Ko’p portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/26
Sana28.06.2024
Hajmi1,47 Mb.
#266165
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
 
Yong`in xavfsizligi qoidalari 
 
Sanoat korxonalari binolarini yong`indan muhofaza qilish uchun 
ishlatiladigan asosiy texnik qurilmalar GOST 12,4009-75 asosida aniqlanadi. Har 
qanday yong`inni o`chirishda yong`inning kuchayishiga olib kelayotgan omillarni 
va sharoitni aniqlash muhimdir. Bunda yong`inning davom etishini
to`xtatuvchi sharoit yaratish katta rol o`ynaydi. Yong`inni o`chirish paytida
qattiq jismlar yonganda yong`inning tezligi 4m/min, suyuqliklar yuzasi
bo`yicha esa 30m/min bo`lishini hisobga olish kerak.
O`t o`chirish usullari quyidagicha bo`lishi mumkin:
1. Yonayotgan zonani ko`p miqdorda issiqlik yutuvchi materiallar
yordamida sovitish;
2. Yonayotgan materiallarni atmosfera havosidan ajratib qo`yish;
3. Yonayotgan zonaga kirayotgan kislorod miqdorini kamaytirish;
4. Maxsus kimyoviy vositalarni qo`llash;
5. O`t o`chirish vositalari sifatida suv bug`lari, kimyoviy va mexanik
ko`piklar, inert va yonmaydigan gazlar, qattiq kukunsimon materiallar va
aralashmalardan foydalanish;
6. Suv bilan o`chirish. Suv eng ko`p tarqalgan arzon va shuning bilan birga 
deyarli hamma erda mavjud bo`lgan o`t o`chirish vositasi bo`lib, suv bilan
har qanday sharoitda hamyong`inni o`chirish mumkin.
7. Bug` bilan o`chirish. Bug` bilan o`chirishning asosiy mohiyati
shundaki, xonalarga yuboriladigan bug` kislorodga yuoy havoni siqib chiqarib, 
uning o`rnini egallaydi. Bug`ning o`t o`chirish samaradorligi uning ma`lum
bir xonaga yuborilgan miqdoriga bog`liq bo`ladi.
8. Yong`inga qarshi suv ta`minoti. Odatda o`t o`chirish uchun
ishlatiladigan suv katta bosim ostida kuchli oqim sifatida alangalanayotgan joyga 


71 
yuboriladi. Buning uchun etarli bo`lgan bosimni shahar sharoitida umumiy
vodoprovod tarmoqlari orqali hosil qilinadi.
Yuqorida keltirilgan usul va vositalar yong`inni tez o`chirishning asosiy 
usullari hisoblanadi.
Bugungi kunda komp`yuter oldida uzzu-kun o`tirib ishlash ko`pchilik uchun
odatdagi mashg`ulot bo`lib qolgan. Odamlar monitordan taralayotgan
nurlardan o`zlarini ehtiyotlashga urinadilar, qulayroq holatni tanlashga
intiladilar, 
bakteriyalardan 
xavfsirab, 
klaviaturani 
tozalaydilar. 
Lekin 
sichqonchaning sezilar-sezilmas harakatlari ba`zan ancha xavfliroqdir. Aynan
shu harakatlar “kaft usti suyagi sindromi” paydo bo`lishiga sabab
bo`ladi. Bunday kasallikka chalinganlarning soni yil sayin ortib bormoqda.
Kaft usti suyagi sindromi-tez-tez takrorlanib, turadigan qo`l harakatlari
natijasida kaft usti suyagi kanalidagi nerv tolasining qisilib qolishidir. Qoida
bo`yicha, musiqachilar va harakatdagi mexanizmlar bilan muntazam
ishlaydiganlar bu kasallikka chalinadilar. Asosiy belgilar- barmoqlarning 
achishishi, uvishib qolishi, engil og`riqning paydo bo`lishi. Birinchi bor bu 
kasallik 90-yillarning boshida AQSh da qayd etilgan bo`lib, u vaqtlarda kamdan-
kam uchrar edi. Odatda uni kortikosteroid in`eksiyalari bilan davolaydilar, lekin
ba`zan qisilib qolgan nerv tolasini bo`shatish uchun jarrohlik operattsiyasi
qilinadi. So`nggi yillarda kaft usti suyagi sindromi kasalligiga mubtalo
bo`lganlar sonining bir necha marotaba ortib ketishi frantsuz 
shifokorlarini tashvishga solmoqda. Bemorlarning ko`pini komputer bilan 
ishlaydiganlar tashkil etadi. Agar bundan 10 yil muqaddam jarrohlar haftasiga 1-2 
ta kaft usti suyagi operattsiyasini o`tkazgan bo`lsalar bugungi kunda bunday 
operattsiyalarning soni haftasiga 20ga yaqin, yiliga 80000tagacha boradi. Bu 
sindrom paydo bo`lishiga sabab klaviatura va sichqoncha bilan ishlayotganda 
qo`lning noto`g`ri holatda bo`lishidir. Gap shundaki, sichqoncha bilan ishlash 
jarayonida kaft usti suyagi tinmay harakatda bo`lib unga doimo statistik yuk tushib 
turadi.


