59
sathni kontrollerlar, ikkinchisini-operator pulti tashkil etib, u ishchi stantsiya yoki
sanoat kompyuteri bilan ifodalanishi mumkin.
Bunday tizimda kontrollerlar sathi boshqarish ob’ektida o’rnatilgan
datchiklardan kelayotgan signallarni yig’ish (to’plash) ishini bajaradi, sinallarga
dastlabki ishlov berish (filtrlash va masshtablash), boshqarish algoritmlarini
amalga oshirish va boshqa ruvchi signallarni boshqarish ob’ektining ijrochi
mexanizmlariga shakllantirish, sanoat tarmog’idan axborot qabul qilish va uzatish
ishlarini bajaradi.
Operator pulti quyi sath kontrollerlariga tarmoq so’rovlarini shakllantiradi,
ulardan texnologik jarayonning kechishi to’g’risidagi tezkor axborotni oladi,
monitor ekpanida texnologik jarayonning kechishini operatorga qulay bo’lgan
ko’rinishda aks ettiradi, jarayonning ketishi to’g’risidagi dinamik axborotni
(arxivni yuritish) uzoq vaqt saqlashni amalga oshiradi, boshqarish algoritmlarining
zaruriy parametrlarining va quyi sath kontrollerlarida regulyatorlar ustavkalarining
korrektsiyasini amalga oshiradi.
3.12-rasm.