• Kalit so‘zlar
  • Korxonalar faoliyatini strategik boshqarish samaradorligini oshirishning chora tadbirlari




    Download 29.38 Kb.
    Sana04.11.2023
    Hajmi29.38 Kb.
    #94158
    Bog'liq
    rashid aka - strategik boshqaruv
    Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5

    KORXONALAR FAOLIYATINI STRATEGIK BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING CHORA TADBIRLARI
    Xudoyarov Rashid O’zMU JF o’qituvchi
    Annotasiya: Ushbu maqolada korxonalarning strategik boshqaruvi samaradorligini oshirish yo’llari, kadrlar siyosatini yuritishdagi muammolar, strategic boshqaruvga ta'sir qiluvchi omillar, korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari
    hamda boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish
    masalalari yoritib berilgan.
    Kalit so‘zlar: strategik boshqaruv, korxona faoliyati, raqobatbardoshlik, trend,
    boshqaruv samaradorligi, ichki va tashqi omillar, innovasiya, integral ko‘rsatkich,
    strategiya, baholash, korxona barqarorligi.
    Abstract: In this article, ways to improve the efficiency of strategic management of enterprises, problems in conducting personnel policy, factors affecting strategic management, ways to increase competitiveness of enterprises
    and improvement of organizational and economic mechanisms of management
    issues are explained.
    Key words: strategic management, enterprise activity, competitiveness, trend,
    management efficiency, internal and external factors, innovation, integral indicator,
    strategy, assessment, enterprise sustainability.
    Hozirgi vaqtda korxonalar amaliyotida strategik boshqarishning ahamiyati
    ortib bormoqda. Bu ularning vakolatini kengayishi hamda o‘zlarining iqtisodiy
    ahvoli uchun javobgarliklari darajasining oshganligi bilan bog‘liqdir. Zamonaviy
    boshqarishning sifati korxonalar samaradorligini belgilab beradi. Shu bois
    korxonalarga eng zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biri sanaladi.
    Hozirgi vaqtda korxonalarning ko‘pchiligi o‘z taraqqiyotining konsepsiyasini,
    strategiyasini hamda dasturini ishlab chiqishi zarur.
    Har qanday korxonaning uzoq muddatli yutuqlari ishlab chiqilgan strategiyaga
    bog‘liq bo‘ladi. Agar korxonaning rivojlanish strategiyasi bo‘lmasa u yoki bu
    xatoliklar bilan ishlab chiqilgan bo‘lsa, bu hol korxonaga bozorda barqaror va
    mustahkam o‘rin egallash uchun imkon bermaydi. Zamonaviy ilm-fan va amaliyot
    strategik rejalashtirish hamda boshqarishning katta tajribasiga ega, ammo ko‘pgina
    strategiyalar haligacha tashqi va ichki muhitning o‘zgaruvchan shart-sharoitlariga
    moslasha olmayapti. Bu hali hanuzgacha strategik boshqarishning barcha muammolari ham o‘z yechimini topmaganligini ko‘rsatadiki, bunday hol, birinchi navbatda, korxona rivojlanishi strategik barqarorligining mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq.
    Strategik boshqaruv tizimida korxonaning kelajak faoliyatining retrospektiv
    ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ekstropflyasiya usulini qo‘llash asosida belgilanishi
