|
I BOB. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI TAHLIL QILISH
|
bet | 3/10 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 352,06 Kb. | | #125954 |
Bog'liq Mustaqil ish AII BOB. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI TAHLIL QILISH
1.1 Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarining ahamiyati
Ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Misol uchun, tikuvchilik korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini nisbatan qisqa muddatda, masalan bir necha kunda o‘zgartirish mumkin. Buning uchun bir necha ish stoli va tikuvchilik mashinalari sotib olish va o‘rnatish kifoya qiladi. Mashinasozlik yoki neftni qayta ishlash zavodidagi qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish esa bir necha yilni taqozo etishi mumkin. Uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar, shu jumladan, doimiy xarajatlar ham o‘zgaruvchi hisoblanadi. Qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy (qayd qilingan) quvvatlariga o‘zgaruvchi resurslar miqdorini qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirishi mumkin. Biroq, ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy resurslarga) qo‘shilgan o‘zgaruvchi resurslar ma’lum vaqtdan so‘ng kamayib boruvchi natija (mahsulot) beradi. Bu holat marjinalistlar tomonidan ishlab chiqilgan unumdorlikning pasayib borishi qonuni orqali izohlab beriladi. Unga ko‘ra, ma’lum davrdan boshlab korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) o‘zgaruvchi resurslar birligi (masalan, jonli mehnat)ni ketma-ket qo‘shib borish, har bir keyingi o‘zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchin qo‘shilgan mahsulot beradi. Boshqacha aytganda, agar asosiy kapitalga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar soni ko‘payib borsa, ishlab chiqarishga ko‘proq ishchini jalb qilib borish bilan ishlab chiqarish hajmining o‘sishi tobora sekinlik bilan ro‘y beradi. Bu qonunni tasvirlash uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, fermer foydalanadigan yerning doimiy miqdoriga (masalan 20 ga) ega bo‘lib, unda don yetishtiradi. Agar fermer ekinga qayta ishlov bermasa, har bir gektar yerdan 40 sentnerdan hosil oladi deb hisoblaymiz. Agar ekinga qo‘shimcha bir marta ishlov berilsa, hosildorlik 50 ts/ga ga qadar ko‘tarilishi mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosildorlikni 57 ts/ga, uchinchisi - 61 ts/ga, to‘rtinchisi, aytaylik 63 ts/ga ga qadar ko‘tarishi mumkin. Ekinga keyingi ishlov berishlar juda kam yoki nolga teng bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi. Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, unumdorlikning pasayib borish qonuni, o‘zgaruvchi resurslarning barcha birligi (masalan barcha ishchilar) sifat jihatidan bir xil degan farazga asoslanadi. Ya’ni har bir qo‘shimcha ravishda jalb qilingan ishchi bir xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb hisoblanadi.
Foyda va Xizmat Sifati: Tovarlarning sifatini oshirish va ularning foydaliligi narxni shakllantirishda katta rol o'ynaydi. Mijozlar sifatli va foydali mahsulotlarni qadrlaydilar. Bu esa xususiy sifatlar, dizayn, ishlab chiqarish jarayoni, va boshqa ko'rsatkichlar orqali foydalilikni oshirish bilan bog'liq. Ishlab chiqarish xarajatlari shu jihatdan amaliyotda va samarali boshqaruvda yaxshi tahlil qilinishi, optimallashtirilishi, va tashkil etilishi kerak. Xarajatlar, ishchi ma'lumotlari, materiallarni sotib olish, ish faoliyatini o'rganish, marketing, loyixalar, va boshqa xarajatlar ishlab chiqarish jarayonlarini samarali boshqarishda muhimdir.
Foydalilikni shakllantirish esa, sotuvchi jihati bilan bog'liqdir. Mahsulotlar yoki xizmatlar qanday ko'rinishda mijozlar uchun foydalimi kengayib borayotganini tushunish, bozor ovozi va talablarini tahlil qilish, va mahsulotlarni narxlandirishda strategiyalarni boshqarish shartdir. Bozor ovozi va markani yaratish, tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish, va mijozlarga taqdim etishning eng yaxshi yo'li sifatli bo'lib qoladi. Umumiy ravishda, "ishlab chiqarish xarajatlari va tovarlarning foydaliligi narxni shakllantirish" mavzusi, korxonalar uchun samarali boshqaruv, bozor ishtirokchilari bilan hamkorlik, foydalilik va xizmat sifatini oshirish, va bozor ovozi yaratishda ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish xarajatlari va foydalilikni narxni shakllantirish, tashqi ko'rinish, branding, va marka yaratishda ahamiyatga ega. Mahsulotlarning bozor bo'ylab tanilishi va uning tashqi ko'rinishi, brendining yaratilish va oshirilishida bu mavzu ahamiyatli bo'ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari va narx shakllantirish, soliqlarni rivojlantirish va dastlabki xarajatlarni aniqroq tushuntirishda yordam beradi. Soliq tizimi va moliyaviy muomalalar orasida to'g'ridan-to'g'ri munosabatni saqlash katta ahamiyatga ega. Jumladan, "Ishlab chiqarish xarajatlari va tovarlarning foydaliligi narxni shakllantirish" mavzusi, korxonalar uchun samarali moliyaviy boshqarish, bozor hisob-kitoblash va foydalilikni oshirishning klyuch savollari bo'lib, ularni to'g'ridan-to'g'ri hal qilish, tahlil qilish va strategiyani belgilashda katta muhimlikka ega.
