I.BOB.Innovatsion marketing mazmuni,mohiyati va nazariy asoslari




Download 3,66 Mb.
bet3/7
Sana14.05.2024
Hajmi3,66 Mb.
#231158
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2933(2)

I.BOB.Innovatsion marketing mazmuni,mohiyati va nazariy asoslari.


1.1 Innovatsion marketingni turlari va o`ziga xos xususiyatlari.


Piter Druker fikricha, biznesning ikkita asosiy funksiyasi mavjud: marketing va innovatsiya. Marketing va innovatsiya natijalar yaratadi. Barcha qolganlari-xarajatlardir. Bugungi kunda marketing konsepsiyasiga yangicha yondoshuv bozorning strategik segmentidan tashkilotlarning potensial mijozlari - maqsadli guruhlari bilan aniqroq uzviy aloqadorlikka asoslanadi. Innovatsion faoliyatning yo‘nalishlari, avvalambor, ishlab chiqarishni takomillashtirish vazifalari va imkoniyatlari bilan emas, balki yangi mahsulotlar tavsifnomalariga nisbatan iste’molchilarni qarashlarini o‘rganish natijalarini aniqlashi zarur. Bunda muvaffaqiyatning asosiy omili bo‘lib mahsulotlarni bozor talablariga mos kelishi hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida innovatsion marketingning asosiy omili hisoblanadi. Innovatsion marketing-bu yangi tovarlar va xizmatlar bozorini yaratishga, kengaytirishga va uni saqlab turishga yo‘naltirilgan marketing texnologiyasi kompleksidir.
Marketingda innovatsiyaning asosiy bosqichlari turlicha ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ular XVIII-XXI asrlarda bir qancha evolyutsion rivojlanishga va ko‘rinishga ega bo‘ldi. XVIII asrda marketing innovatsiyasida raqobat muhim rol o‘ynagan bo‘lsa, unda Adam Smit nazariyasiga ko‘ra, har bir tadbirkor o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlashga intilishini ko‘rsatib berdi. Har bir shaxs o‘zi ishlab chiqarishni tashkil etadi, erishilgan foydaga o‘zi egalik qiladi.
Iqtisodiyotning turli rivojlanish bosqichlarida raqobat turli ko‘rinishlarga ega bo‘ldi. Oxirgi ikki yuz yillik ichida xo‘jalik faoliyatini evolyutsiyasini bir necha bosqichlarga bo‘lishi mumkin, u dunyoning yirik va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan kompaniyalarida raqobatli ustunlikni o‘zgarishiga olib keldi. Bunda narxli raqobat, klassik marketing, segmentlash, pozitsiyalash, merchendayzing, ijtimoiy-axloqiy marketing, xalqaro marketing, eksport marketingi, benchmarketing, o‘zaro munosabatlar marketingi, logistik marketing, global marketing, brend-marketing,internet-marketing, empirik marketing, autsorsing, kommunikatsion marketing va innovatsion marketing kabi marketingda innovatsiyaning asosiy bosqichlarini alohida ko‘rsatish mumkin.
Iqtisodiyotda faol qo‘llanilayotgan ishbilarmon mijozlar bilan shartnomalarni elektron holda amalga oshirish V2V va pirovard mijozlar bilan elektron savdo V2S yoki elektron bizneslar logistika oldiga logistika xizmatlarining yangi turlarini paydo bo‘lishini talab etadi. Ushbu innovatsion ishbilarmonlik munosabati logistikadan faqatgina axborot oqimini boshqarishni talab etmasdan, balki yuk oqimini fizik harakati bo‘yicha vazifalarni operativ bajarishni talab etadi. V2V va V2S elektron biznesi faqat yuk oqimini fizik harakati bilan amalga oshirilsa muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.
Elektron biznesni o‘zaro aloqa qiluvchi subyektlar turi bo‘yicha quyidagi asosiy toifalarga ajratish mumkin (1-rasm):

  1. biznes-biznes (business-to-business, B2B);

  2. biznes-iste’molchi (business-to-consumer, B2C);

