|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 91/132 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #119905 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari majmuaOchiq usulda qazib olish texnologiyasi.
«Texnologiya» termini umumiy holatda qandaydir bir texnik ishlab chiqarish ishlarini bajarishni tashkil etish usullari, vositalari tо‘g‘risidagi bilimlari majmuidir.
Texnik vositalarning quvvatini hisobga olgan, fundamental bilimlar qonuniyatlariga asoslangan usullar bilan qazib olinadigan va mexanizatsiyalashtirilgan qabul asosida tashkil etilgan, bir-biri bilan aloqador kon ishlari jarayonlari yig‘indisiga konlarni qazish texnologiyasi deb aytiladi.
Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi ikkita aspektni о‘z ichiga oladi:
ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyasi (qazib olish, tashish va tog‘ jinslarini g‘aramlash);
ochiq kon ishlari texnologiyasi (kon lahimlari kompleksi sifatidakaryer muhiti va vaqti bо‘yicha konni qazib olishqurilishi va rivojlanishi).
Ishlab chiqarish texnologiyasiqо‘yidagilarni о‘z ichiga oladi: asosiy ishlab chiqarish jarayonlari prinsiplari, vositalari, mexanizatsiyalash komplekslari va tashkil etish sxemalarini; tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlash, qazish-yuklash ishlari, tashish, g‘aramlash va kon massasini bо‘shatish.
Ochiq kon ishlari texnologiyasi karyer parametrlari, kon lahimlarini о‘tish usullari, karyerda kon ishlarini rivojlanish sxemasini, ochish usullari va qazib olish sistemalarini, mahsulot sifatini boshqarish usullari va vositalari, kon ishlarini rejalashtirish va tashkil etish prinsiplarini qarab chiqadi.
Aytib о‘tilgan ishlar ma’lum bir tartibda о‘tkazilishi kerak. Har bir ish orasida texnik sharoitlarni ta’minlay oladigan kerakli vaqt oralig‘idagi ochish va qazib olish ishlari frontini, asbob uskunalar va konni butunligicha ishlatishda ishlab chiqarish va xavfsizlik ishlarini tо‘g‘ri taqsimlashni tashkil etish lozim. Karyer maydoni chegarasida yoki uning uchastkasida tartibli va ketma-ket bajariladigan ochiq kon ishlariga qazish tizimi (sistema razrabotki) deb aytiladi. Qabulqilinganqazishtizimiqо‘yidagilarnita’minlashikerak:
ishningborishidagixavfsizlik;
ularning rejalashtirilishi va iqtisodiy samaradorligi;
karyerning kо‘zda tutilgan ishlab chiqarish quvvati;
zaxiralarningtо‘liqolinishi;
barcha foydali qazilmalardan kompleks foydalanish;
kon-zahira (nedr) va atrof muhit muhofazasi.
Uzoq vaqt ishlatiladigan kon lahimlariga (xandak va yer osti lahimlari), qoplovchi jinslarni tashishga, foydali qazilma boyliklarini yerning ustki qismida joylashgan qabul qilish punktlariga yetkazishga, yerning ustki qismidan ishlab turgan gorizontga materiallarni, asbob-uskunalarni va odamlarni tashib keltirishni ta’minlab turuvchi ya’ni yerning ustki qismidan karyer va zaboyning ishlab turgan joyigacha transportning kelishini ta’minlanishiga konni ochish tizimi(sxema vskritiya) deb aytiladi. Quvvati va unumdorligi katta bо‘lgan kon mashina mexanizmlarini va uskunalarni ishlatish uchun, ochiq kon ishlari ishlab chiqarishida kon lahimlari (keng maydonchalar, katta uzunlikdagi pog‘onalar va h.) katta о‘lchamlarda bо‘lishi kerak. Karyerda ishlatiladigan ekskvatorning unumdorligi yiliga 10 million tonnagacha tog‘ jinslarini yuklashga erishishi uchun, yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanishi va ishlab chiqarishni aniq tashkil qilish kerak.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish uchun foydali qazilma koni yer satxidan unchalik ham katta chuqurlikda yotmasligi yoki qazib olish iqtisodiy samaradorligi yer osti usuliga qaraganda katta bо‘lganda qо‘llaniladi. Ochiq kon ishlarini olib borishda yana quyidagi shart-sharoitlarga e’tibor qaratiladiki, ular orqali ishlab chiqarish xavfsizligiga erishiladi: yerustki va yer osti suvlarini chetlashtirish, qordan himoya qilish, kо‘chib ketishi va qulab tushishi mumkin bо‘lgan pog‘onalarning qiyaligini ta’minlash va mustahkamlash, hamda boshqa bir qancha tadbirlar. Karyerlarda atmosferadagi changning va gazning kо‘payishi kо‘p hollarda burg‘u quduqlarni qaziganda, ekskavatorlar yordamida kon massasini kо‘p marta yuklaganda, joylarda yong‘in bо‘lganda (kо‘mirni qazib olishda), dizel yonilg‘ili mashinalar ishlaganda, karyer yuk mashinalari muntazam harakat qilganda va boshqa kamchiliklar tufayli yuz beradi. Bunday hollarda ish joylarini shamollatish, changga va yong‘inga qarshi tadbirlar о‘tkazish kerak.
|
| |