56
Ayrim hollarda tarmoq tuzilmasini kengaytirish ayrim kontrollerlarni
ulardan uzoqlashgan kiritish-chiqarish bloklari va intellektual asboblar bilan
birlashtiruvchi standart raqamli tashqi hudud (polevoy) tarmoqlarini qo’llanish
yo’nalishida bormoqda. Bunday oddiy va arzon tarmoq simlarning bir juft o’rami
bo’yicha kontrollerlarni intellektual tashqi hudud asboblari to’plami bilan ulaydi,
bu esa korxonada kabel tarmoqlari uzunligini keskin kamaytiradi va bo’lishi
mumkin bo’ladigan holatlarini kamaytiradi, chunki millivoltli analog axborotni
uzoq masofalarga uzatish istisno qilinadi. Bu vositalar sinfida qo’llaniladigan
kontrollerlarning quvvatini nazorat qilish va boshqarishning umumiy vazifalariga
qo’shimcha ravishda yanada murakkab va xajmdor boshqarish algoritmlarini
(masalan, rostlash algoritmlarini o’zi sozlash, adaptiv boshqarish) amalga oshirish
imkonini beradi. Kichik masshtabli taqsimlangan boshqarish tizimlari sanoatning
uzluksiz tarmoqlarining ayrim o’rta va yirik texnologik ob’ektlarini, shuningdek
diskret ishlab chiqarish tsexlari va uchastkalarini xamda qora va rangli
metallurgiya zavodlari tsexlarini avtomatlashtirish uchun foydalaniladi.