|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
bet | 102/132 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #119905 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari majmuaYangi mavzuni mustahkamlash.
1. Foydali qazilmaga ta’rif bering ?
2. Qoplovchi tog’jinlari nima misollar keltiring?
3. Qoplovchi jinslarning sifat ko’rsatkichlari nima ?
4. Foydali qazilmaning sifatiga talab ?
5. Konditsiya nima ?
6. Yо‘qolish bilan aralashuvning bir biridan farqi ?
Mavzu-6:Karyer elementlari va asosiy kon texnik tushunchalar.
Reja:
1.Karyer nima.
2. Karyer elementlari turlari.
3. Karyer asosiy kon texnik tushunchalari.
Yerning ustki qismida ochiq kon ishlari olib borilishi natijasida katta chuqurliklar paydo bо‘ladi. Chuqurliklarning yigindisi karyer(ochiq kon ishlari korxonasi) deb aytiladi. Bu chuqurliklarning kо‘ndalang kesimi chegarasi tutashmagan bо‘ladi.
Ma’muriy-xо‘jalik tushunchasida esa karyerdeb konni ochiq usulda qazib olishni tashkil etadigan kon korxonasiga aytiladi. Kо‘mir sanoatida va sochilma konlarni ochiq usul bilan qazib olishda karyerni kesim (razrez) deb ataladi.
Foydali qazilmalarni, qoplovchi va о‘z ichiga oluvchi tog‘ jinslarini qazish ishlari tabaqalangan holda yuqoridan pastga qarab olib boriladi. Natijada qazish ishlari olib borilayotgan tog‘ jinslari massivi pog‘ona shaklini egallaydi.
Alohida qazish, yuklash va tashish vositalariga ega bulgan (ta’minlangan) va pog‘ona shaklidagi ishchi yuzaga ega bо‘lgan tog‘ jinsi qatlamining bir qismiga pog‘ona deyiladi.
Har bir pog‘ona unda transport vositalarining gorizont bо‘yicha joylashuviga mos keluvchi balandlik belgisi bilan xarakterlanadi. Pog‘ona belgilari (otmetka) absolyut, ya’ni mutlaq (dengiz sathiga nisbatan) yoki shartli (yuzadagi doimiy punktga nisbatan) bо‘lishi mumkin.
Alohida qazish vositalari bilan qazib olinadigan, lekin barcha pog‘onalar uchun umumiy bо‘lgan transport vositalari bilan xizmat kо‘rsatiladigan pog‘onaning balandligi bо‘yicha qismiga pog‘onacha (podustup) deyiladi.
Pog‘onalarning ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan turlari mavjud. Ish olib boriladigan pog‘onada qoplovchi tog‘ jinslarini olib tashlash yoki foydali qazilmalarni qazib olish ishlari amalga oshiriladi.
Pog‘ona ostki va ustki maydonchalar, qiyalik va brovkalardan iborat (4.1 rasm) bо‘ladi.
|
| |