65
Modelning 7-sathidan yuqorida joylashgan hamma narsalar amaliy (tatbiqiy)
dasturlarda yechiladigan masalalardir.
Amalda sanoat tarmoqlarining ko’pchiligi (fieldbus)
faqat uchta
sathbilangina cheklanishadi, xususan, fizik kanalli va tatbiqiy sath. Eng «ilg’or»
tarmoqlar dasturiy qatlamni faqat yettinchi qoldirib, vazifalarining asosiy qismini
apparatli hal qilishadi. Arzon tarmoqlar (masalan, Mod Bus) ko’pincha fizik sathda
RS-232 yoki RS-485 dan foydalanadi, qolgan barcha masalalar esa, kanal sathidan
boshlab, dasturiy yo’l bilan hal qilinadi.
Istisno tarzida, OSI-modelining hamma
yettita sathini amalga oshiruvchi sanoat tarmoqlari protokollari mavjud, masalan,
Lon Works.
Ochiq sanoat tarmoqlari, interfeyslar va protokollarning
katta xilma-xilligi
avtomatlashtiruvchi texnologik jarayonlar talablarining xilma-xilligi bilan bog’liq.
Bu talablar universal va iqtisodiy optimal yechim bilan qoniqtirila olmaydi.
Sanoat tarmog’ining turini tanlash to’g’risidagi masala muhokama
qilinganda bu tanlov avtomatlashtirishning aynan qaysi sathi uchun amalga
oshirilayotganini aniqlashtirish zarur. Sanoat korxonasi ierarxiyasida tarmoqning
qanday o’rin egallashiga bog’liq holda uning funktsional tavsiflariga bo’lgan
talablar ham turlicha bo’ladi.
Sanoat korxonalari ABT ierarxiyasi odatda uch qavatli piramida ko’rinishida
taqdim etiladi:
1.
Korxonani boshqarish sathi (yuqori sath).
2.
Texnologik jarayonni boshqarish sathi.
3.
Qurilmalarni boshqarish sathi.
Korxonani boshqarish sathida odatdagi IBM-PC moslashuvchi kompyuterlar
va lokal tarmoq bilan birlashtirilgan faylli serverlar joylashadi. Bu sathda
hisoblash
tizimlarining vazifasi ishlab chiqarishning asosiy parametrlarini vizual nazariy
qismini, ta’minlash, hisobotlarni tuzish, ma’lumotlarni arxivlashtirish. Uzellar
66
orasida uzatiladigan ma’lumotlarning hajmlari megabaytlar bilan o’lchanadi,
axborot almashishning vaqt ko’rsatkichlari esa kritik bo’lmaydi.
Texnologik jarayonni boshqarish sathida
joriy nazorat va boshqarish
yoki operator pul’tidan turib dastakli rejimda yoki belgilangan algoritm bo’yicha
avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Bu sathda ishlab chiqarishning ayrim
uchastkalari parametrlarini muvofiqlashtirish, avariya va avariyaoldi holatlarini
o’rganib olish, pastki sath kontrollerlarini parametrlashtirish, texnologik dasturlarni
yuklash, ijrochi mexonizmlarni masofadan turib boshqarish bajariladi.
Bu sathda
axborot kadri odatda bir necha o’nlab baytni o’z ichiga oladi, yo’l ko’yiladigan
vaqt tutilishlari (kechiqishlari) ish rejimiga bog’liq holda 100 dan 1000
millisekundgachani tashkil etishi mumkin.
Qurilmalarni boshqarish sathida datchiklardan ma’lumotlarni bevosita
to’plovchi va ijrochi moslamalarni boshqarishni amalga oshiruvchi kontrollerlar
joylashadi. Kontroller chetki qurilmalar bilan almashadigan ma’lumotlar o’lchami
odatda qurilmalarni so’rov tezligi 10 ms dan ortiq bo’lmaganda
bir necha baytni
tashkil etadi.
Keyingi paytda boshqarish tizimlarining ko’rib chiqilgan tuzilmasi butunlay
murakkablashmokda, bunda turli sathlar orasidagi chegaralar yo’qolib bormoqda.
Bu sanoat sohasiga Internet/Internet-texnologiyalarning kirib kelishi, sanoat
Ethernet ning katta muvaffaqiyatlari, sanoatning ishlab chiqarish sharoitlari xavfli
bo’lgan kimyo, neft, gaz va boshqa sohalarining korxonalarning portlash xavfi
bo’lgan xududlarida ayrim Fieldbus sanoat tarmoqlarining
foydalanilishi bilan
bog’liqdir. Bundan tashqari, intellektual datchiklarning va ijrochi mexanizmlarning
hamda ular bilan bog’lash uchun interfeyslarning paydo bo’lishi TJABT ning
to’rtinchi, eng quyi sathi-chetki qurilmalar tarmog’i sathining paydo bo’lishini
anglatadi.