II.BOB.Ishlab chiqarish korxonalarda innovatsion marketingni tashkil etish samaradorligi




Download 3,66 Mb.
bet5/7
Sana14.05.2024
Hajmi3,66 Mb.
#231158
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2933(2)

II.BOB.Ishlab chiqarish korxonalarda innovatsion marketingni tashkil etish samaradorligi.


2.1.To`qimachilik korxonalarda innovatsion marketing faoliyatini tashkil etish.


Bozor raqobati sharoitlarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha korxonalarda innovatsion marketing faoliyatini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion marketing faoliyati yangi mahsulot to‘g‘risidagi g‘oyani va xaridorning ushbu mahsulotga bo‘lgan talabini aniqlashdan boshlanadi. So‘ngra esa bozor kompleks tadqiq qilinadi. Innovatsion marketing faoliyatini bozorni segmentlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir, bu esa bozorni xaridorlar va sotuvchilar guruhiga (turli belgilar bo‘yicha) bo‘lib olishni anglatadi. Innovatsion marketing faoliyatining maqsadi talab, uning hajmi va bozor imkoniyatlarini aniqlash, yangi texnologiya va mahsulot turini kelgusida yaxshilash va kengaytirish istiqbollarini belgilash, shuningdek innovatsiyaning pozitsiya egallashini aniqlash hisoblanadi.
Innovatsion marketing jarayonini quyidagi rasm ko‘rinishida ifodalash mumkin (II-2.1 1-rasm).

