§. Sanitariya-maishiy va qo‘shimcha xonalarga doir talablar




Download 0,6 Mb.
bet12/16
Sana13.06.2024
Hajmi0,6 Mb.
#263392
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
amalyot hisoboti

11 §. Sanitariya-maishiy va qo‘shimcha xonalarga doir talablar
114. Har bitta vinochilik korxonasida qurilish me’yorlari (QMQ 2.09.12-98 “Korxonalarning ma’muriy va maishiy xonalari”) talablari, oziq-ovqat sanoati korxonalari, bino va inshootlarni loyihalash qoidalari va mazkur Qoidalarga muvofiq sanitariya-maishiy va qo‘shimcha xonalar qurilishi lozim. Maishiy va qo‘shimcha binolarni loyihalash hamda qurish ularni ishlab chiqarish obyektlari bilan bir paytda ishga tushirish zarurligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Maxsus maishiy xonalar va qurilmalar tarkibi ishlab chiqarish jarayoni guruhlariga bog‘liq ravishda belgilanadi (mazkur Qoidalarning 4-ilovasida ko‘rsatilgan).
115. Maishiy xonalarni rejalashtirish ishlovchilarning qarshi oqimini istisno etishi lozim. Maishiy xonalar imkon qadar ish joylariga yaqin joylashtirilishi zarur.
116. Ishlab chiqarish binolari va ularning qo‘shimcha binolarida joylashgan maishiy xonalar ishlab chiqarish xonalaridan shlyuzlar, yo‘laklar va zina xonalari bilan ajratilishi lozim.
117. Uy va ish kiyimlari saqlanadigan garderoblar, hojatxonalar, yuvinish va cho‘milish xonalari erkaklar va ayollar uchun alohida bo‘lishi lozim.
118. Garderoblar, hojatxonalar, yuvinish va cho‘milish xonalari, ayollarning shaxsiy gigiyena xonalari pollarida namlikka chidamli, sirpanchiq bo‘lmagan yuzali, och rangda, nishablikka ega traplar bo‘lishi lozim. Devorlar va to‘siqlar yuzalari oson tozalash va issiq suvda yuvish imkonini beradigan och rangdagi, namlikka chidamli materiallar bilan to‘liq qoplangan bo‘lishi lozim.
Yuvinish xonalarining shiplari bilan och ranglardagi namlikka chidamli bo‘yoqlar, boshqa maishiy xonalarning shiplari esa suvli, yuvilmaydigan bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan bo‘lishi lozim.
119. Maishiy xonalarni ho‘llab tozalash uchun issiq va sovuq suv kranlari ko‘zda tutilishi lozim. Garderoblar, dushxonalar va boshqa maishiy xonalar davriy ravishda dezinfeksiya qilib turilishi lozim.
120. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. Hojatxonalarning pollari quruq holda saqlanishi lozim.
121. Ovqatlanish punktlari umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan sanitariya qoidalari talablariga javob berishi lozim.
122. Garderobxonalar ko‘cha, uy va ish kiyimlarini saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.
123. Ish kiyimlari uchun mo‘ljallangan garderoblar ko‘cha va uy kiyimlari garderoblaridan alohida joylashtirilishi lozim. Maishiy xonalar QMQ 2.09.12-98 “Korxonaning maishiy va ma’muriy binolari” talablariga muvofiq oqib keluvchi va so‘ruvchi ventilatsiya bilan jihozlanishi lozim.
124. Toza va kir ish kiyimlarini saqlash omborchalari alohida va har birining maydoni kamida 3 m2 bo‘lishi lozim.
125. Garderoblarda kiyim saqlash uchun o‘rinlar soni quyidagicha bo‘lishi lozim:
a) kiyimlar ilgakda saqlangan holda — ikkita eng ko‘p kishi ishlaydigan yondosh smenalarda ishlovchilar soniga teng miqdorda;
b) kiyimlar shkaflarda saqlangan holda — barcha ishlovchilarning ro‘yxatdagi soniga teng miqdorda.