    nazarda tutiladi. Ekstrapolyasiya - bu o‘tgan zamonda o‘rnatilgan tendensiyalarni
    kelgusi davr uchun ham joriy etilishidir. Boshqacha aytganda, prognoz ishlab
    chiqishda, kelgusida korxona faoliyatining shart-sharoitlari yomonlashmaydi, demak, o‘tgan davrlarga nisbatan korxona faoliyatining yakuni yaxshi bo‘lishligidan kelib chiqiladi. Korxona taraqqiyotini oshiruvchi tendensiya (trend)ning namoyon bo‘lishi shundan iboratdir.
    Korxonaning kelajakdagi barqarorligini baholash uchun rivojlanish
    tendensiyasini (trendini) ifodalovchi kompleks integral ko‘rsatkich ishlatiladi;
    chuqurroq tahlil qilish va zaxiralarni aniqlash uchun ko‘rsatkichlarning
    kengaytirilgan tizimidan foydalaniladi. Shunday qilib, korxonaning
    kelajakdagi barqarorligini baholash - korxona faoliyatining turli tomonlarini
    baholashni nazarda tutadi, buning ustiga, bunday baholash dinamiklikda va makonda amalga oshiriladi.
    2021-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
    Harakatlar strategiyasida ham«tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, korxonalar
    raqobatbardoshligini oshirish hamda eksport salohiyatini yuksaltirish»kabi
    ustuvor vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalarning samarali ijrosi ishlab
    chiqarish korxonalari innovasion faoliyatini zamonaviy boshqaruv
    mexanizmlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirishni taqazo etadi.
    Tashiliy tuzilmani strategiyaning aniq talablariga moslashuvi zaruriyatini o‘tkazilgan tadqiqotlar tasdiqladi. Alfred Chendlerning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, tashkilotning strategiyasidagi o‘zgarishlar yangi muammolarni samarali hal etadigan tuzilmaning yangi o‘zgarishlarini taqozo etadi. Yetmishdan ortiq kompaniyalarni tahlil etgan A.Chendler shuni e'tirof etadiki, tuzilma strategiya orqasidan nafaqat samarasizlik va operatsiya muammolari tuzilma moslashuvini talab etadigan davrgacha ergashadi, balki u kompaniyalarda davom etadigan muayyan jarayonlar ya'ni: yangi strategiyani yaratish, yangi ma'muriy muammolarni paydo bo‘lishi, samaradorlikni va foydani kamayishi, mos keladigan tuzilmaga o‘tish va so‘ngra foydani hamda samaradorlikni oshirishga harakat qilishda ham o‘z aksini topadi. Strategiyani o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan har qanday vaziyatda menejerlar tuzilmani qayta tahlil etishlari lozim. Yangi strategiya boshqa ko‘nikmalarni va tayanch ishlarni talab qilishi mumkin: agar tuzilma va strategiya muvofiqligini e'tiborga olmasak, bu strategiyani tadbiq etishda va uni natijalarida muammolarni keltirib chiqaradi.
    Tuzilmani strategiyaga mosligiga asosiy e'tibor qaratilishi ta'kidlansa ham, strategiyani shakllanishiga tuzilmani ta'sirini ham e'tirof etish lozim. Yaxshi strategiya tashkilot imkoniyati chegarasida bo‘ladi. Tashkilot strategiyasi uning tuzilmasiga haddan tashqari mos kelmasa, tashkilotda jiddiy qayta tashkil etish va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi yoki strategiyadan voz kechiladi. Bunday vaziyatlarda strategiyani tuzilma belgilaydi. Agar tashkiliy vaziyatga mos keladigan yakuniy strategiya tanlangan bo‘lsa, unda tuzilmani strategiyaga moslashtirish talab etiladi.
