|
Baholovchi ko`rsatkichlar
|
bet | 6/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 3,66 Mb. | | #231158 |
Bog'liq 2933(2)Baholovchi ko`rsatkichlar
Salohiyatli foyda
|
Salohiyatli hayotiy sikl
|
Mavjud bo‘lgan raqobat
|
Tayyorlovchi firma obraziga ta’sir ko‘rsatish
|
Salohiyatli raqobat
|
Mavsumiy omillarga bardoshlilik
|
Investitsiyalar darajasi
|
Yangi mahsulotning ishlab chiqarish ta’riflari
|
Bozor hajmi (sig‘imi)
|
Ishlab chiqarish imkoniyatlariga moslik
|
Patentlashning imkoniyati
|
Tijorat realizatsiyasiga qadar vaqtning muddati
|
Xatar darajasi
|
Tovar ishlab chiqarishning soddaligi
|
Yangi tovarning marketing ta’rifi
|
Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik
|
Tovar belgisi
|
Raqobatbardosh narxlar asosida ishlab chiqarish imkoniyati
|
Mavjud bo‘lgan sotuv bozorlari uchun jozibadorligi
|
Yangi mahsulotning raqobatbardosh afzalliklari
|
II-2.1 1-jadval
Yangi tovarni qabul qilish bosqichlaridan tashqari marketologlar iste’molchilarni innovatsiyani qabul qilish darajalarini klassifikatsiyalashi zarur. Chunki, ko‘pchilik iste’molchilarda innovatsiyani qabul qilish borasida qandaydir ruhiy to‘siq paydo bo‘ladi. Ammo, samarali reklama va marketing tadbirlaridan so‘ng innovatsiyani qabul qilgan va qabul qilmaganlar o‘rtasidagi tafovut o‘zgaradi. Bunda birinchidagilar soni ortib boradi.
Innovatsiyaning xususiyati bevosita uning qabul qilinish sur’ati bilan bog‘liqdir. Ba’zi bir innovatsiyalar mashhurlikka bir kunda erishgan, boshqalariga esa biroz ko‘proq vaqt talab etilgan. Innovatsiyani qabul qilish sur’atiga quyidagi besh omil ta’sir ko‘rsatadi:
Mavjud modelga nisbatan ustunlik. Masalan, qo‘l EHM lari qanchalik tezkor, xotirani kattaligi, hajmi esa kichikligi innovatsiyani tez tarqalishini ta’minlaydi.
An’anaviyligi va iste’molchilar qabul qilgan xususiyatlarga ega innovatsiya.
Murakkabligi, ya’ni nisbatan tushunish qiyinligi, shuningdek ishlatishdan foydaliligi.
Yangilikni bosqichma bosqich kiritilishi va asta sekin natijalarni baholash.
5. Kommunikatsion ko‘rsatmalar, ya’ni innovatsiyani qo‘llashda foydalilikni tushunarli tasvirlash.
Operativ innovatsion marketingda iqtisodiyotni innovatsion asosda rivojlanishi avvalo determinatsiyaning keskin pasayishi va butun tizim murakkablashiga olib keladi. Tashqi muhitning yuqori faolligi, jumladan, ijtimoiy va siyosiy mojarolar, axborot va texnologik transformatsiyalar, iqtisodiy tizim va uni tashkil etuvchi elementlarining harakatini tobora ehtimolligi va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan xarakterini kuchaytirmoqda. Bu holatda korxonaning “yashab ketishi” bevosita rahbarning tavakkalchilik sharoitda boshqara olish qobiliyatiga bog‘liqdir. Mantiqan novator firmalarining rivojlanishi operativ taktik rejalashtirishdan strategik boshqarish darajasiga o‘tadi, ya’ni boshqaruvning yangi darajasi -innovatsion marketing turiga o‘tadi. Unda an’anaviy tamoyillarning turli ko‘rinishlari saqlanib qoladi, ammo ularni asosan vaziyatni tahlili uchun qo‘llaniladi. Bu esa korxonani innovatsiyalarni, yangi bozorni hamda kapitalni qidirishidagi harakatlarni optimallashtirish imkonini beradi. Bunday sharoitda vaziyatni ichki va tashqi muhitlar belgilaydi.
