Konlarni ochiq usulda qazib olishda zarur paytda korxonaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish mumkin.

Ochiqkonishlariningkamchiliklari:

  1. Ochiqkonishlaridaishlabchiqarishdakattayermaydonlarinichegaralabolish, ba’zanesakattamaydonlardagruntsuvlaridarajasinipasayishigaolibkeladi.

  2. Ochiq kon ishlari iqlim sharoitlariga bog‘liqbо‘ladi.



Download 1,25 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   132




Download 1,25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Har xil tog‘ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig‘indisiga

Download 1,25 Mb.