|
Innovatsion marketing texnologiyasi va joriy etish yo`llari
|
bet | 4/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 3,66 Mb. | | #231158 |
Bog'liq 2933(2)1.2 Innovatsion marketing texnologiyasi va joriy etish yo`llari.
Marketing texnologiyalari turli-tuman bo‘lsada, ular yagona maqsadni ko‘zlaydi. Bu maqsad esa korxonaning hamda bozorda namoyish etilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Korxonalarga raqobat sharoitiga samarali moslashish imkonini beruvchi eng yuksak innovatsion marketing texnologiyalarini ko‘rib chiqish zarur. Innovatsion marketingni asosiy texnologiyalari quyidagilardan iborat:
1.Innovatsiya bozorida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish.
2.Innovatsiyaga bo‘lgan potensial sanoat iste’moli talabi tahlili.
3.Iste’molchi pozitsiyasidan innovatsiya tahlili.
4.Innovatsiyani funksional- qiymatli va parametrik tahlili.
5.Bozorlardagi raqobat tahlili.
6.Bozorda innovatsiyani poziyalashtirish.
7.Innovatsiya bozorini test sinovidan o‘tkazish.
8.Tubdan yangi ehtiyojlar bilan innovatsiya uchun talabni shakllantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.
9.Reklama va uning samaradorligi.
10.Sotishni rag‘batlantirish usullari.
I-1.2 1-rasm
Avvaldan mavjud bo‘lsada, har doim ham dolzarbligini yo‘qotmay kelgan marketing texnologiyasi bu marketing tadqiqotlaridir. Marketing tadqiqotlari deganda marketing faoliyatining turli jihatlari bo‘yicha ma’lumotlarni tizimli tarzda to‘plash, aks ettirish va tahlil qilish tushuniladi. Marketing tadqiqotlari noma’lumlik darajasini pasaytiradi, ular marketing ishi majmuining barcha elementlari va komponentlariga taalluqli bo‘lib, ma’lum bir mahsulotning muayyan bir bozordagi marketingiga ushbu komponentlar ta’sir ko‘rsatadi.
Marketing tadqiqotlarini korxonaning o‘zi o‘tkazadi. Bunda ish boshqaruvchilar korxonani boshqarish bilan bog‘liq ko‘pgina vazifalarni bajarib, korxonani rivojlantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqadilar. Tadqiqotlar korxonaning marketing faoliyatiga oid strategik rejalashtirish amaliyotining barcha bosqichlariga hamrohlikda olib borilishi kerak. Bu quyidagi paytlarda ko‘proq dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi: korxona faoliyatini tashkil etish paytida, ya’ni u paytda bozor talabini aniqlash lozim bo‘ladi; shuningdek, strategiyaning amalga oshirilishini nazorat qilish jarayonida, ya’ni bu paytda iste’molchilar talabi tezda o‘zgarib turadi va o‘sib boradi va bunday sharoitda marketing ish-faoliyatiga o‘zgartirishlar qilishga to‘g‘ri keladi.
Tovarlar va xizmatlar bozori bo‘yicha marketing tadqiqotlari korxona faoliyati samaradorligini oshirishning muhim mezoni hisoblanadi.
Korxonaning marketing bo‘yicha tutgan yo‘li aniqlangach, uning strategiyasini yaratish zarurati paydo bo‘ladi. Ushbu strategiyani ishlab chiqishda bozor muhitiga moslashish va korxonaning yoki korxona iste’molchilarga taklif etmoqchi bo‘lgan u yoki bu tovar yoki xizmatning raqobatda ustunligini ta’minlash e’tiborga olinadi.
Marketing strategiyasi orqali, korxona quyidagi savollarga javob olishi kerak: qanday tovarlar (xizmatlar) bozorga olib kiriladi, ular assortimenti va narxi qanday bo‘ladi; ular qaysi iste’molchilar qatlamiga mo‘ljallangan va keyinchalik qaysi potensial iste’molchilarni jalb qilish mumkin; tovarlarni (xizmatlar) rejalashtirilgan ko‘lamda sotish uchun qanday shart-sharoitlar zarur; tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish qaysi kanallar orqali va qanday ko‘lamda tashkil qilinadi; savdoni rag‘batlantirish uchun qanday vositalar bilan bozoradagi talabga ta’sir ko‘rsatish maqsadga muvofiq; tovar sotilganidan keyingi unga xizmat ko‘rsatish (agar zarur bo‘lsa) qanday yo‘lga qo‘yiladi va bu ishni kim bajaradi; bozor ishtirokchilari qanday iqtisodiy natijalarni kutmoqda va buning uchun qancha xarajat talab qilinadi.