  3. iste’molchi-iste’molchi (consumer-to-consumer, S2S);

  4. biznes-ma’muriyat (business-to-administration, B2A);

  5. iste’molchi-ma’muriyat (consumer-to-administration, C2A);


I-1.1 1-rasm
Biznes-biznes yo‘nalishi bugungi kunda eng rivojlangan va ommaviy yo‘nalish hisoblanadi. U kompaniyalar o‘rtasida EDI (Electronic Data Interchange) va hujjatlar bilan ishlash XML (eXtensible Markup Language) tili kabi maxsus texnologiyalar va elektron ma’lumot uzatish standartlariga asoslanuvchi barcha aloqa darajalarini qamrab oladi.
Mamlakatimizda B2B rivojlanishi bir yerda turib qolgani yo‘q. Hozirgi paytda savdo maydonchalari soni yuzdan ortib ketgan.
Keng tarqalish bo‘yicha ikkinchi o‘rin biznes-iste’molchi yo‘nalishiga tegishli bo‘lib hisoblanadi. Bu yo‘nalishning asosini elektron chakana savdo tashkil qiladi. Bu toifaning eng tarqalgan elementi hozirdanoq yakuniy iste’molchilarga tovar va xizmatlar keng doirasini taklif etayotgan Internet-magazinlar hisoblanadi.
V2S sektori hozirgi paytda hajmi bo‘yicha V2V sektoridan ortda qolayotgan bo‘lib, garchi bu tendensiya saqlanib qolsada, u jami elektron tijorat hajmida sezilarli ulushga ega bo‘ladi.
Oxirgi paytlarda iste’molchi-iste’molchi yo‘nalishi tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. U tijorat axboroti almashinish uchun iste’molchilarning o‘zaro aloqa qilish imkoniyatlarini qamrab oladi. Bu u yoki bu tovarni xarid qilish tajribasi, u yoki bu firma bilan aloqa qilish tajribasi bo‘lishi mumkin. Xuddi shu sohaga Internet-auksionlari orqali jismoniy shaxslar o‘rtasidagi savdo shaklari ham mansubdir.
Internetda savdoning kimoshdi(auksion) shakli elektron tijoratning yosh, lekin istiqbolli sohasi bo‘lib, uning aylanmasi bugungi kunda Internet orqali chakana savdo aylanmasiga yaqinlashmoqda. Hozirgi paytda Internet-auksionlar orqali xaridni amalga oshirayotgan foydalanuvchilar soni millionlab kishini tashkil etadi.
Elektron biznesning oxirgi toifalari biznes- ma’muriyat va iste’molchi-ma’muriyatdir.
Biznes va ma’muriyatning o‘zaro aloqalari tijorat tuzilmalarining mahalliy hokimiyatlardan tortib to xalqaro tashkilotlargacha davlat tashkilotlari bilan ishbilarmonlik aloqalarini tashkil qilish uchun elektron vositalardan foydalanishida namoyon bo‘ladi. Bu yo‘nalish turli mamlakatlar hukumatlari tomonidan tovar va xizmatlar xaridini amalga oshirish uchun Internetdan foydalanishda ko‘proq joriy etilmoqda.
Iste’molchi-ma’muriyat yo‘nalishi nisbatan kamroq rivojlangan, biroq vaqt o‘tishi bilan u ham davlat strukturalari va site’molchilarning ijtimoiy va soliq sohalarida samarali aloqalarini tashkil qilish uchun rivojlanishi mumkin.
Hozirgi sharoitda korxonalar o‘z faoliyatiga innovatsion marketingni joriy etish va bozorga moslashish strategiyasini shakllantirish orqali raqobat kurashida yengib chiqishi mumkin. Amaliyotda innovatsiyaning minimal alomati mahsulot, jarayon, marketing yoki tashkiliy uslub, u mazkur korxonada yaratilgan yoki o‘zlashtirilganligidan qat’iy nazar, mazkur tashkilotning amaliyoti uchun yangi (yoki sezilarli darajada yaxshilangan) bo‘lishi zarurligidir.
Innovatsion faoliyat xaqiqatdan innovatsiyani amalga oshirishga olib keladigan yoki shu maqsad bilan ko‘zlab qilingan barcha ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat, marketing harakatlardir. Innovatsion faoliyat, shuningdek qandaydir aniq innovatsiyani tayyorlash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan tadqiqotlar va ishlanmalarni o‘z ichiga oladi.
