53
Ularning ko’pchiligida axborotni boshqa avtomatlashtirish
tizimlariga uzatish
uchun bitta yoki bir nechta tabiiy portlari bo’ladi.
Bu sinfda avariyaga qarshi himoyalash tizimi uchun mo’ljallangan lokal
kontrollerlarning maxsus turini ajratib ko’rsatish lozim. Ular ayniqsa yuqori
puxtaligi, to’liqligi va tez ishlashi bilan ajralib turadi. Ularda nosozliklarni alohida
platalarga lokallashtirish bilan to’la joriy tashxis qilishning
turli xil variantlari,
ayrim komponentlarini ham, umuman butun qurilmani ham zaxiralash ko’zda
tutiladi.
Zaxiralashning quyidagi usullari eng ko’p tarqalgan:
ayrim komponentlar va yoki umuman kontrollerlarni issiq
zaxirasi (test ishchi kontrollerdan o’tmaganda
boshqaruv ikkinchi
kontrollerga o’tadi);
guruhni tashkil qiluvchi barcha kontrollerlarning signallarga
ishlov berish natijalariga ko’ra, asosiy komponentlarning yoki umuman
kontrollerning «ovoz berish» bilan o’lchanishi (chiqish
signali uchun
guruhdagi ko’pchilik kontrollerlar bergan signal qabul qilinadi, boshqacha
natija bergan kontroller esa nosoz deb e’lon qilinadi);
«juft va zaxira» tamoyili bo’yicha ishlash.
Bir juft kontroller
natijalarga «ovoz berish» bilan parallel ishlaydi va xuddi shunga o’xshash
juft qaynoq zaxirada turadi. Birinchi juftlikning ish natijalarini farq
aniqlansa, boshqaruv ikkinchi juftga o’tadi; birinchi juft test sinovidan
o’tkaziladi va yoki tasodifiy buzilish mavjudligi
aniqlanadi va boshqaruv
birinchi juftga qaytariladi, yoki nosozlik tashxis qilinadi (tekshiriladi) va
boshqaruv ikkinchi juftlikda qoladi.