Korxonaning marketing strategiyasini belgilab beruvchi taklif etilgan yechim aniq bo‘lishi va barcha marketing ishi ishtirokchilarining faoliyatiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Innovatsion iqtisodiy rivojlanish sharoitida samarali marketing vositasi bu marketing kommunikatsiyalari tizimi hisoblanadi, uning elementlaridan biri bu reklamadir. Korxonaning reklama kompaniyasidan ko‘zlagan maqsadi potensial iste’molchilarda korxona tovarlari (xizmatlari) to‘g‘risida, jumladan, ularning qamrov doirasi, sifati va narxi to‘g‘risida to‘laqonli tasavvurni shakllantirishdan iborat. Ommaviy axborot vositalarida namoyish qilinadigan reklama tovar va xizmatlar savdosini jadallashtirishning eng samarali vositasidir.
Marketing munosabatlarida korxonaning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati (“pablik rileyshnz”) yetakchi rol o‘ynaydi. Bu xizmat buyurtma imidj yaratish bilan shug‘ullanadi.
Korxonaning kuchli imidjga egaligi biznesda barqaror va ijobiy
muvaffaqiyatlarga erishishning zaruriy shartiga aylanmoqda. Buning o‘ziga
xos asosli sabablari mavjud. Birinchidan, kuchli imidj korxonaga bozorda
ma’lum darajadagi mavqeni beradi va ushbu mavqe u kompaniyaning tovar va
xizmatlari narxiga nisbatan iste’molchilar e’tiborini pasaytiradi (kompaniya o‘z tovari narxini oshirsa-da, xaridor bunga e’tibor bermay o‘sha tovarni xarid qilishda davom etadi). Ikkinchidan, kuchli imidj tovarlarning almashinuvchanligini kamaytiradi, (ya’ni bozorda tovarning o‘rnini boshqa tovar egallamaydi). Bu esa korxonani raqobatchilar hujumidan himoya qiladi va kuchli imidjli tovar o‘rnini bosuvchi tovarlarga nisbatan ushbu tovar pozitsiyasini mustahkamlaydi. Uchinchidan, kuchli imidj korxonaning turli resurslardan foydalanish imkoniyatini oshiradi. Bu resurslar sirasiga moliyaviy, axborot va inson resurslarini misol qilish mumkin1.
Korxona o‘z imidjini yaratishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishi kerak:
-jamoatchilik fikri muntazam ravishda o‘zgarib turadi, shu bois, faqat imidjni shakllantirib to‘xtab qolish kerak emas, unga doim o‘zgartirishlar kiritib borish zarur;
-jamoatchilik fikri kelgusida qay yo‘nalishda bo‘lishini hayotiy real hodisalar belgilab beradi; yagona va har doim bir xil fikrda bo‘lgan jamoat mavjud emas. Jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsatish jamoatning ma’lum guruhiga qaratilgan bo‘lishi kerak;
-jamoatchilik fikrini quruq gap emas, balki hodisalar o‘zgartiradi; jamoatchilik manfaati jamoatchilik fikrini belgilaydi. Korxona imidjining elementlari korxonaning yuqori nufuzga ega ekaniga, insonlarni o‘z maqsadlariga erishishlariga yordam berishiga, korxona jamoaning munosib “fuqarosi” sifati o‘zini tutayotganiga, u jamiyatning bir a’zosi ekanligiga, korxona o‘zaro bir-birini tushinish va hamkorlik imkoniyatlarini izlayotganiga, uning texnik jihatdan mukammal ekaniga, uning barcha fuqarolar farovonligining oshishiga yordam berishiga ishontirishi kerak.
