|
Foydali qazilma sifatiga talab
|
bet | 101/132 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #119905 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari majmuaFoydali qazilma sifatiga talab.
Foydali qazilma sifatiga talab konditsiya, texnik shart va davlat standartlari kо‘rinishida ifodalanadi. Konditsiya – yetkazib beriladigan mahsulotning shartnoma shartiga yoki meyor talablariga javob beradigan (qiymati) kо‘rsatkichidir. Kon ishlarida konditsiyadan cheklanish yо‘qolish (poteri) va aralashuv (razubojivaniye) bilan baholanadi.
Yо‘qolish (poteri) – konditsion foydali qazilmalarning yer qa’rida qolib va qoplovchi jins tarkibiga qо‘shilib ketishi, yuklash va tashish oqibatida hamda boshqa hollarda hajmning kamayishidir.
Aralashuv (razubojivaniye) – kon ishlarini olib borish jarayonida qoplovchi jinslarning va konditsiya talabiga javob bermaydigan foydali qazilmalar turlarining konditsiya talabiga javob beruvchi foydali qazilmaga aralashuv darajasini belgilaydi.
Iste’molchilarning talablari va sifatiga bog‘liq xolda foydali qazilmalar zaxirasi texnologik tur va navlarga bо‘linadi. Bu tur va navlar odatda qazib olishning turli texnologiyalarini talab etadi va ba’zan ularni karyerda alohida qazib olish zarurati paydo bо‘ladi.
Ma’dan turi ximiya-mineralogik tarkibi va boshqa kо‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Ma’dan navlari undagi foydali komponent tarkibi bо‘yicha aniqlanadi. Ba’zan esa, zararli komponentlar tarkibi bо‘yicha ham aniqlanadi.
Foydali qazilmaning xar bir turi va navi bо‘yicha о‘zining sanoat talablari mavjuddir. Bu talablarning asosini ulardan kelgusida foydalanish va qayta ishlash shartlari tashkil etadi. Mahsulot sifatiga bо‘lgan bu talablarni qayta ishlash jarayonidagi texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlar kafolatlaydi. Foydali qazilmaning berilgan sifatidan chekinish, uni qayta ishlashga ketadigan xarajatning о‘sishiga olib keladi. Bu esa о‘z navbatida samaradorlikni pasayishiga olib keladi.
Foydali qazilmani boyitish fabrikalarida qayta ishlash jarayonida konchilik sanoatining yakuniy samaradorligiga erishiladi. Shuning uchun ham karyerda kon ishlarining ishlab chiqarish jarayonida iste’molchiga yetkazib beriladigan foydali qazilma sifatiga katta ahamiyat beriladi.
Qoplovchi tog‘ jinslari nafaqat texnologik xususiyatlari bilan balki, sifat kо‘rsatkichlari bilan ham xarakterlanadi. Bu sifat kо‘rsatkichlari qoplovchi tog‘ jinslaridan korxonalarda qurilish materiallari yoki xom ashyo sifatida foydalanishda alohida о‘ringa egadir. Bundan tashqari ba’zi tog‘ jinslari istiqbolli foydali qazilma sifatida ham baholanadi. Ular alohida qazib olinishi va kelajakda foydalanishni hisobga olib, maxsus ag‘darmalarga joylashtirilishi kerak.
|
| |