|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
bet | 92/132 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #119905 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari majmuaYangi mavzuni mustahkamlash.
1. Foydali qazilma nima ?
2. Ochiq usulda qazib olish texnologiyasiga ta’rif bering ?
3. Ochiq kon ishlariga ta’rif bering ?
4. Qazish tizimi turlari nechta va ularga ta’rif bering ?
5. Konni ochish tizimi nima ?
6. Ochiq kon ishlari texnologiyasiga ta’rif bering ?
Mavzu:2.Ochiq usulda qazib olishning qulayliklari va kamchiliklari
Reja:
1.Qazib olish turlari.
2. Ochiq usulda qazib olish jarayoni.
3. Ochiq usulda qazib olishning qulayliklari.
4. Ochiq usulda qazib olishning kamchiliklari.
Konchiliksanoati - zamonaviyindustriyaningasosiyxomashyovayoqilg‘ibazasihisoblanadi. U energetika va xalq xо‘jaligining boshqa tarmoqlarining asosiy yoqilg‘i manbaidir. Shuningdek, konchilik sanoati qora va rangli metallurgiya, ximiya sanoati, о‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoati uchun xom-ashyo bazasi hisoblanadi. Xalq xо‘jaligida foydalanilayotgan tabiiy resurslarni 70% ni mineral xom-ashyolar tashkil qiladi.
Jahon miqyosida qazib olinadigan foydali qazilmalarning umumiy miqdori yiliga 9-10 mln. t ni, kon massasining yillik unumdorligi esa 35-37 mlrd. t ni tashkil etadi.
Ochiq usulda qazib olish ishlarining rivojlanishi, yer osti usulida qazib olishga nisbatan unumdor, iqtisodiy jihatdan samarador va xavfsizligidadir. Ochiq usulda qazib olishda ish unumdorligi yer osti usuliga qaraganda 5-8 marta yuqori, tannarxi esa 2-4 marta kam. Ushbu farq sо‘nggi 30-40 yil ichida oshib borishda davom etmoqda.
Foydali qazilma boyliklariga xо‘jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan sо‘ng ishlatiladigan barcha turdagi tog‘ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta о‘rin egallaydi. Uni xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi.
Foydali qazilmalarni ochiq usul bilan qazib olishda qoplovchi va о‘z ichiga oluvchi tog‘ jinslari ham qazib olinadi. Foydali qazilmalar va qoplovchi hamda о‘z ichiga oluvchi tog‘ jinslari birgalikda kon massasi tushunchasi bilan birlashtiriladi. Tog‘ jinslarini foydali qazilmalarga va qoplovchi jinslarga ajratish bu nisbiy tushunchadir. Qazib oluvchi va qayta ishlovchi texnikalarning rivojlanishi bilan kо‘pgina qoplovchi tog‘ jinslaridan foydali qazilmalar kabi foydalana boshlandi va bularning soni yildan-yilga oshib bormoqda.
|
| |