    Birlik biznes bilan shug‘ullanadigan korxonalar rivojlanib, murakkablashib vertikal integratsiyalashgan korxonalarga aylanib borgan sari, ularning tashkiliy tuzilmasi o‘zgaradi. Tashkiliy tuzilma funksional bo‘limlar, bo‘linmalar va markazlashmagan xo‘jalik birliklari hisobiga kengayadi. Bitta korxonaga ega kompaniyalar odatda funksional bo‘limlar atrofida tashkil etiladi. Vertikal integratsiyalashgan korxonalarda tovar qiymatini yaratish (xom-ashyo ta'minoti buyumlarini va detallarini ishlab chiqarish va ularni yig‘ish, ulgurji savdo, chakana savdo operatsiyalari) ketma – ketligida bir yoki bir necha asosiy ishlarni bajaradigan bo‘linmalar asosiy tashkiliy element bo‘lib xizmat qiladi. Tovar qiymatini yaratish ketma-ketligida har bir bo‘linma faoliyat natijalarini qayd etish uchun foyda markazi sifatida shakllanishi mumkin. Keng geografik qamrovga ega kompaniyalar hududiy xo‘jalik birliklarini har qaysisining faoliyat natijalarini, iqtisodiy ko‘rsatkichlarini alohida tasniflaydilar. Diversifikasiyalashgan kompaniyaning tipik tashkiliy elementlari sifatida ularning alohida korxonalari qaraladi. Har bir xo‘jalik birligi mustaqil foyda markazi sifatida harakat qiladi. Ularning bosh tashkiloti esa turli qo‘llabquvvatlovchi va muvofiqlashtiruvchi funksiyalarni bajaradi. Diversifikasiya funksional menejerlar ishini juda murakkablashtirganligi sababli biznesni yoki tovarni mustaqil bo‘linmalarga ajratish zarurati yuzaga keldi. Ko‘z oldingizga 20ta texnologiyadan foydalanib, 5ta tarmoqda 30 xil tovar ishlab chiqaruvchi 50ta turli xil korxonalar bilan bog‘liq ishlab chiqarish va xodimlarni boshqaruvchining muammolarini keltirib ko‘ring. Diversifikasiyalangan kompaniyalarda struktura yaratilishining asosi biznes birligi hisoblanadi: har bir xo‘jalik bo‘linmasi alohida foyda markazi sifatida harakat qiladi. Strategik biznes-guruhlar (boshqaruvning strategik biznes-guruhlar bo‘yicha tashkil etish tuzilmasi). Diversifikasiyalangan kompaniyalarda markazlashmagan biznes birliklari soni shunchalik katta bo‘lishi mumkinki, bitta ijrochi direktor uchun nazorat sohasi kattalik qiladi. Bu holda turdosh korxonalarni biznes-guruhlarga birlashtirish va ularni boshqarish funksiyasini bitta shaxsga topshirish foyda keltirishi mumkin. Bunday yondashuv ishlab chiqarishni boshqaruvchilar va ijrochi direktor orasida oraliq boshqaruv bo‘g‘inining paydo bo‘lishiga olib kelsada, shunga qaramay, oliy rahbariyat miqyosida kompaniyaning turli xil manfaatlarini muvofiqlashtirish strategik rejalashtirishni yaxshilashi mumkin. Buni ko‘p profilli kompaniyalar o‘rtasida vitse-prezidentlar guruhi kontseptsiyasining ommaviyligi va strategik biznes-guruhlarning (SBG) yaratilishi asoslab berishi mumkin. SBG- bu biznes sub'ektlarining barcha guruh a'zolari uchun ba'zi bir muhim strategik elementlarning bir xilligiga asoslangan birlashuvidir. Strategik biznes-guruhlar (SBG)-bu o‘zaro bog‘liq (turdosh) faoliyat sohalarini bitta rahbar qo‘l ostida birlashtirishdir. SBG-tuzilmalar keng diversifikasiyalangan kompaniyalarni boshqarish va alohida faoliyat sohalari o‘rtasidagi strategik muvofiqlashtirishni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