Globallashuv sharoitida bozorlar o‘sishining yangi bosqichi sifatida qaraladigan raqobatning kuchayib borishi - giperraqobat muhim ahamiyat kasb etadi, bu esa innovatsiyalarni boshqarishning yangi usullarini qo‘llashni talab etadi. Innovatsiyalarni samarali boshqarish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlarining tez rivojlanayotgan bozor jarayonlarida raqobatlasha olish imkonini beruvchi yangi texnologiyalar, ya’ni, innovatsion marketing texnologiyalari, Internet-texnologiyalari, intellektual mulkni himoya qilish va brending texnologiyalari majmuasini o‘zida mujassam etishi lozim. Innovatsiyalarni boshqarishning yangi texnologiyalarini joriy etish kelgusida innovatsion jarayonlarni tijoratlashtirish muammosini hal etish imkonini beradi.
Giperraqobat xo‘jalik yurituvchi subyektlarining muhim marketing strategiyasini ishlab chiqishni talab etadi:
xo‘jalik yurituvchi subyektlari agar bozordagi yetakchilik o‘rnini saqlab qolishni istasa, amaldagisini muddatini qisqartirgan xolda -muntazam ravishda yangi raqobat muhitini yaratib borish bilan shug‘ullanishlari lozim;
xo‘jalik yurituvchi subyektlari mantiqan oqilona muhitni yaratishdan uzoqroq bo‘lishlari lozim, aks xolda ularning strategiyasi raqobatchilari uchun kutilganidek (ma’lum) bo‘lib qolishi mumkin. Giperraqobat oldindan bashorat qilish mumkin bo‘lgan qarorlarni emas, balki kutilmagan qarorlarni talab etadi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarining marketing strategiyasi dinamik tarzda, tez yangilanadigan bo‘lishi lozim, istalgan uzoq muddatli strategiya xo‘jalik yurituvchi subyektiga zarar keltirishi mumkin. Jahon bozorida konyunkturaning keskin o‘zgarib turishi ro‘y berayotgan hozirgi sharoitda korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlashda ular faoliyatiga innovatsion marketingni keng joriy etish yuqori samara beradi.
Innovatsion marketingni joriy etishning muhim xususiyati shundaki, innovatsion marketing tadqiqoti tayyor mahsulot ustida emas, balki uning ishlab chiqiladigan g‘oyasi ustida boshlanadi. Marketing innovatsiyasi esa, innovatsion marketingga nisbatan tor tushuncha bo‘lib, uning asosiy unsurlaridan biri hisoblanadi.
Marketing innovatsiyasi quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshirilishi mumkin:
Dizayn va qadoqlash bo‘yicha: yangicha ko‘rinish berish va ko‘rkamligini oshirish uchun mebel dizayniga qisman o‘zgartirish kiritish; maxsulotga original ko‘rinish berish maqsadida kosmetik loson uchun idishning yangi dizaynini joriy etish. Joylashtirish (sotish kanallari) bo‘yicha: litsenziya olgandan keyingi maxsulotning birinchi taqdimoti; to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish yoki eksklyuziv chakana savdoning boshlanishi; maxsulotlar taqdimotining yangi konsepsiyasini amalga oshirish. Narx belgilash bo‘yicha: mijozlarga korxonaning Internet-saytida zarur xususiyatlari bo‘yicha mahsulot tanlash, keyin tanlangan maxsulotning narxini bilib olish imkonini beruvchi yangi uslubni joriy etish; tovar yoki xizmatning narxini ularga bo‘lgan ehtiyojga asosan belgilash usulidan birinchi marta foydalanish; do‘konning kredit yoki rag‘batlantiruvchi diskont kartochkalari egalarigina foydalana oladigan tovarlarni taklif qilishning ichki tartibidan birinchi marta foydalanish.
Bozorga chiqarish bo‘yicha: sotuv markalaridan birinchi marta foydalanish; mahsulotni birinchi bor videorolik yoki televizion dasturlarda namoyish qilish; yangi bozorda maxsulotning o‘rnini belgilash uchun butunlay yangi firma belgisini joriy etish; jamoat guruhlari orqali maxsulotning ommalashtirish usulini birinchi bor qo‘llash va h.k.