Innovatsiyani amalga oshirgan o‘rganilayotgan korxona uni o‘z hududiga raqobatchilardan avval chiqarsa, innovatsiyalar bozor uchun yangi hisoblanadi. Agar qaysidir mahsulot, jarayon, marketing yoki tashkiliy uslublar boshqa korxonalarda ishlatilayotgan bo‘lib, lekin mazkur korxona uchun yangilik (yoki mahsulot yoki ishlab chiqarish jarayoni sezilarli darajada yaxshilangan) bo‘lsa, innovatsiyalar korxona uchun yangi hisoblanadi.
Yangi mahsulot va jarayonlarni ishlab chiqarish va joriy etish, shuningdek mahsulot va jarayonlarni sezilarli takomillashtirish; texnologik jihatdan yangi yoki sezilarli takomillashtirilgan xizmatlarni ko‘rsatish usullarini ishlab chiqarish va joriy etish texnologik innovatsiyalar deb ataladi va u o‘z navbatida 2 turdagi innovatsiyaga: mahsulot innovatsiyalari va jarayon innovatsiyalariga bo‘linadi.
Mahsulot innovatsiyasiga yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan tovar va xizmatlar kiradi, xususan:
- tovarlar bo‘yicha: boshlang‘ich materiallarni xususiyatlari yaxshilangan materiallar bilan almashtirish; foydalanishni qulaylashtiruvchi dasturiy ta’minot o‘rnatilgan maishiy asboblar; shaxsiy moliyaviy operatsiyalarni shakllantiruvchi va kuzatuvchi, firibgarlikdan himoya qilish uchun dasturiy ta’minot; ko‘chma kompyuterlarni tarmoqqa ulash uchun o‘rnatilgan simsiz moslamalar; yangi funksional xususiyatli oziq-ovqat mahsulotlari; energiya iste’mol qilishi sezilarli pasaytirilgan buyumlar (energiyani saqlovchi sovutgichlar va h.k.);
- xizmatlar bo‘yicha: iste’molchilar uchun tovar yoki xizmatlarga yo‘l ochib berishni sezilarli yaxshilovchi xizmatning yangi turlari; bank operatsiyalari yoki hisoblar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish kabi internet-xizmatlar; smart-kartalar va ko‘p maqsadli plastik kartochkalarni joriy etish; mijozlarga yetkazib berilgan tovarlarning tarkibi buyurtmadagiga mos kelishini tekshirish imkonini beruvchi yangi “ta’minotni nazorat qilish tizimi” ni taklif qilish va h.k.
Jarayon innovatsiyasi - yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan ishlab chiqarish yoki yetkazib berish uslubini, texnik jarayonlar, uskunalar yoki dasturiy ta’minotdagi sezilarli o‘zgarishlarni joriy etishdir. Xususan:
- ishlab chiqarish bo‘yicha: ishlab chiqarish jarayonini real vaqt tartibida yo‘lga qo‘yish uchun avtomatlashtirish tizimi; yangi yoki yaxshilangan mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan yangi uskunalar; kompyuter yordamida mahsulotni loyihalash; bosib chiqarish jarayonini raqamli asosga o‘tkazish; ishlab chiqarish sifatini nazorat qilish uchun kompyuterlashtirilgan uskunalar; ishlab chiqarish monitoringi uchun yaxshilangan nazorat-o‘lchash asboblari;
- yetkazib berish va turli operatsiyalar bo‘yicha: tovarlarning hisobini va inventar ro‘yxatlarni yuritish uchun portativ skanerlar yoki kompyuterlar; yetkazish zanjiri bo‘yicha materiallarning ko‘chib yurishini kuzatish uchun shtrixli kodlarni joriy etish; ovozli buyruqqa javob beruvchi avtomatik tizimni joriy etish; belgi qo‘yuvchi elektron tizimni joriy etish; ta’minot oqimini optimallashtirish uchun yangi dasturiy vositalar; yangi yoki sezilarli takomillashtirilgan kompyuter tarmoqlari va h.k.
Tashkiliy innovatsiya - bu firmaning ish amaliyotiga yangi tashkiliy uslubni joriy etishdir. Tashkiliy innovatsiyalarga firma birinchi marta foydalanayotgan ish amaliyotini tashkil qilish, ish joylari yoki tashqi aloqalarni tashkil qilish kirishi mumkin.