    Tashkiliy tuzilmalarning matrisali shakli ikki (yoki undan ortiq) hukumat idoralari, byudjetni boshqarishning ikkita kanali, mukofotlash va faoliyatni ta'minlashning ikkita manbasini nazarda tutadi. Matrisali tuzilmaning o‘ziga xos jihati biznesni (tovarni, loyihani, venchur korxonasini) va funksiya yoki jarayonlarni boshqarishning o‘zaro kesishuvi (va bunda matritsani yaratishi), matritsaning har bir elementida qaror qabul qilish uchun javobgarlik biznes (tovar, loyiha, venchur korxonasi) menejerlari va funksional bo‘limlar menejerlari o‘rtasida taqsimlanishida namoyon bo‘ladi. Matrisali tuzilmalar boshqaruv uchun juda murakkab bo‘lsada, korxonaga bir vaqtning o‘zida bir-birini qo‘llab-quvvatlovchi ikkita strategiyadan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
    Korxonaning tizimli rivojlanishi markazlashtirishdan nomarkazlashtirishgacha bo‘lgan bosqichlarni birin-ketinlik bilan bosib o‘tish orqali amalga oshiriladi. Bu shuni anglatadiki, korxonaning har bir elementi rejalashtirilganlik, tashkillashtiril- ganlik xususiyatiga ega bo‘lib boradi.
    Mohiyatiga ko‘ra, korxona tomonidan boshqarishning nomarkazlashtirilgan sxemasiga o‘tish ob'ektga,uni boshqa holatga o‘tkazish uchun maqsadga yo‘naltirilgan tashqi ta'sir sifatidagi boshqaruv paradigmasining o‘zini ham o‘zgartiradi. Noma'lum bo‘lgan tashqi muhit sharoitida korxona elementlarini mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish darajasigacha rivojlantirish – korxonaning raqobatbardoshligini ta'minlashning zaruratidir. Boshqa tomondan, korxona tashqi muhitdagi yaxlitlik sifatida, maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanish sifatida muayyan belgilarga ega bo‘lishi kerak. Ularning asosiysi – boshqariluvchanlikdir. Shu munosabat bilan bunga o‘xshash nomarkazlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan korxonani boshqarish, an'anaviy shakldan farq qiluvchi boshqa shaklga ega bo‘lib boradi.
    Korxonani rivojlantirishning tizimli boshqarilishi, shakllantirilayotgan
    xususiyatlarning quyidagicha ketma-ketligida amalga oshirilishi mumkin:
    egiluvchanlik–moslashuvchanlik– raqobatbardoshlik. Korxonalarni faoliyatiga innovasion texnologiyalarni tatbiq qilish, strategik boshqaruv usullaridan foydalanish samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi.
    Tahlil natijalariga ko‘ra, korxonalar innovasion faoliyatining strategik
    boshqaruvini joriy qilish uchun eng avvalo boshqaruvdagi kadrlar bilim ko‘nikma
    malakalarini oshirish, markazlashuv darajasini kamaytirish va bosqichlar
    orasidagi ma'lumot almashish tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy
    qilish, boshqaruvdagi xodimlarni innovasiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish,
    rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish, har bir boshqaruvchini o‘ziga yuklatilgan
    vazifalarni aniq va to‘liq tushunishi hamda ularni o‘z vaqtida bajarishini
    ta'minlash, norasmiy muloqotlar darajasini kamaytirish xizmat qiladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