126. Garderob uskunalari va ularning joylashtirilishi qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
127. Haftada kamida bir marta shkaflar ho‘llab tozalanishi va bir oyda kamida bir marta dezinfeksiya qilinishi lozim.
128. Garderoblar issiq va sovuq suv keltirilgan va elektr sochiq o‘rnatilgan yuvinish joyiga ega bo‘lishi lozim.
129. Hojatxonalar eng chekka ish joyidan ko‘pi bilan 75 m uzoqlikda joylashtirilishi lozim. Hojatxonadan bino tashqarisidagi ish joylarigacha bo‘lgan masofa 150 m dan oshmasligi lozim.
130. Ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolarida hojatxonalar har bir qavatda bo‘lishi lozim.
Ikkita yondosh qavatda ishlovchilar soni 30 nafargacha bo‘lgan holda ikkita qavatga bitta hojatxona o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi va hojatxona ishlovchilar soni ko‘p bo‘lgan qavatda joylashtirilishi lozim.
Qavatlarning birida ishlovchilar bo‘lmagan holda, shuningdek uch qavatda ishlovchilar soni 10 nafardan oshmagan hollarda uchta qavatga bitta hojatxona o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
131. Hojatxonalardagi shlyuzlarda 4 kabinaga bitta yuvinish jihozi, kabinalar soni kam bo‘lganda har bitta hojatxonaga bitta yuvinish jihozi o‘rnatilishi lozim.
132. Kanalizatsiya yo‘q uchastkalarda joylashtirilgan statsionar turdagi tashqi hojatxonalar tuproq, quduqlar, ichimlik va texnologik suv ta’minoti havzalarini ifloslantirmasligi lozim. Ushbu hojatxonalar isitish, havo tortish va sun’iy yoritish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Tozalanadigan hojatxonalar qopqog‘i zich yopiladigan, suv o‘tkazmaydigan bo‘lishi lozim.
133. Yuvinish joylari garderoblarga yondosh xonalarda yoki garderob xonalarida joylashtirilishi lozim va yuvinish joyidan shkafgacha bo‘lgan masofa kamida 2 m bo‘lishi lozim.
134. Ma’muriy-boshqaruv xodimlari uchun yuvinish joylari hojatxonalardagi shlyuzlarda joylashtirilishi lozim.
135. Har bitta yuvinish jihozi issiq va sovuq suv keladigan quvurlarga ulangan bo‘lishi lozim.
Yuvinish xonalarida elektr sochiqlar, ko‘zgu, kiyim ilgichlar, suyuq sovun uchun idishlar va qattiq sovun solgichlar, shuningdek eng ko‘p sonli smenada 40 kishiga bitta qurilma hisobidan kelib chiqqan holda qo‘lni xlorli eritmada yuvish moslamasi ko‘zda tutilishi lozim.
136. Yuvinish joylaridagi kranlar soni ishlab chiqarish jarayonlari guruhiga bog‘liq ravishda eng ko‘p sonli smenada ishlovchilarning hisob soni bo‘yicha belgilanadi. Yuvinish joylaridagi kranlar sonini belgilashda oshxonalar va hojatxonalarda o‘rnatilgan kranlar hisobga olinmaydi.
137. Dushxonalar garderoblarga yondosh xonalarda joylashtiriladi. Dushxonalarda artinish va kiyim almashtirish uchun mo‘ljallangan dahlizchalar ko‘zda tutilishi lozim.
138. Dushxonalar bir qator yoki ikki qator joylashtirilgan ochiq kabinalar bilan jihozlanishi lozim.
139. Dushxona kabinalari kabinaga kirish joyiga o‘rnatilgan boshqaruv armaturasiga ega issiq va sovuq suv moslamalari, shuningdek yuvinish jihozlari uchun polkalar va rezina gilamchalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Dushxonalarda sovuq suvni isitish uchun bug‘dan foydalanish man etiladi.
140. Dushxona setkalari soni eng ko‘p sonli smenada ishlaydigan bitta dush setkasiga to‘g‘ri keladigan kishilar soniga va ishlab chiqarish jarayonlari guruhiga bog‘liq ravishda belgilanadi.