II-2.1 1-rasm


Innovatsion marketing – bu maqsadli marketingdir. U bozorning muayyan segmentini tanlashga va mazkur segmentga mos innovatsiya va marketing majmuini ishlab chiqishga asoslanadi. Maqsadli marketingning xarakterli tomoni uning butun bozorga yo‘naltirilganligi, uning alohida bo‘g‘inlariga emas, balki alohida qismlariga (segmentlar) yo‘naltirilganligidir, u bozorni segmentlash asosida oldindan tanlanadi. Bu esa innovatsiya produtsenti, investitsiya doirasi, sotuvchisi va xaridori uchun eng yuqori foydani ta’minlovchi bozorning aniq segmentini aniqlashga e’tiborni qaratish va jamlashga imkon beradi.
Bozorni segmentlash bozorni alohida bo‘g‘inlarga bo‘lishni ifodalaydi. Har bir bunday bo‘g‘in (segment) uchun o‘ziga xoslik, amal qilishining o‘ziga xos xususiyati, mahsulotga bitim tuzish bo‘yicha o‘z qoidalari va boshqalar xos bo‘lib, mazkur segmentlarda turli talab, o‘z iste’mol stereotipi va hulq-atvoriga ega bo‘lgan iste’molchilar guruhi ajralib chiqadi. Raqobat sharoitida bitta xo‘jalik yurituvchi subyekt bozorning muayyan mahsulotga bo‘lgan barcha talabini qondira olmaydi, shu bois u o‘zining barcha imkoniyatlari, resurslari va kuchini bozorning biror bir muayyan segmentiga qaratadi. Mazkur jarayon maqsadli bozorni tanlash deb ataladi. Shundan so‘ng xo‘jalik yurituvchi subyekt bozorga chiqish usuli, marketing vositalari, bozorga chiqish va mablag‘ ajratish vaqtini tanlaydi.
Innovatsion marketingni oldiga qo‘yilgan maqsadlarning eng birinchi bosqichi bo‘lib bozorni tahlil etish, ya’ni, iste’mol va raqobat darajasi, xaridorlarning harakati va ularning talab dinamikasi, raqobatbardosh tovarlarning mavjudligi va yangi tovarni bozorga kirish imkoniyatlari shular jumlasidandir. Marketing strategiyasi, bozor tahlili va operativ marketing quyidagi olti muhim bosqichdan iborat: umumiqtisodiy bozor tahlili; iqtisodiy raqobat tahlili; maxsus bozor tahlili; yangiliklarni kirib kelish strategiyasini ishlab chiqish; marketingda operativ tadbirlar; marketing natijasidagi foyda va zararni baholash.
Marketing konsepsiyasiga ko‘ra innovatsion marketing-zamonaviy tushunchada falsafa, biznes, boshqaruv funksiyalari va uning metodologik asoslarini o‘z ichiga olgan yagona strategiya deb qaraladi.
Innovatsion marketing bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar uchun yangilik bo‘lib hisoblanadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlardagi firmalarda marketing konsepsiyasi ko‘p yillardan beri qo‘llanilmoqda. Ammo, shuni aytish kerakki, aynan innovatsion marketingga bo‘lgan izlanishlar oxirgi o‘n yillikda e’tibor qaratila boshlandi.
Innovatsion marketing tushunchasi marketing innovatsiyasiga qaraganda kengroq tushuncha bo‘lib, u korxona missiyasini, fikrlash falsafasini, ilmiy izlanish sohalarini, boshqarish usullarini o‘z ichiga oladi.
“Innovatsion marketing” - bu korxonaning bozor sharoitlarini tadqiq etish asosida uning innovatsion va ishlab chiqarish, sotish faoliyatini optimallashtirishga qaratilgan ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, innovatsion marketing - bu korxonada an’anaviy marketingning usul va shakllarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan marketing konsepsiyasidir.
Innovatsion marketingning asosiy maqsadi innovatsiyalarni bozorga kiritish strategiyasini ishlab chiqish va yangi mahsulotni bozorda mustahkam o‘rin egallashini ta’minlashdan iborat. Shuning uchun an’anaviy marketingdan farqli ravishda innovatsion marketing asosida innovatsiyalar bozorini tadqiq etish, bozorni test qilish, bozor konyunkturasini tahlil qilish, talabni shakllantirish, iste’molchilar xulq-atvorini modellashtirish orqali bozor segmentlarini ishlab chiqish yotadi.
Innovatsion marketing texnologiyalari bozorning muayyan segmentlarini prognoz qilish, innovatsiyalarning iste’mol xususiyatlarini, narx va sotish kanallarini rejalashtirish orqali bozor noaniqliklarini va innovatsiyalarning iste’molda nomaqbul ko‘rish risklarini kamaytirishga yo‘naltirilgan usul va tashkiliy tadbirlar majmuasi hisoblanadi.
Innovatsion marketingning eng muhim ko‘rinishlari 2 ta bo‘lib, ularga strategik va operativ innovatsion marketingni tashkil etuvchilarni kiritish mumkin.
Strategik innovatsion marketing izlanishlarining asosida bozor konyunkturasini tahlili va keyinchalik bozor segmentlarini ishlab chiqish, talabni shakllantirish va iste’molchilar xatti harakatini modellashtirish kabilar yotadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlari avvaldan o‘z harakatlarini bozorni egallashga, segmentatsiyalarni kengaytirish va chuqurlashtirishga, o‘z iste’molchilarini shakllantirishga qaratgan bo‘lishlari lozim. Zamonaviy marketing faqatgina bozor tahlili va tashqi omillar bilan chegaralanib qolmasdan, balki potensial imkoniyatlarni shakllantirishga ham o‘z hissasini qo‘shadi.
Strategik marketing korxonaning marketing xizmatchilari bilan ijtimoiy bo‘lim xizmatchilari o‘rtasida uzviy aloqaga asoslanadi (anketa, telefon orqali so‘rov va x.z.).
Korxonalar o‘z marketing bo‘limiga ega bo‘lish imkoni yo‘qligi sababli, mutaxassislar maslahatlaridan foydalanish, ko‘rgazmalarga tashrif buyurish, kataloglarni o‘rganish, iste’molchilar bilan bevosita aloqada bo‘lish tavsiya etiladi. Innovatsiya faoliyatida riskni kamaytirishning samarali usullaridan bo‘lib marketing kompleksi (“marketing-miks”) bo‘lishi mumkin. Bu marketing iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaga asoslanadi. Tadbirkor iste’molchidagi barcha xatti harakatini, ya’ni extiyojini, o‘rganilmagan potensial talablarini ko‘ra olishi kerak. Faqatgina mahsulotni turli assortimentlarda ishlab chiqarish bilan chegaralanmasdan, balki bir vaqtni o‘zida barcha kuchlarini bir nuqtada, ya’ni modifikatsiyalarni tezda tarqalishi ta’minlash maqsadida o‘z mahsulotlarini oldindan mahalliy resurslar asosida shakllantirish zarurdir. Aynan shu usuldagi marketing bozorda liderlikni ta’minlab beradi.
Innovatsion marketing strategiyasining asosiy bosqichlaridan yana biri yangi tovarga bo‘lgan talabni o‘rganish va prognozlash bo‘lib, unga iste’molchini yangi tovarga bo‘lgan ta’sirini tubdan tahlil etish orqali erishiladi.
Innovatsion marketing qoidalariga ko‘ra, yangi tovarni iste’molchilar tomonidan qabul qilinishi quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Ilk bor xabar topish. Iste’molchi innovatsiya xaqida xabar topadi, ammo yetarli ma’lumotga ega bo‘lmaydi.

  2. Tovarni tanish. Iste’molchi bir qancha ma’lumotga ega bo‘ladi, yangilikka qiziqish bildiradi, qo‘shimcha yangi ma’lumotlarni qidiradi.

  3. Yangi tovarni aniq bilish. Iste’molchi yangilikni o‘z ehtiyojlariga mosligini tekshirish.

  4. Yangilikning imkoniyatlarini baholash. Iste’molchi yangi tovarni tekshirib ko‘rish qaroriga kelishi.

  5. Yangilikni tekshirib ko‘rish orqali innovatsiya haqida ma’lumot olish va xarid qilish imkoniyatlarini belgilash.

  6. Testlar natijasiga ko‘ra yangilikni xarid qilish yoka uni yaratishga investitsiya kiritish qarorini qabul qilish.

Yangi tovarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishning o‘zi kifoya emas. Bu tovarni bozor va salohiyatli xaridorlar e’tirof etishi zarur.
To`qimachilik korxonalari faoliyatida yangi tovarni bozorga kitirishning imkoniyatlari va oqibatlarini baholovchi ko‘rsatkichlar


Download 3,66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 3,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.BOB.Ishlab chiqarish korxonalarda innovatsion marketingni tashkil etish samaradorligi

Download 3,66 Mb.