Innovatsion marketingda boshqaruv usullari vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin. Innovatsiyaning har bir hayotiylik sikliga alohida uslub, taktika va strategiyani ishlab chiqish talab etiladi.
Innovatsion marketing tadbirlarining muhim yo‘nalishlaridan yana biri innovatsiyaning bozorga kirib kelish taktika va strategiyasi bo‘lib, u yangi tovarga talabni shakllantirish va bozorda pozitsiyani aniqlashga xizmat qiladi. Pozitsiyalash deganda yangi tovarni bozorda mavjud tovarlar o‘rtasida o‘z o‘rnini belgilash tushuniladi.
Pozitsiyalashning maqsadi yangilikni bozordagi o‘rnini mustaxkamlashdir.
Innovatsiyani pozitsiyalanishi-bu mavjudlar o‘rtasida o‘z o‘rnini aniqlashdir. Chunki innovatsiyani marketing pozitsiyasiga ko‘ra yangi tovar deb ham, o‘rin bosuvchisi yo‘q deb ham, ma’lum korxona yoki bozor uchun yangilik deb ham, mavjud xorij tovari o‘rnini bosuvchisi deb ham yoki yangi soha uchun tovar deb ham qarash mumkin. Har qanday innovatsiya maqsadiga qarab, ya’ni to‘ldiruvchi, almashinuvchi yoki siqib chiqaruvchiligiga qarab bir biridan farq qiladi. Bu holat ishlab chiqarish jarayonida katta ta’sirga ega emas, ammo innovatsiyani bozorga kirib borishida o‘ta muhim rolni o‘ynaydi. Bundan innovatsiya va strategik marketingni hayotiyligi hal bo‘ladi. Pozitsiyalanish marketing faoliyatining turli yo‘nalishlariga ta’sir ko‘rsatadi, masalan, sotish, reklama, narx va h.z. Innovatsion marketing konsepsiyasi faqatgina yangi xaridorlarni jalb qilish bilan cheklanmasdan, balki raqib firmalarning ustunliklaridan foydalanish, diversifikatsiyalanish orqali ta’sir doirasini kengaytirishni ham nazarda tutadi.
Innovatsion marketing uchun sinergizm tamoyili muhimdir, ya’ni marketingdagi barcha tadbirlar, ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar nomenklaturasi bir biri bilan o‘zaro bog‘liq va o‘zaro to‘ldiruvchi bo‘lishi lozim.
Marketing tizimining yakunlovchi bosqichi - operativ marketing bo‘lib, bu bosqichda innovatsion marketing strategiyasini tadbiq etishning aniq shakllari ishlab chiqiladi. Operativ marketing yangi tovarning hayotiylik sikli bilan chambarchas bog‘liqdir. Ayniqsa, yangi tovarni hayotiylik siklini boshlanish nuqtasini aniqlash juda muhimdir.
Innovatsiyaning bozordagi hayotiylik siklini birinchi bosqichida maxsus tadbirlarni amalga oshirish zarur. Jumladan, sotishning yangi kanallarini shakllantirish va mavjudlarini modifikatsiyalash hamda moslashtirish kerak. Bu yerda marketingni samaradorligi bir qancha omillarga bog‘liq, masalan, axborotli reklamani faolligi, innovatsiyani bozorga chiqishda optimal holati, innovatsiyaning mavjud tovarlar orasida o‘zini tutish variantini tanlash, raqiblar holatini prognozlash, shuningdek bozor yangi tovarga qay darajada mosligi. Marketing bu holatlarda yangi tovarni pozitsiyalanishidan tashqari, texnologiyani bozorga moslashishi hamda yangi va mavjud tovarlar o‘rtasidagi raqobatni yengib o‘tishni ta’minlash kerak.
Ma’lumki, o‘sish davrida marketing yondoshuvlari o‘zgaradi. Innovatsion marketing kreativ xususiyatini yo‘qotib, ko‘maklashuvchi o‘rinni egallaydi. Reklamaning xususiyatlari o‘zgaradi, u agressivlashadi hamda korxona va tovarga ko‘proq urg‘u berishga o‘tadi.
