§. Omborxonalar, yarim fabrikatlar, tayyor mahsulotlar va xomashyoni saqlashga doir talablar




Download 0,6 Mb.
bet11/16
Sana13.06.2024
Hajmi0,6 Mb.
#263392
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
amalyot hisoboti

10 §. Omborxonalar, yarim fabrikatlar, tayyor mahsulotlar va xomashyoni saqlashga doir talablar
102. Yangi korxonalarni loyihalash va qurishda hamda rekonstruksiya qilishda omborxonalar QMQ 2.09.12-98 “Ombor binolari” talablariga javob berishi lozim.
103. Omborlar, ayvonlar, estakadalar va ochiq ombor maydonchalari qurilish me’yorlari va qoidalari hamda xomashyo va materiallarni ochiq saqlash omborlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga javob berishi lozim. Spirt, mazut, benzin va boshqa portlovchi yonilg‘i moddalarni saqlash uchun xonalar va maydonchalar qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
104. Gaz bilan to‘ldirilgan ballonlarni saqlash ombori O‘zbekiston Respublikasining Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning jihozlanishi va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari” talablariga javob berishi lozim.
105. Omborlardagi odamlar o‘tishi uchun mo‘ljallangan eshiklarning eni va bo‘yi 2 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Tayyor mahsulot omborlari kamida ikkita eshikka ega bo‘lishi lozim.
106. Sex transporti (telejka, shtabel taxlagichlar, elektr yuk ortgichlar, elektr mashinalar va boshqalar) harakatlanadigan omborlardagi o‘tish yo‘llarining eni yuk ortilgan transport vositalarining o‘lchami hisobga olingan holda qo‘shimcha bir tomonlama harakatlanishda yana 0,8 m, ikki tomonlama harakatlanishda devordan kolonnagacha har ikki tomondan 1,0 m masofa bo‘lishi lozim.
107. Ikkinchi va undan yuqori qavatlarda joylashgan omborlarda polning 1 m2 ga ruxsat etilgan yuk og‘irligi ko‘rsatilgan yozuvlar osib qo‘yilishi lozim.
108. Butilkalarga qadoqlangan mahsulotlar joylangan qutilar shtabellari balandligi 2 m dan ortiq bo‘lmasligi va shtabellar orasidagi masofa 2 m dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Bo‘sh qutilar to‘g‘ri burchakli shtabellarga ikki metrdan ortiq bo‘lmagan balandlikda taxlanishi lozim, so‘ngra qutilar ushbu shtabelga piramida ko‘rinishida taxlanadi. Piramidaning gorizontga nisbatan qiyaligi 450 dan oshmasligi lozim. Shtabelning umumiy uzunligi 6 m dan ortiq bo‘lmasligi lozim. Qutilar “bog‘lanish” usulida taxlanishi zarur.
109. Omborxona binolari va inshootlarini joylashtirishda uchastkalarda ularga avtomobil transportining kelishi ko‘zda tutilishi lozim. Temir yo‘l transporti tegishli iqtisodiy asos mavjud bo‘lganda ko‘zda tutiladi.
110. Ombor binolari asosan binolarning birinchi qavatida joylashtirilishi lozim.
Turli maqsadlarga mo‘ljallangan omborxonalarni bitta binoda yoki ishlab chiqarish binolari yoki boshqa binolar bilan blokirovka qilish, bu texnologik jarayon shartlariga, sanitariya va yong‘in xavfsizligi talablariga zid bo‘lmagan va texnik-iqtisodiy mulohazalarga ko‘ra maqsadga muvofiq bo‘lgan barcha holatlarda amalga oshirilishi mumkin.
111. Umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan omborxonalarni yerto‘la va yarim yerto‘la qavatlarda joylashtirishga faqat tegishli asos mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
112. Zaharli gaz (sulfidli angidrid va boshqalar) solingan ballonlar tegishli me’yorlar va qoidalar bilan tartibga solinadigan maxsus yopiq xonalarda saqlanishi lozim.
Boshqa gazlar solingan ballonlar maxsus xonalarda, shuningdek yog‘ingarchiliklar va quyosh nuri ta’siridan himoya qilingan holda ochiq havoda saqlanishi mumkin.
113. Gaz solingan ballonlar saqlanadigan yopiq omborxonalardagi harorat +35 oC dan oshmasligi lozim va ushbu darajadan oshib ketgan holda omborxonalarni sovutish choralari ko‘rilishi lozim.

Download 0,6 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Omborxonalar, yarim fabrikatlar, tayyor mahsulotlar va xomashyoni saqlashga doir talablar

Download 0,6 Mb.