|
Korporativ boshqaruv
|
bet | 2/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 3,66 Mb. | | #231158 |
Bog'liq 2933(2)Mundarija:
Kirish.......................................................................................................................4
I.BOB.Innovatsion marketing mazmuni,mohiyati va nazariy asoslari.............6
1.1.Innovatsion marketing turlari va o`ziga xos xususiyatlari…………..………6
1.2.Innovatsion marketing texnologiyasi va joriy etish yo`llari…………………12
II.BOB. Ishlab chiqarish korxonalarda innovatsion marketingni tashkil etish samaradorligi.……………………………………………………………..……15
2.1. To`qimachilik korxonalarda innovatsion marketing faoliyatini tashkil etish.............15
2.2.Innovatsion marketingni xalqaro qo`llanilishi.............................................31
Xulosa va takliflar……………………………………………………40
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati……………………………………41
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Mamlakatimizda jahon miqyosida iqtisodiy vaziyat tobora keskinlashib borayotganligiga qaramasdan, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, zamonaviy axborot – kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etishga, aholining turmush darajasini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Keyingi yillarda marketingning roli oshib borishi bilan bir vaqtda, marketing kommunikatsiyalarining roli ham tobora oshib bormoqda. Bugungi kunda yaxshi mahsulot va xizmatlarga ega bo‘lishning o‘zigina kifoya emas. Balki, bu tovarlarning foydaliligi haqida iste’molchilar ongida ham tasavvur hosil qilish talab etiladi. Kommunikatsiya korxonaning bozorda faoliyat yuritib, iqtisodiy va marketing vazifalarini yechishi uchun psixologiya, sotsiologiya, marketing elementlaridan foydalanib bilimlar sistemasiga aylandi, desak xato qilmaymiz. Marketing kommunikatsiyasi – bu korxonaning rivojlanishi borasidagi vazifalarni hal qilish uchun maqsadli mijozlarning javob reaksiyasini qo‘zg‘atuvchi va boshqaruvchi uskunalari va harakatlari majmuidir.
Tabiiyki, iste’molchilar, hamkorlar bilan, raqobatchilar va yuqori tashkilotlar bilan marketing kommunikatsiyalari qanchalik darajada sifatli va samarali tashkil etilgan bo‘lsa, shunchalik darajada korxonaning bozorda samarali faoliyat yuritishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, bugungi kunda, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda tez – tez o‘zgarishlar kechayotgan vaqtlarda, korxonalar uchun marketing kommunikatsiyalari juda muhim hisoblanadi. Shu sababli bozorda to‘laqonli faoliyat olib bormoqchi bo‘lgan korxonalar va firmalar o‘z faoliyatlarida marketing kommunikatsiyalariga alohida e’tibor beradilar.
Kurs ishining maqsadi reklama faoliyatini takomillashtirish bshyicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining maqsadidan kelib chiqib unda quyidagi vazifalar belgilangan:
-reklamaning maqsadi va vazifalarini o‘rganish;
-reklama tadqiqotlari va uning ahamiyatini ochib berish;
- Adidas kompaniyasining reklama samaradorligi tahlil etish;
- reklamaning turlari, reklama vositalari va reklama samaradorligini oshirish yo‘llarini ishlab chiqish.
Kurs ishining obyekti ADIDAS kompaniyasining reklama faoliyatini tahlil etish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi tarkibi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Kurs ishining hajmi 41 betni tashkil etadi.
|
| |