Yetuklik davrida tovar bozorda mavjud to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatga duch keladi va oqibatda raqobat strategiyasini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Bu yerda liderlik va sabirlilik strategiyalari ish beradi. Yangilikning narxi esa pasayadi. Aynan shu vaqtda novator-korxona bozorga yangi modifikatsiyalangan tovarni chiqarishga intilishi lozim.
Innovatsion marketing bu bosqichda ikki maqsadni ko‘zlashi lozim: yetilgan tovarni sotish hajmini operativ ushlab turish va yangi tayyor tovarni bozorga kirib kelishini ta’minlaydigan strategiyani ishlab chiqishdir.
II-2.1 2-rasm
Turli mulkchilik shaklidagi tadbirkorlarning innovatsion salohiyatini baholashda quyidagilarni aniq belgilash lozim:
tadbirkorlarni innovatsiyalarning riskli yo‘liga qadam qo‘yishga undovchi stimullar;
tadbirkorlar uchun innovatsiyalarni amalga oshirish.
Odatda tadbirkorlarning innovatsiyalarga stimuli ularning sifatli, raqobatbardosh va yangi mahsulot chiqarish yoki yanada samarali va modifikatsiyalangan texnologiyalardan foydalanish asosida olayotgan foyda miqdorini oshirishga intilishi bilan bog‘lanadi. Muvaffaqiyatli innovatsiyalar haqiqatdan ham foyda va hattoki qo‘shimcha foyda keltiradi. Biroq, bu qo‘shimcha foyda yoki qo‘shimcha foyda yo‘lidagi innovatsion bo‘sag‘adan hamma ham o‘ta olmaydi: yangi mahsulot va texnologiyalarni o‘zlashtirish davrida xarajatlar baland bo‘ladi.
Biroq, innovatsion loyiha bilan shug‘ullanish uchun tadbirkor buning uchun imkoniyatga ega bo‘lishi lozim. Avvalo, ekspertiza yoki sinov ekspluatatsiyasidan o‘tgan ixtiro yoki ilmiy-texnik faoliyatning boshqa natijasi, kamida texnologik qo‘llash uchun yaroqli innovatsion g‘oya bo‘lishi lozim.
Shundan so‘ng tadbirkorga innovatsiyalarni amalga oshirish uchun, ayniqsa, bazis innovatsiyalar va tubdan yangi mahsulotlar haqida gap ketganda katta miqdorda resurslar kerak bo‘ladi. Bu korxonaning o‘z mablag‘lari (amortizatsiya va foyda), aksiyalar emissiyasi yo‘li bilan qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish, strategik investorni izlash yoki uzoq muddatli bank krediti bo‘lishi mumkin.
Innovatsiya imkoniyatlari tadbirkorning shaxsiga, uning tavakkalchilikka moyilligiga, malaka darajasi va strategik fikrlash qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p narsa tadbirkorning yoshiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Tadbirkorlar oldida innovatsiya yo‘lida turli cheklovlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu resurs cheklovlari: har bir tadbirkorda ham yirik innovatsiyalarni amalga oshirishda tashqi manbalarni jalb etish imkoniyati va o‘z resurslari mavjud emas.
Vaqt omili esa ikki yo‘nalishda amal qiladi. Kiritilayotgan yangilik qanchalik katta bo‘lsa, uni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun shuncha ko‘p vaqt talab qilinadi.
Shuningdek, innovatsiyalar yo‘lidagi monopoolistik cheklovlarni ham hisobga olish kerak. Hozirda texnik tizimlar bozorini o‘zlashtirishga ko‘p mablag‘ sarflagan TMK va monopoliyalar o‘z kompaniyalari yoki raqobatchi kompaniyalarda yanada samarali mahsulot va texnologiyalarni joriy qilishga u yoki bu usullar bilan qarshilik ko‘rsatishi mumkin.
Bazis innovatsiyalarga cheklov bo‘lib tarmoqlararo xarakter xizmat qiladi. Bunda yangi murakkab texnik tizimning paydo bo‘lishi uchun turli mulk egalari va tarmoqlarga tegishli o‘nlab turli korxonalar o‘zaro aloqalarini muvofiqlashtirish talab qilinadi. Buni esa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashsiz amalga oshirish juda qiyin.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyotida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning innovatsion salohiyati birlamchi, kuchli, lekin cheklangan salohiyat hisoblanadi. Innovatsion o‘sish strategiyasini amalga oshirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat bilan hamkorlik qilishi talab qilinadi.
