|
Transport maydonchalari v
|
bet | 104/132 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #119905 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari majmua Transport maydonchalari vt karyerdagi ishchi maydonlarni yuza bilan bog‘lovchi transport yо‘llari joylashishi uchun xizmat qiladi. Transport maydonchalarining kengligi 10-25 m ni tashkil etadi.
Himoyalovchi maydonchalarvpbort turg‘unligini oshirish va shamol ta’sirida pog‘onalarning yemirilishi natijasida о‘pirilib tushadigan tog‘ jinslari bо‘laklarini ushlab qolish uchun xizmat qiladi. Bu maydonchalar kengligi 3-5 mni tashkil etadi.
Odatda karyer shakli (planda) ovalsimon bо‘ladi. Karyer uzunligi 0,5 km dan 5 km gacha bо‘ladi, ba’zan esa undan ham yuqori, kengligi esa 2-4 km ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda karyerlarning chuqurligi bir necha о‘nlab metrdan 300-450 m gacha yetadi. Loyihalarda va istiqbolli karyerlarda texnik-iqtisodiy hisoblarda karyerlarning oxirgi chuqurligi 500-900 m gacha yetadi.
Karyerda bо‘sh tog‘ jinslari va foydali qazilmaning umumiy hajmi (kon massasi hajmi) uning о‘lchamlariga bog‘liq va bir necha о‘n ming dan yuz million metrkubgacha yetadi.
Yotik qatlamlarni qazib olishda, foydali qazilmani qazib olgandan sо‘ng karyerda hosil bо‘lgan maydon qazib olingan (virabotannim) maydon deyiladi. Agar texnik jihatdan mumkin bо‘lsa, bu maydonga qoplovchi jinslarni joylashtirish yoki foydali qazilma va qoplovchi jinslarni tashish uchun qо‘llaniladigan transport kommunikatsiyalarini joylashtirish uchun foydalanish mumkin.
Ochiq kon ishlari yer yuzasini va yer maydonidan foydalanishni buzilishi bilan bog‘liq. Shuning uchun ochiq kon ishlarini atrof muxitga ta’sirini yо‘qotish yoki kamaytirish maqsadida, qazib olish jarayonida va kondan foydalangandan sung agdarmalarni, kazib olingan maydonni va boshka yer yuzasidagi buzilgan uchastkalarni, rekultivatsiya kilish ishlari amalga oshiriladi.
Ochik kon ishlari natijasida kazib olingan va keraksiz bulgan tog jinslari va nokonditsion foydali kazilma boyliklari tuplanadigan joyga ag‘darma(otval) deb aytiladi. Agar, ag‘darma oldin qazib о‘tilgan karyer maydonida joylashgan bо‘lsa ichki ag‘darma (vnutrenniy otval), karyer chegarasidan tashqariga joylashgan bо‘lsa tashqi ag‘darma (vneshniy otval) deb aytiladi.
Konni yoki uning bir qismini bitta karyer bilan qazib olinsa, u karyer maydoni deb aytiladi. Karyer maydonining plandagi va chuqurlikdagi о‘lchamlarini tavsiflovchi geometrik shakl uning hajmi hisoblanadi. Uning tarkibiga karyer tashqarisiga chiqarib tashlangan qoplovchi jinslar, sanoat maydonchasi va boshqa ishlab chiqarish qurilmalari joylashgan chegara, ya’ni karyerning yer shaxobchasi kiradi.
Bir vaqtda karyer ichida qazish ishlari olib borilayotgan pog‘onalar yig‘indisiga karyerning ishlash zonasi deyiladi. Ishlash zonasi holatini karyerning ish olib borilayotgan ustki va ostki pog‘onalari pastki gorizontal maydonchalari (aniq vaqt mobaynida) belgilari bilan aniqlanadi. Karyer kon ishlari fronti uzunligihamma ish olib borilayotgan pog‘onalar kon ishlari fronti uzunligi yig‘indisidan iborat. Yangi pog‘onani ishga tushirish uchun unga transportni kelishini ta’minlash va ish maydonchasiga mos keladigan ish fronti yaratish lozim.
Yangi pog‘onadan yer yuzasiga yoki tepada joylashgan pog‘ona kon massasini tashishni amalga oshiruvchi transport kommunikatsiyasini joylashtirish uchun yangi pog‘ona ochish kerak, ya’ni yer yuzasidan yoki tepada joylashgan pog‘onadan pastki pog‘onaga maxsus (ochuvchi) kon laximlarini о‘tkazish kerak. Kо‘p hollarda bu laximlar har xil balandlik belgilarida joylashgan punktlarini birlashtiradi (agar bitta pog‘ona ochilsa, unda balandlik belgilari farqi pog‘ona balandligiga teng), shuning uchun maqsadli nishablikka (i) ega. Ochuvchi laximlar qirqimda trapetsiya yoki uchburchak kesimli kо‘rinishga ega bо‘ladi va muvofiqholda kapital transheya va yarim transheya deb ataladi.
Ochilgan pog‘onada boshlovchi ish frontini yaratish uchun (pog‘onani qirqish) ochuvchi laximdan trapetsiya (uchburchak) kо‘ndalang kesim о‘lchamlari bilan uzunligi buyicha ancha farqqiladigan gorizontal kon laximlarini—qirqim transheya (yarim transheya) yoki uzunligi va kengligi bir о‘lchov tizimiga ega kesma chuqurlikniо‘tkazish kerak.
|
| |