Ish amaliyoti bo‘yicha: eng yaxshi harakat usullari, o‘quv materiallari va ularni yanada hammabop qiladigan boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yangi ma’lumotlar bazasini tashkil qilish; firma faoliyati integral monitoringi tizimini birinchi bor joriy etish (ishlab chiqarish, moliya, strategiya, marketing); xodimlarni birlashtiruvchi samarali va funksional jamoalar tashkil etish uchun o‘quv dasturlarini birinchi bor joriy etish.
Ish joylarini tashkil etish bo‘yicha: firma xodimlarining ish mas’uliyatini taqsimlashda markazlashmaganni birinchi bor amalga oshirish; bilim olish uchun yo‘l ochib berish va turli bo‘linmalar xodimlari o‘rtasida bilim almashishni osonlashtirish uchun rasmiy yoki norasmiy ishchi guruhlarini ilk marotaba tuzish.
Tashqi aloqalar bo‘yicha: ta’minlovchi va subpudratchilar uchun sifat nazorati standartlarini birinchi bor joriy etish; tadqiqot yoki ishlab chiqarishda autsorsingdan birinchi bor foydalanish; universitetlar yoki boshqa tadqiqot tashkilotlari bilan ilmiy-texnika xamkorligiga birinchi bor a’zo bo‘lish va h.k.
Birinchi tur - texnologik innovatsiyalar mahsulot innovatsiyasi va jarayon innovatsiyasini o‘z ichiga olib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, energiya, xom ashyo va boshqa resurslarni tejashga qaratilgan ishlab chiqarish potensialini yangilash jarayonidir. Ishlab chiqarish jarayoniga yangi samarador tizimni kiritish, ishlab chiqarish sifatini nazorat qiluvchi yangi uskunalarni joriy etish, yangi funksional xususiyatli mahsulotlar, energiya iste’moli pasaytirilgan va modifikatsiyalangan mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Mahsulotlar innovatsiyasi, korxonaning o‘zini saqlab qolishi uchun, olayotgan daromadining hajmini ko‘paytirishni, bozorda ulushini kengaytirishni, mijozlarni saqlab qolishni, yangi ish o‘rinlarini yaratishni ta’minlaydigan korxonaning mahsulot sotish potensialini yangilash jarayonidan iborat.
Ikkinchi tur- marketing innovatsiyasi mahsulot dizaynini o‘zgartirishning yangicha usullarini joriy etish, mahsulot taqdimotining yangi konsepsiyasini yaratish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish va eksklyuziv chakana savdoni yangi samarador usullarini qo‘llash, tovar yoki xizmat narxini ularga bo‘lgan ehtiyojga nisbatan belgilashning yangi uslublarini joriy etish, yangi brend va tovar markalarini yaratish, mahsulotni reklama qilish va yangi bozorda uni ommalashtirishning yangi uslublarini qo‘llashdan iborat.
Innovatsiya tadbirkorligining uchinchi turi-tashkiliy innovatsiyalar korxonalar faoliyatiga yangi integral monitoring tizimini joriy qilish, boshqarishning yangi takomillashgan usullarini qo‘llash, xodimlarning ish ma’suliyatini taqsimlashda yangi markazlashmagan usullarini qo‘llash, turli bo‘limlar xodimlarini birlashtirish, ta’minotchi va pudratchilar uchun sifat nazoratining yangi standartlarini joriy etish, mahsulot eksportining yangi bozorlarini o‘zlashtirish jarayonlaridan iboratdir. Innovatsiyaning bunday turidan foydalanish korxona xodimlarini oldiga qo‘yilgan maqsadlariga erishishga safarbar qiladi, ular oldidagi ijtimoiy majburiyatlariga ishonchni mustahkamlaydi.