141. Eng ko‘p sonli smenada 15 va undan ortiq ayollar ishlaydigan korxonalarda Sanitariya me’yorlari va qoidalariga muvofiq ayollar uchun shaxsiy gigiyena xonalari ko‘zda tutilishi lozim.
142. Ayollar uchun shaxsiy gigiyena xonalarida yechinish joyi, shuningdek pedalli boshqariladigan alohida issiq va sovuq moslamalariga ulangan gigiyenik dushlar bilan jihozlangan individual kabinalar o‘rnatilishi lozim.
Kabinalar soni eng ko‘p sonli smenada ishlaydigan 100 nafar ayolga bitta kabina hisobida belgilanadi.
143. Kunduzgi smenada 100 nafardan kam bo‘lmagan ayollar ishlaydigan korxonalarda bolalarni emizish (ovqatlantirish) xonalari bo‘lishi lozim.
144. Bolalarni emizish (ovqatlantirish) xonalari tarkibida kutish xonasi, hojatxona va emizish xonasi bo‘lishi lozim.
Bolalarni emizish (ovqatlantirish) xonasida issiq va sovuq suvga ulangan yuvinish moslamasi va qo‘l uchun elektr quritgich o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Xonada kamida ikkita bolani yo‘rgaklash stoli, stullar va oyoq kiyim qo‘yiladigan skameyka, zarur tibbiy vositalar va moslamalar (yod eritmasi, ko‘kdori, kaliy permanganat, vazelin, 2 foizli soda eritmasi, bolalarga (talk) sepadigan dori, bint, paxta, tibbiy termometr, pipetka), elektr plitkasi yoki sut isitish uchun boshqa asbob o‘rnatilishi lozim.
145. Bolalarni emizish (ovqatlantirish) xonasining maydoni bir nafar onaga 1,5 m2 hisobida bo‘lishi kerak. Bunday onalar soni eng ko‘p sonli smenada ishlovchi ayollarning 2,5 foizga teng miqdorda olinadi.
146. Chekish xonalari hojatxonalar yoki ishlovchilarni isitish xonalari bilan yondosh joylashtiriladi. Ishlovchilar soni eng ko‘p sonli smenada 100 nafardan oshmagan holda chekish joylarini tozalash uchun shlyuzlar bilan birlashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
147. Chekish joyining maydoni eng ko‘p sonli smenada ishlovchi erkaklar uchun bir kishiga 0,03 m2 va ayollar uchun 0,01 m2 hisobida belgilanadi, biroq 9 m2 dan kam bo‘lishi mumkin emas.
Chekish xonalarida sigeret qoldiqlari uchun suv solingan axlat idishlari va skameykalar o‘rnatilishi zarur.
148. Kir yuvish xonalari mexanizatsiyalashtirilgan va ishlab chiqarish xonalariga ulanmagan bo‘lishi lozim.
149. Kir yuvish va quritish maydonlari amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq belgilanishi lozim. Kir yuvish xonalarida ish kiyimlarini ta’mirlash ustaxonasi tashkil qilinishi lozim.
150. Ishlovchilarni isitish xonalari ochiq havoda, sovutkichlarda va harorati +5 oC dan past bo‘lgan boshqa ish joylarida ishlovchilar uchun ko‘zda tutilishi lozim.
Isitish xonalari ichkarida ishlovchilar uchun alohida va ochiq havoda ishlovchilar uchun alohida bo‘lishi lozim.
Isitish xonasining maydoni eng ko‘p sonli smenada ishlovchi bir nafar ishchiga 0,1 m2 hisobida belgilanadi va 12 m2 dan kam bo‘lmasligi lozim.
151. Har bir korxonada ishlovchilar tanaffus paytlarida va tushlikdan so‘ng dam olishlari uchun dam olish xonalari ko‘zda tutilishi lozim.

Download 0,6 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Sanitariya-maishiy va qo‘shimcha xonalarga doir talablar

Download 0,6 Mb.