72 
Bundan tashqari, stol haddan ziyod past yoki baland bo`lsa, kaft usti suyagi 
tirsak-bilak suyagiga nisbatan ko`p harakat qiladi. Bunda komputer
sichqonchasi bilan aniq harakatlar qilinmay, jismoniy mehnat qilishda ishlashi
kerak bo`lgan mushaklar guruhi harakatga keladi.
Agarda:
harakatlantirsangiz, tirsagingiz 90 darajadan ortiq burchak ustida bukilgan 
bo`lsa;
xavfi bor.
qismidagi bukilish burchagi to`g`ri bo`lishi kerak;
joylashishi zarur;
o`lishi kerak;
klaviaturani qattiq bosmang;
o`tiring, muntazam ravishda barmoqlar uchun mashq qilib turing;qo`llarni 
silkiting;
hap tomoniga qarata cherting.
Avval burun uchiga, so`ngra uzoqqa qarang. O`zingizdan 30 sm
masofada bo`lgan barmoq yoki qalam uchiga, keyin uzoqqa qarang. Bu
mashqni bir necha marta takrorlang. Ko`zingizni qattiq yuming, so`ngra bir
necha marta takrorlang. Ko`zingizni qattiq yuming, so`ngra bir necha marta 
ko`zlaringizni pirillating. Mashqlarni qovoqlar uchun massaj bilan yakunlaymiz:
Ko`rsatkich va o`rta barmoqlaringiz bilan qovoqlaringizni burundan 
chakkalaringizga qaratib mayin silang, so`ngra kaftlaringizni bir-biriga ishqalatib, 
ularni yumuq ko`zlaringiz ustiga ohista qo`ying (1 daqiqa), bunda
ko`zlaringiz to`la yumilishi, ular yorug`likni sezmasliklari kerak. O`zingizni
qorongi xonada o`tirganday his qiling.


73 
Zamonaviy komputerlarda ko`rish qobiliyati past bo`lgan odamlar
ishlashi uchun barcha sharoitlar mavjud. Bu mashq o`tirib, 30 soniya davomida
bajariladi. Xoch tasviri tushirilgan o`yin kartasini devorga ko`zlaringiz
qarshisida turadigan qilib mahkamlang devorgacha bo`lgan masofa 30 smni 
tashkil etishi kerak. Chap qo`lingizga qalamni olib, to`g`riga cho`zing, 
nigohingizni qalam uchiga qaratganingizda, orqa planda siz 2ta kartani
“ko`rishingiz” kerak. 2 marta nafas olib, nafas chiqaring, 1 marta kiprik 
qoqing. Endi kartaga tikiling. Bu safar siz 2ta qalamni “ko`rasiz”. 2 marta nafas 
oling va nafas chiqaring. Kiprik qoqish esingizdan chiqmasin. Nafas
olayotganingizda boshingiz bilan asta-sekin aylana bo`ylab chap tomonga 
harakat qiling. elkalaringizni bo`sh qo`ying. Nafas chiqarayotganingizda boshingiz
bilan o`ng tomonga va pastga harakat qiling, so`ngra boshlang`ich holatga 
qayting. Bu mashqni 2 marta takrorlang, so`ng harakat yo`nalishini
o`zgartiring va mashqni 3 marta takrorlang. Bu mashq o`tirgan holda 40 soniya 
davomida (har bir tomonga) bajariladi.
Akupressur nuqtalar – kuchli sezuvchanlikka ega qismlardir. Ensa 
akupressur nuqtalari umurtqa pog`onasining ikkala tomoni va bosh suyakning 
pastki qismida joylashgan bo`yin orqa tomoni mushaklari kesishgan
joyda joylashgan. Nafas ola turib ikki barmog`ingiz uchlari bilan ohista
akupressur nuqtalarni bosing. Bosimni kamaytirmay, 10 soniya davomida o`ng
va chap tomonga aylana bo`ylab asta-sekin harakat qiling. Bosimni
kamaytiring, nafas chiqaring.
Maqsad qismlarning akupressur nuqtalarini yaxshilash va bo`yin 
mushaklarining taranglashuvini yo`qotish. Bu mashq o`tirgan holda 40 soniya 
davomida (har bir tomonga) bajariladi. Akupressur nuqtalar – kuchli 
sezuvchanlikka ega qismlardir. Ensa akupressur nuqtalari umurtqa
pog`onasining ikkala tomoni va bosh suyakning pastki qismida joylashgan
bo`yin orqa tomoni mushaklari kesishgan joyda joylashgan. Nafas ola turib ikki 
barmog`ingiz uchlari bilan ohista akupressur nuqtalarni bosing. Bosimni
kamaytirmay, 10 soniya davomida o`ng va chap tomonga aylana bo`ylab asta-


74 
sekin harakat qiling. Bosimni kamaytiring, nafas chiqaring. Yuqori keltirilgan
mashqlarni bajarish inson sog`lig`iga katta yordam beradi.

Download 1,47 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko’p portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish