• Karyer – foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish uchun mо‘ljallangan va jihozlangan ochiq kon lahimlari kompleksidir.
  • Har xil tog‘ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig‘indisiga




    Download 1,25 Mb.
    bet90/132
    Sana15.12.2023
    Hajmi1,25 Mb.
    #119905
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   132
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari majmua

    Har xil tog‘ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig‘indisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshoatlari orqali amalga oshiriladi. Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jihozlangan yer osti inshoatlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bо‘linadi:

    • ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari);

    • qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga tо‘plash yoki tushirish ishlari).

    Ochish ishlari foydali qazilmani qoplab turgan bо‘sh tog‘ jinslarini olib tashlashdan iborat. Ushbu jarayon foydali qazilmaga yetib borishni ta’minlashi va uni xavfsiz holda qazib olishga sharoit yaratishi lozim. Ochish va qazish ishlari natijasida karyer hosil bо‘ladi.
    Karyer – foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish uchun mо‘ljallangan va jihozlangan ochiq kon lahimlari kompleksidir.
    Ishlab chiqarish asoslari va maqsadlari uchun ochuvchi va tayyorlovchi lahimlarni birlashtiradigan alohida kon tayyorlov ishlari о‘tkaziladi (asosiy xandak va yarim xandak, qirqma xandak va yarim qirqma xandak va boshqa lahimlar). Kon tayyorlov ishlarini о‘tkazishdan maqsad shundan iboratki, bu qazish joylariga (zaboylarga) va kon ishlarining boshlanish frontiga transportni kelishini ta’minlash uchun yо‘l ochib beradi.
    Ochiq usulda qazish qо‘yidagilarni ham о‘z ichiga oladi:

    • kon va uning alohida uchastkalarini tayyorlash ishlari (asosan ustki qismini tayyorlash);

    • qazib olinayotgan tog‘ jinslari massivi mustahkamligini ta’minlashdagi kon-zaxira muxofazasi va inshoatlarini hisobga olish ishlari (suv muvozanatini ta’minlash, kon jinslarining о‘z-о‘zidan yonib ketishini va yuzaning deformatsiyasini oldini olishdagi qayta tiklash ishlari va h.k. ishlar).


    Download 1,25 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   132




    Download 1,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Har xil tog‘ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig‘indisiga

    Download 1,25 Mb.