Hozirgi sharoitda bozorga moslashish strategiyasini shakllantirish orqali korxona raqobat kurashida yengib chiqishi mumkin. Bozorga moslashish birinchidan, bozorning o‘zi haqida tushunchaga ega bo‘lishga va ikkinchidan, bozorga yo‘nalgan strategiyani shakllantirish uchun asos yaratishga imkon beradi. Korxona o‘z maxsulotlarini kirgiza olgan bozor va u yerdagi insonlarni to‘liq o‘rganib chiqsagina, u bozorga moslasha oladi. Bozorga moslashish jarayoni quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: iste’molchilar, raqobatchilar, bozorlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash va bu ma’lumotlarni tahlil qilish. Bunda biznesning istiqbolini, iste’molchilar ongida tovar qiymatini yuqori darajaga ko‘tarish va uni iste’molchilarga taqdim qilish tadbirlarini ishlab chiqish hisobga olinishi lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyatida amalga oshiriladigan innovatsion marketingning obyekti bo‘lib intellektual mulk, yangi materiallar va komponentlar, yangi mahsulotlar, yangi jarayonlar, yangi bozorlar, tovar va xizmatlarni sotishning yangi usullari va boshqarishning yangi tashkiliy shakllari xizmat qiladi.
Innovatsion marketingning asosiy maqsadi innovatsiyalarni bozorga kiritish strategiyasini ishlab chiqish va yangi mahsulotni bozorda mustahkam o‘rin egallashini ta’minlashdan iborat. Shuning uchun an’anaviy marketingdan farqli ravishda innovatsion marketing asosida innovatsiyalar bozorini tadqiq etish, bozorni test qilish, bozor konyunkturasini tahlil qilish, talabni shakllantirish, iste’molchilar xulq-atvorini modellashtirish orqali bozor segmentlarini ishlab chiqish yotadi.
Innovatsion marketing texnologiyalari bozorning muayyan segmentlarini prognoz qilish, innovatsiyalarning iste’mol xususiyatlarini, narx va sotish kanallarini rejalashtirish orqali bozor noaniqliklarini va innovatsiyalarning iste’molda nomaqbul ko‘rish risklarini kamaytirish imkonini beradi.
Innovatsion marketing bozorni segmentlash va mahsulotni pozitsiyalashda namoyon bo‘ladi. Innovatsion marketing strategiyasining muhim belgisi innovatsiyalarni iste’molchilar tomonidan qabul qilinishini batafsil o‘rganish asosida yangi mahsulotga bo‘lgan talabni tadqiq qilish va prognozlashtirishdan iborat.
Innovatsion mahsulotni muvaffaqiyatli tijoratlashtirish, uni kelgusida eksport qilinishini ta’minlash uchun innovatsiyalarni boshqarishda innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish talab etiladi.
Innovatsion marketing bozorga yangi mahsulot, xizmat yoki texnologiyani joriy qilishga tayyorlashni amalga oshiradi. U korxonadagi innovatsion mahsulotni joriy qilishdan maksimal samara olishni o‘z vaqtida va to‘g‘ri baholash imkonini beruvchi usul va dastaklar majmuasi sifatida foydalaniladi.
O‘zbekistondagi hozirgi iqtisodiy sharoitlarda hattoki, muvaffiqiyatlarga erishayotgan korxonalar doim ham yangi innovatsiyalarni qo‘llamasdan hamda yirik tashkilotlar bilan hamkorlik qilmasdan yangi mahsulot yoki texnologiyalarni ishlab chiqishga qodir bo‘lmaydi.
Innovatsion marketingni muvaffaqiyat keltiruvchi omillariga quyidagilar kiradi: o‘tkazish sifati, ishlab chiqarish jarayonidagi innovatsiya imkoniyatlari, yangi tovarlar ishlab chiqarish imkoniyati, marketologlarni yuqori malakasi, samarali reklamani yaratish qobiliyati, yangi tovarlarni ishlab chiqish bosqichidan sanoat ishlab chiqarishiga tez o‘tkazish qobiliyati, tez o‘zgaruvchan bozor holatiga mo‘ljal olish qobiliyati va yangi bozorga innovatsiyani chiqarish, talabni shakllantirish bo‘yicha to‘g‘ri dastur ishlab chiqish, patentlarning mavjudligi va hokazolar (I-1.2 2-rasm).
I-1.2 2-rasm
Zamonaviy biznesning ajralmas qismlaridan biri kafolat berish va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish hisoblanadi. Kompaniyalar sifat kafolatidan reklama maqsadlarida, o‘z tovarlarini raqobatchi mahsulotlardan ajratib ko‘rsatish uchun foydalanishlari mumkin. Mahsulotga kafolat berish ayniqsa yangi bozorlarga kirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |