62
bo’lishini taqozo etar edi. Bugungi kunga kelib bu
yondashuvning tarafdorlari
amalda qolmadi. Markazlashgan TJABT ning kabel tarmog’iga qilinadigan
xarajatlar va qo’shimcha qurilma, montajning murakkabligi, puxtaligi pastligi va
rekonfiguratsiyasining murakkabligi kabi kamchiliklari ularni ko’pchilik hollarda
iqtisodiy jixatdan ham texnologik jihatdan ham mutlaqo qo’llanilmaydigan
qilib
qo’ydi.
Mikroprotsessorli qurilmalarni ishlab chiqarish jadal o’sayotgan sharoitda
oralaridagi almashuv raqami usulda amalga oshiriladigan ko’pgina uzellar tuzilgan
raqamli sanoat tarmoqlari (Fieldbus) muqobil yechim bo’lib qoladi. Bugungi
kunga kelib bozorda avtomatlashtirish tizimida qo’llaniladigan sanoat tarmoqlari,
protokollari va interfeyslarning taxminan yuzlab turli xillari mavjud;
ular orasida
Modbus, PROFIBUS, Interbus, Bitbus, CAN, LON, Foundation, Fieldbus,
Ethernet va boshqalar.
Sanoat tarmog’idan foydalanish uzellari ya’ni ular sifatida ishtirok etayotgan
kontrollerlarni va kiritish-chiqarish qurilmalarini chetki qurilmalarga (datchiklar
va ijrochi mexanizmlarga) makmsimal yaqin
joylashtirishga imkon beradi, shu
tufayli analogli simlarni uzunligi qisqaradi. Sanoat tarmog’ining har bir uzeli bir
nechta vazifani bajaradi:
1.
Sanoat tarmog’ining boshqa uzellaridan buyruqlar va ma’lumotlar
qabul qilib olish;
2.
Ulangan datchiklardan ma’lumotlarni o’qib olish;
3.
Olingan ma’lumotlarni raqamli shaklga almashtirish;
4.
Dasturlashtirilgan texnologik algoritmni qayta ishlash;
5.
Boshqa uzel buyrug’iga ko’ra yoki texnologik algoritm bo’yicha
ulangan ijrochi mexanizmlarga boshqaruvchi ta’sirlarini chiqarish;
6.
Yig’ilgan (to’plangan) axborotni boshqa tarmoq uzellariga uzatish.
Sanoat 1089 tarmoqlari negizidagi TJABT lari an’anaviy
marazlashgan tizimlarga nisbatan bir qancha xususiyatlarga ega:
63
1.
Kabel maxsulotini ancha tejash. Bir qancha kilometr
uzunlikdagi qimmat kabellar o’rniga bir necha yuz metr arzon o’ralgan juft
talab etiladi. SHuningdek, qo’shimcha qurilmalarga (kabel
kanallari,
klemmalar, shkaflar) xarajatlar qisqaradi.
2.
Boshqarish tizimi puxtaligini oshirish. Puxtaligiga ko’ra
ma’lumotlarni uzatishning raqamli uslubi analog usulidan ancha ustun
turadi. Raqamli uzatish xalaqitlarga nisbatan sezgirlar kam va sanoat
tarmoqlari protokollariga (nazariy summalari, ma’lumotlarning buzilgan
paketlarini takrorlash) o’rnatilagn maxsus mexanizmlar
tufayli axborotni
yetkazib berishni kafolatlaydi. Sanoat tarmoqlari negizidagi TJABT larning
faoliyat ko’rsatilishning puxtaligini va yashovchanligini oshirish shuningdek
turli xil tarmoq uzellari bo’yicha nazorat qilish va boshqarish vazifalarining
taqsimlanishi bilan bog’liq. Bir uzelning ishdan boshqa uzellardagi
texnologik algoritmlar ishlashiga ta’sir etmaydi yoki arzimas darajada ta’sir
ko’rsatadi. Kritik jihatdan muhim texnologik uchastkalar uchun aloqa
liniyalarini takrorlash yoki axborot uzatishning muqobil yo’llari mavjud
bo’lishi mumkin. Bu kabel tarmog’i shikastlanganda tizimning ishlash
qobiliyatini saqlab qolishga imkon beradi.
3.
Ixchamlik va shaklini o’zgartiruvchanligi.
Ayrim kiritish-
chiqarish nuqtalarini va xatto butun bir uzellarini qo’shish yoki olib tashlash
kam miqdordagi montaj ishlarini talab etadi va avtomatlashtirish amalga
oshirilishi mumkin. Tizimning konfiguratsiyasini o’zgartirish dasturiy
ta’minot darajasida amalga oshiriladi va u ham juda oz vaqtni oladi.
4.
Ochiq tizimlar, ochiq texnologiyalar printsiplaridan foydalanish
turli xil ishlab chiqaruvchilardan olingan mahsulotlarni yagona tizimga
muvaffaqiyatli birlashtirishga imkon beradi.
1978 yilda standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO) berk tarmoq
tizimlariga qarama-qarshi va ochiq tizimlarning turli
xil hisoblash qurilmalari
hamda farq qilinuvchi protokollar standartlari bilan o’zaro ta’sirlashuvi
muammosini hal etish maqsadida «Ochiq tizimlarning o’zaro aloqasining tavsifiy
64
modeli» (OSI-model, ISO/OSI Model) taklif etilgan edi. ISO/OSI modeli tarmoq
vazifalarini yettita sath bo’yicha taqsimlaydi (20.1-jadval).
Fizik sathda aloqa kanalining fizik tavsiflari va signallar parametrlari
masalan, kodirovka turi, uzatish chastotasi, liniya uzunligi va turi, shtenerli raz’em
turi va h.k. eng ko’p tarqalgan fieldbus 1-sath standarti-bu RS-485 interfeysidir.
Kanalli sath fizik sathning tarmoq uzellari tomonidan birgalikda foydalanish
qoidalarini belgilaydi.
Tarmoq sathi optimal marshrut bo’yicha tekstni adreslash (manzillash) va
eltib berish uchun javob beradi. Transport sathi paketdagi mavjud narsalarni
aniqlaydi.