|
-rasm. Pog‘onaelementlari
|
bet | 103/132 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #119905 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari majmua4.1-rasm. Pog‘onaelementlari
Pog‘onaningqazibolingantomonibо‘yicha burchakostidachegaralovchi qiyalikpog‘onaqiyaligideyiladi. Pog‘onaqiyaliginiuningostkivaustkimaydonchalaribilankesishganchizig‘igamosravishdaustki (s) vaostki (d) brovkalardeyiladi.
Pog‘onabalandligiNuisholibborishxavfsizliginihisobgaolganholdaо‘rnatiladivaekskavatorо‘lchamlarihamdatog‘jinslariningfizika-texnikxususiyatlarigabog‘liqbо‘ladi. Kо‘plab karyerlarda pog‘ona balandligi 10-15 m ni tashkil etadi, ba’zan esa 20-40 m ga yetadi. Ish olib boriladigan pog‘onaning qiyalik burchagi odatda 65-80˚ ga teng, ish olib borilmaydigan pog‘onada bu kо‘rsatkich 45-60˚ ni tashkil etadi.
Ish olib boriladigan pog‘onani uning balandligi buyicha chegaralovchi gorizontal yuzaga ustki (a) va ostki (v) maydonchalar deyiladi. Qazib olish uchun mо‘ljallangan jihozlar (burg‘ulash dastgohlari, ekskavatorlar, transport vositalari va b.) joylashgan maydon ishchi maydon deyiladi. Ishchi maydon kengligi 40-70 m ni tashkil etadi. Agar maydonda kon ishlari tо‘xtatilsa, u holda ish olib borilmaydigan maydon deyiladi.
Pog‘ona odatda ketma-ket ravishda parallel tasmalar (polosa), 10-20 m kenglikdagi ba’zan esa undan kengroq bо‘lgan zaxodkalar bilan qaziladi. Zaxodkalarning boshi berk (torets) qismi (ye) kovjoy (zaboy) deyiladi. Zaboyda bevosita foydali qazilma yoki qoplovchi jinslarni qazish-yuklash ishlari amalga oshiriladi. Natijada zaboy siljib boradi va zaxodka qazib olinadi, sо‘ngra esa yangi zaxodkaga о‘tiladi.
Karyer elementlari va asosiy kontexnik tushunchalar.
Karyerning ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan bortlari mavjud.(4.2 rasm) bо‘ladi.
2-rasm. Karyerning ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan bortlari
Yuqori pog‘onaning yuqori brovkasini quyi pog‘onaning quyi brovkasi bilan bog‘lovchi chiziqlar orasidagi burchak ish olib boriladigan bortning qiyalik burchagi, esa ish olib borilmaydigan bortning qiyalik burchagi deyiladi.
Ish olib boriladigan bortning pog‘onalarini ajratuvchi ishchi maydonlarda tog‘ jinslari yoki foydali qazilmalarni qazib olish ishlari amalga oshiriladi. Ishchi maydon kengligi Vr.p=40-80 m, ishchi bort qiyalik burchagi esa =7-15˚ ni tashkil etadi.
Ish olib borilmaydigan bortni tashkil qiluvchi pog‘onalar kichik kenglikdagi maydonchalarga: trasnport va ximoyalovchi maydonchalarga bо‘linadi. Ish olib borilmaydigan bort qiyalik burchagi 35-45˚ ni tashkil etadi.
Karyerning ishchi borti pastki gorizontda joylashgan transheyani о‘tish hisobiga shakllanadi.
Pog‘onalarda zaxodka (utish) larning qazib borilishi bilan birgalikda karyerning ishchi borti ham siljib boradi va karyerning chegara konturiga yaqinlashadi, sо‘ngra ishsiz holatga keladi. Ishchi maydon esa himoya yoki transport maydoniga aylanadi.
Ish olib borilmaydigan bortni tashkil qiluvchi pog‘onalar ish olib borilmaydigan pog‘onalar deyiladi.
|
| |