    1. Uchkun S., Dilshod N. PROCESS OF IDENTIFYING THE SIGNIFICANT ACCOUNTS IN THE REVENUE CYCLE //Journal of marketing, business and management. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 32-36.

    2. Dilshod N. XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA KORXONALARDA TUSHUMLAR AUDITINI TASHKIL QILISH BOSQICHLARI VA DASTAKLARINI TAKOMILLASHTIRISH //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. – 2022. – С. 105-110.

    3. Najmiddinov D. R., Shodlikov D. E. THE EFFECT OF THE SECRET ECONOMY IN A DAILY LIFE OF THE SOCIETY //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. – 2022. – Т. 1. – №. 1А. – С. 56-59.

    4. O’G’Li N. D. R., Qizi T. D. Z. MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI VA UNGA OID YANGI YONDASHUVLAR //Journal of marketing, business and management. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 1-4.

    5. Gaybulayev Sarvar Uktam ugli, Saitov Sirojiddin, & Davlatboyeva Sojida Oybek qizi. (2022). SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IS A PLACE TO PROVIDE EMPLOYMENT. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences1(12), 115–119. Retrieved from http://www.ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/358

    6. Akramovich N. A., Sarvar G., Yassim H. THE PLACE OF THE DIGITAL ECONOMY TODAY //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 12. – С. 95-99.

    7. G’aybullayev, S. (2022). O‘ZBEKISTONDA ISTE’MOL SAVATCHASI HOZIRGI HOLATINI VA UNI SHAKILLANTIRISH YO‘NALISHLARI

    8. G’aybullayev Sarvar O’ktam o’g’li, Xaydarov Bahrom, & Jarasheva Go’zal Bahodir qizi. (2022). THE ROLE OF THE PRIVATE SECTOR IN THE DEVELOPMENT OF TOURISM. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences1(12), 287–293. Retrieved from http://www.ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/388

    9. Anorboyeva Durdona Shodiboy qizi, & Sarvar G’aybullayev. (2022). RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 86–89. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/401

    10. Gaybullayev Sarvar, Saitov Sirojiddin, & Pulatova Mashhura Xushnudbek qizi. (2022). FACTORS AFFECTING LABOR RELATIONS AND ITS WAGE. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences1(12), 125–129. Retrieved from http://www.ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/360

    11. Sarvar G’aybullayev. (2022). THE PLACE OF THE DIGITAL ECONOMY TODAY. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences1(11), 116–126. Retrieved from http://www.ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/313

    12. G’Aybullayev Sarvar O. et al. O ‘ZBEKISTONDA ISTE’MOL SAVATCHASI HOZIRGI HOLATINI VA UNI SHAKILLANTIRISH YO ‘NALISHLARI //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 119-125.

    13. Sarvar O'ktam o'g G. et al. SYSTEMATIC-SITUATION APPROACH IN MANAGEMENT //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 999-1008.

    14. Bahrom X. et al. O’ZBEKISTON VA AQSHNING IQTISODIY MUNOSABATLARI //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – С. 63-69.

    15. R. Xudoyarov. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni boshqarishni takomillashtirish. Galaxy International InterdisciplinaryResearch Journal, 10(2), 610–612.Retrieved fromhttps://internationaljournals.co.in/index.php/giirj/article/view/1335

    16. M. Boltaeva, R. Xudoyarov. The Actions of International Economic Organizations to solve Global Issues. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, https://zienjournals.com ISSN NO: 2770-0003 Date of Pulication: 28-11-2022

    17. R. Xudoyarov. COMPILATION OF FINANCIAL REPORTS BASED ON INTERNATIONAL STANDARDS. Journal of Academic Research and Trends in EducationalSciences. Journal home page: http://ijournal.uz/index.php/jartes

    18. R. Xudoyarov, B. Xaydarov. RAQAMLI IQTISODIYOT BIZNESNI REJALASHTIRISH. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Xalqaro ilmiy-texnik konferensiya HTTP://JORNAL.JBNUU.UZ/

    19. R. Xudoyarov, М. Цой. МАЛЫЙ И СРЕДНИЙ БИЗНЕС В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ МИРОВОЙ ЭКОНОМИКИ. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Xalqaro ilmiy-texnik konferensiya HTTP://JORNAL.JBNUU.UZ/

    20. R. Xudoyarov, М. Цой, А. Рашидов. ПРОДВИЖЕНИЕ ЦИФИРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ В УЗБЕКИСТАНЕ. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Xalqaro ilmiy-texnik konferensiya HTTP://JORNAL.JBNUU.UZ/

    21. R. Xudoyarov, N. Tuychieva. PROBLEMS OF INNOVATION MANAGEMENT IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM.

    WEB OF SCIENTIST: INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH JOURNAL ISSN:2776-0979, Volume 3, Issue 11, Nov., 2022
    Download 29.38 Kb.




    Download 29.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxonalar faoliyatini strategik boshqarish samaradorligini oshirishning chora tadbirlari

    Download 29.38 Kb.