51
uchinchi firmalar ishlab chiqarayotgan istagan kirish/chiqish
(OAO’M modullari) bloklarini ulash osonligi;
ishlab
tayyorlangan
dasturiy
ta’minotning
keng
nomenklaturasidan foydalanish mumkinligi (real vaqt operatsion tizimlari,
ma’lumotlar bazasi, nazorat qilish va boshqarishning
tatbiqiy dasturlari
paketlari).
RS negizidagi kontrollerlar, odatda, sanoatda uncha katta bo’lmagan berk
ob’ektlarni boshqarish uchun, tibbiyotda mahsus avtomatlashtirish tizimlarida,
ilmiy
laboratoriyalarda, kommunikatsiya vositalarida foydalaniladi. Bunday
kontrollerning kirish-chiqishlari umumiy soni odatda bir necha o’nlikdan
oshmaydi, vazifalari to’plami esa bir nechta boshqaruvchi ta’sirlarni hisobga olgan
holda o’lchash axborotiga murakkab ishlov berishni ko’zda tutadi. RS negizidagi
kontrollerlarning ratsional qo’llanish sohasini quyidagi shartlar bilan izohlash
mumkin:
boshqarish ob’ektining kirish va chiqishlari uncha ko’p
miqdorda bo’lmaganda yetarlicha kichik vaqt oralig’ida katta hajmdagi
hisoblash bajariladi (qayta hisoblash quvvati zarur);
avtomatlashtirish vositalari ofisdagi
shaxsiy kompyuterlarning
ishlash sharoitidan ko’p farq qilmaydigan atrof muhitda ishlaydi;
kontroller amalga oshiradigan vazifalarni (ular nostandart
bo’lgani sababli) maxsus texnologik tillarning birida emas,
balki yuqori
darajadagi odatdagi dasturlash tilida, S++, PASKAL va h.k. da dasturlash
maqsadga muvofiqdir;
oddiy kontrollerlar ta’minlaydigan
kiritik sharoitlarda ishni
amalda kuchli apparat qo’llab-quvvatlash talab qilinmaydi. Bunday qo’llab-
quvvatlashning vazifalariga quyidagilar kiradi: hisoblash qurilmalari ishni
chuqur tashxisi, avtomat zaxiralash choralari,
shu jumladan kontrollerlar
ishni to’xtatmasdan nosozliklarni bartaraf etish; avtomatlashtirish tizimi
ishlagan vaqtida dasturiy komponentlar modifikatsiyasi va hokazo.
52
RS negizida kontroller bozorida O’zbekistonda quyidagi kompaniyalar
ishlamoqda:
Honeywell, Siemens, Emerson Elektric, ABB, Alien Bradley, Ge
Fanuc va boshqalar.