Bugungi kunda marketing tushunchasi biznesning falsafasiga aylanib ulgurdi va u bugungi zamon kompaniyalariga iste’molchilar ehtiyojlarini oldindan ko‘ra bilish va iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Marketing texnologiyalaridan foydalanish bu faqat kompaniyada ishni tashkil etish va uni boshqarish emas, balki boshqaruv jarayonlariga ijodiy yondoshuv hamdir.
Bozorda tobora kuchayib borayotgan raqobat sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarining muvaffaqiyatini ularning marketing faoliyati va marketing dasturlari samaradorligi belgilab beradi. Marketingning bugungi kundagi juda zarur bo‘lgan vositalarini bilish va ularni amaliyotga joriy qilish kompaniyalarga raqobatda ustunligini taqdim etib, ularning bozorda muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi. Marketing ishining o‘zigi xos xususiyatlarini bozor mexanizmi elementlari, uning tamoyillari va funksiyalari bilan bog‘liq ravishda chuqur o‘rganmay turib iqtisodiyotni rivojlantirish qiyin kechadi.
Marketing korxonani boshqarishning muhim funksiyasidir, zero undan ko‘zlangan maqsad iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va ushbu ehtiyojlarni qondirish maqsadida firma resurslarini safarbar etishdan iborat. Iqtisodiyotda raqobatni keskinlashtirish yo‘lida marketing konsepsiyasini ishlab chiqish yanada muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Tijorat sohasida marketing ishini samarali qo‘llanilishi tufayli ushbu atama korxonani raqobat sharoitida boshqarish konsepsiyasi sifatida shakllandi.
Bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi subyektlarining daromadi uning bozorni o‘rganish hamda savdolarni samarali taqsimlash, jadallashtirish va rag‘batlantirish yo‘li orqali iste’molchilar bilan aloqalarni samarali yo‘lga qo‘yishiga bog‘liq bo‘lib bormoqda. Bundan tashqari, marketing samaradorligiga hissa qo‘shuvchi qo‘shimcha omillar sifatida korporativ madaniyat darajasi va har bir tadbirkorning o‘z ish-faoliyati natijalari uchun jamiyat olidagi ijtimoiy javobgarligini his etadi.
Har bir korxona o‘ziga xos shart-sharoitlarda faoliyat olib boradi va o‘zining muayyan masalalarini hal etadi va shundan kelib chiqib, marketing tizimi ham uning qayerda, qaysi tarmoqda qo‘llanilishiga qarab turlicha ko‘rinishda bo‘ladi. Marketologlar bozor muhitida resurs imkoniyatlari va iste’molchilar talabini muvofiqlashtirish jarayonida iqtisodiyot tarmoqlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishlari kerakligining sabablaridan biri hisoblanadi.
Bozor muhitidagi barcha omillarni chuqur tahlil qilish va hisobga olish har bir korxona uchun tijoratdagi muvaffaqiyat garovidir. Har qanday iqtisodiyot uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan biznesni rivojlantirish uchun tadbirkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘yish lozim. Bozor raqobati sharoitida biznesni yuritishda marketing uning eng asosiy funksiyalaridan biri bo‘lishi mumkin.
Turli tarmoqlarda marketing faoliyatini tashkil etish ─ bu boshqarish, tartibga solish va tadqiq qilish faoliyatlarini o‘z ichiga olgan murakkab faoliyat tizimi bo‘lib, unda har bir sohaning o‘ziga xosliklari hisobga olinadi. Ushbu faoliyat iste’molchi talabidan kelib chiqqan holda uning ehtiyojini qondirishga qaratilgandir. Demak, marketingning bosh maqsadi moddiy va ma’naviy talabni hisobga olgan holda jamiyat ehtiyojini qondirishdan iborat. Marketing faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qayta ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida, ya’ni moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishdan tortib, ularni taqsimlash va yakuniy iste’mol bosqichigacha bo‘lgan bosqichlarda muhim tarkibiy qismlar bo‘lib hisoblanadi.
|
| |