1.1-rasm. Ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy ko’rinishi
Demak, qo‘shilgan mahsulot keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega bo‘lgani uchun emas, balki kapital (fondlar)ning mavjud miqdoriga nisbatan ko‘p miqdorda ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi. Bu yerda ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi nisbat, mutanosiblik buzilishi sodir bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, unumdorlikning pasayib borishi degan qonun tabiiy ravishda o‘zidan o‘zi emas, balki omillarning boshqasi o‘zgarmagani holda ayrimlarini ko‘r-ko‘rona ko‘paytirib, ular o‘rtasidagi mutanosiblik buzilganda sodir bo‘ladi.
Qulay iqtisodiy muhit tufayli ishlab chiqarish quvvatlarining to‘xtovsiz kengayib borishi natijasida korxona o‘rtacha umumiy (yalpi) xarajatlarida qanday o‘zgarish ro‘y beradi? Dastlab, qandaydir vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi o‘rtacha umumiy xarajatlarning pasayishi bilan birga boradi. Ammo oxir-oqibatda ko‘proq va yanada ko‘proq quvvatlarni ishga tushirish o‘rtacha umumiy xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Bunday hollarni samaraning kamayib borish qonuni tushuntirib berolmaydi, chunki uning amal qilish shart-sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan resurslardan bittasi miqdorining o‘zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar narxini doimiy deb faraz qilamiz. Shu sababli uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin. Ishlab chiqarishning yirik miqyoslari, shuningdek, boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan yaxshiroq foydalanish imkonini beradi. Birdaniga 20 nafar ishchini nazorat qilishga qodir bo‘lgan rahbarning mehnati bir necha ishchiga ega bo‘lgan kichik korxonada yetarli darajada foydalanilmaydi. Bu holatda ma’muriy apparatni ta’minlash xarajatlarini oshirmagan holda korxona ishlab chiqarish xodimlarining sonini ikki baravar ko‘paytirish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, kichik firmalar boshqaruvchi mutaxassis mehnatidan bevosita maqsadga muvofiq foydalana olmaydilar. Kichik korxonada sotish muammolari bo‘yicha mutaxassis o‘z vaqtini boshqaruvning turli sohalari – masalan, marketing, ishchi kuchi resurslarini boshqarish, moliyaviy boshqarish bo‘yicha taqsimlashga majbur bo‘lishi mumkin. Operatsiyalar miqyosining kengayishi marketing bo‘yicha mutaxassis o‘zini mahsulotlarni taqsimlash va sotish ustidan nazorat o‘rnatishga to‘liq bag‘ishlashi mumkinligidan darak berib, boshqaruvning boshqa funksiyalarini bajarish uchun qo‘shimcha ravishda tegishli mutaxassislar jalb etiladi. Pirovardida bu holat samaradorlikning oshishi hamda mahsulot birligiga bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishiga olib keladi. Ko‘p hollarda kichik firmalar ishlab chiqarish jihozlaridan texnologik nuqtai nazardan nisbatan samarali foydalanishga qodir bo‘lmaydilar. Mahsulotlarning ko‘plab turlarini ishlab chiqarish uchun mashinalarni faqat juda yirik va qimmat turuvchi komplektlarda sotib olish mumkin. Buning ustiga, mazkur mashina jihozlaridan samarali foydalanish ishlab chiqarishning katta hajmlarini taqozo etadi. Demak, yaxshi jihozlarni sotib olish va samarali foydalanishga faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina erishishlari mumkin. Misol uchun, avtomobilsozlikda ishlab chiqarishning nisbatan samarali usullari yig‘ish liniyasi uchun robot texnikasi hamda murakkab jihozlarning qo‘llanishini taqozo etadi. Mazkur jihozlarning samarali ishlatilishi uchun, ba’zi bir hisob- kitoblarga ko‘ra, yiliga 200 mingdan to 400 mingga qadar avtomobil ishlab chiqarish hajmiga erishish lozim bo‘ladi. Faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina bunday jihozlarni sotib olishlari va samarali foydalanishlari mumkin. Bu holat mayda ishlab chiqaruvchilar uchun muammolarni keltirib chiqaradi. Avtomobillarni boshqa jihozlar yordamida ishlab chiqarish samarasiz va mahsulot birligiga nisbatan ko‘proq xarajatlar qilinishiga olib keladi. Biroq, nisbatan samarali jihozni sotib olib, undan ishlab chiqarishning kichik hajmi tufayli to‘liq foydalanmaslik ham samarasiz va qimmatga tushuvchi yo‘l hisoblanadi. Qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Yirik miqyosdagi ishlab chiqarishning tashkilotchisi qo‘shimcha mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun kichik firmaga qaraganda kengroq imkoniyatga ega bo‘ladi. Go‘sht qadoqlash bo‘yicha yirik fabrika ishlab chiqarish chiqindisidan yelim, o‘g‘itlar, dorivor mahsulotlar va boshqa shu kabi qo‘shimcha mahsulotlarni tayyorlaydi-ki, kichik firma bu chiqindilarni zarur bo‘lmaganligi uchun shunchaki tashlab yuborishi mumkin edi.
|
| |