Innovatsion marketing yangi g‘oyani tadqiq etib, talab va ehtiyojni ayirboshlash yo‘li orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining bir turi hamda bozor bilan korxonani bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib, o‘zgarib turadigan bozorga doimo moslashib borish tizimini tashkil etganligi bois, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning xo‘jalik faoliyatiga innovatsion marketingni joriy etilishi tadbirkorlik samarasini oshirishga asos bo‘ladi. Innovatsion marketing faoliyatini tashkil etish bu birinchi o‘rinda bozor talabini tadqiq etish va korxona faoliyatini unga yo‘naltirishdan iborat. Bunda pirovard maqsad bozorni har tomonlama o‘rganish, tahlil qilish, konyunktura o‘zgarishini oldindan bilish va xaridorlar talabini to‘la qondirish orqali yuqori daromad olish hisoblanadi.
Marketing faoliyati juda ko‘p sarf-xarajatni talab qilganligi sababli, keng ko‘lamda marketing tadqiqotlarini faqatgina yirik xo‘jalik subyektlari olib boradilar. Korxonalar ham mustaqil ravishda olib borishlari maqsadga muvofiq. Chunki, marketing faoliyati korxonaning kelgusi istiqboli uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. U orqali yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, korxonalarda samaradorlikni oshirishning eng muhim yo‘llari bu, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni o‘rnatish, ish uslublarini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, reklama sifatini oshirish, ishlab chiqarilayotgan kundalik mahsulot va xizmatlarni o‘z xaridoriga etkazish, bunda innovatsion marketing texnologiyalaridan unumli foydalanish, ishchi kuchi taklifini rag‘batlantirish, korxonaning barcha faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan (axborot-kommunikatsiya, innovatsiya, telekommunikatsiya va h.k.) keng ko‘lamda foydalanish, korxona imijini yaxshilash va iste’molchilar talabini to‘liq qo ndirishdan iborat.
Bugungi kunda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida samarali marketing faoliyatini olib borish taraqqiy topgan bozorning mavjudligi, ishlab chiqaruvchining erkinligi, axborot to‘plash tizimining barcha uchun tushunarliligi, tadbirkorlarning bunga tayyorgarligi, nazariy ishlanmalarning amaliyot bilan uyg‘unligi, marketing faoliyatida zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanish mexanizmining mavjudligiga bog‘liq.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlari kundalik amaliyotida marketing faoliyatini samarali amalga oshirilishi quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi lozim:
-bozordagi holat to‘g‘risida eng ko‘p axborotni o‘z vaqtida olish va uni to‘g‘ri tahlil qilish;
-marketing maqsadlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va ularga erishishning asosiy yo‘llarini ishlab chiqish;
-resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste’molchilarning talabi bilan moslashtirish hamda bozor talabini yuqori darajada qondirish uchun mahsulot turi va assortimentini shakllantirish;
-bozorda sotish tarmog‘ini shakllantirish orqali reklamaning rag‘batlantiruvchi tadbirlarini o‘tkazish, bozorda o‘z o‘rnini, vositachilarni va xaridorlarni topish uchun harakat qilish;
-marketing tizimini yangi firma sharoitiga moslashtirish uchun kundalik boshqaruv ishini tashkil etish.
Shunday qilib, innovatsion marketing kompleksi maqsadli bozorga ta’sir etuvchi amaliy chora tadbirlar yig‘indisini va innovatsiyaning potensial iste’molchilarini o‘zida mujassamlashtiradi.


Download 3,66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 3,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.BOB.Innovatsion marketing mazmuni,mohiyati va nazariy asoslari

Download 3,66 Mb.