§. Ventilatsiya va ventilatsiya uskunalariga doir talablar




Download 0,6 Mb.
bet15/16
Sana13.06.2024
Hajmi0,6 Mb.
#263392
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
amalyot hisoboti

14 §. Ventilatsiya va ventilatsiya uskunalariga doir talablar
181. Ishlab chiqarish, qo‘shimcha, shuningdek sanitariya-maishiy xonalar va ovqatlanish punktlari ventilatsiyasi “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” QMQ 2.04.05-97, “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari” SanQM 0058-96, “Umumiy ovqatlanish korxonalari sanitariya qoidalari” SanQM 0083-98 qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi tavsiya etiladi.
182. Ventilatsiya quyidagilarni ta’minlashi lozim:
sanitariya me’yorlariga muvofiq mikro iqlimni;
ish hududi havosidagi zararli moddalar miqdori — ruxsat etilgan konsentratsiyadan yuqori bo‘lmasligini.
183. Korxona xonalarining ventilatsiyasi va ventilatsiya tizimlarining jihozlanishi amaldagi Qurilish me’yorlari va qoidalari, ish hududi havosi standartlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ishlab chiqarish xonalari uchun metrologik sharoitlar me’yorlari (mazkur Qoidalarning 6-ilovasida), optimal va ruxsat etilgan me’yorlar (mazkur Qoidalarning 7-ilovasida) ko‘rsatilgan.
184. Barcha texnologik sexlarda mexanik yoqiladigan va yilning sovuq faslida uzatiladigan havo haroratini avtomatik tartibga soladigan oqib keluvchi-so‘ruvchi ventilatsiya o‘rnatilishi lozim va issiq faslda esa tabiiy usulda havo almashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
185. Karbonat kislota ajralib chiqadigan xonalarda toza havo yuqoridan berilishi va pastki hududdagi havo so‘rib olinishi lozim.
186. Vinochilik va konyak ishlab chiqarishda achitish, vinomateriallar va vinolar, konyak spirtlari va konyaklarga ishlov berish hamda ularni saqlash bo‘limlari, ko‘piruvchi vinolar ishlab chiqarishda biokimyoviy bo‘limlar, nazorat saqlashi, ishlov berish, o‘rash omborlari oqib keluvchi-so‘ruvchi ventilatsiyaga ega bo‘lishi lozim.
187. Birlamchi zavodlarning utilizatsiya sexlari achitish va apparat bo‘linmalari xonalariga tabiiy havo oqib kirishi ta’minlanishi lozim.
188. Butilka yuvish bo‘limlari oqib keluvchi-so‘ruvchi ventilatsiyaga ega bo‘lishi lozim.
189. Laboratoriya xonalarida, shkaflardagi havoni mexanik so‘rib olishdan tashqari, yuqori va pastki hududlardan havoni mexanik so‘ruvchi soatiga 2-3-marta havo almashishini ta’minlovchi umumiy ventilatsiya moslamalari o‘rnatilishi lozim. Yo‘laklar va yondosh xonalardan havo oqib kelishiga yo‘l qo‘yiladi.
190. So‘ruvchi shkaflar yuqori va pastki so‘rg‘ichlar bilan (yengil va og‘ir gazlarni so‘rib olish uchun) jihozlanishi lozim.
191. Ekspeditsiya va butilkalarni qabul qilish bo‘linmalari oqib keluvchi ventilatsiyaga va teshiklarda mahsulotni qabul qilish va berish uchun havo qatlamiga ega bo‘lishi lozim.
192. Shakar qaynatish xonalari, vakuumbug‘li moslamalar oqib keluvchi-so‘ruvchi ventilatsiyaga ega bo‘lishi lozim.
193. Ammiakli va freonli sovutish moslamalari o‘rnatilgan xonalarni ikki marta havo almashtiruvchi oqib keluvchi ventilatsiya va uch marta havo almashtiruvchi-so‘ruvchi ventilatsiya bilan jihozlanishi lozim. Bundan tashqari, xonada havoni soatiga yetti marta almashtiruvchi avariya ventilatsiyasi o‘rnatilishi lozim.
194. Qozonxonada deraza va shaxta framugalari orqali aeratsiyalari tabiiy ventilatsiyaga ruxsat etiladi.
195. Barcha tashqi darvozalar, sex eshiklari, transportyorlar uchun kirish joylari yon tomondan issiq havo uradigan bo‘lishi lozim.
196. Ventilatsiya moslamalarining havo o‘tadigan quvurlari germetik yopiladigan lyuklar va tozalash hamda havo bosimini aniqlash uchun teshiklarga ega bo‘lishi lozim.
197. Ventilatsiya moslamalarining havo chiqadigan teshiklari tomdan kamida 1 m baland bo‘lishi, oqib keluvchi ventilatsiya moslamalarining so‘ruvchi teshiklari hudud yuzasidan kamida 2 m balandlikda va iflos havoni so‘rish imkoniyati bo‘lmagan joylarda o‘rnatilishi lozim. Havoni so‘rish joyidan chiqarish joyigacha bo‘lgan masofa QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
198. Ventilyatorlar orqali suv bug‘lari o‘tadigan sharoitda ventilyator kojuxi kondensatni ushlab qolish uchun sifonli drenaj bilan jihozlanishi lozim.
Ventilyatorlarning havo quvurlari bilan ulanmagan so‘ruvchi teshiklari yacheykalarining o‘lchami 15—20 mm bo‘lgan himoya to‘rlari bilan yopilishi lozim.
199. Havoga birdaniga katta miqdorda zaharli yoki portlovchi moddalar chiqishi ehtimoli bo‘lgan ishlab chiqarish xonalarida favqulodda so‘ruvchi ventilatsiya o‘rnatilishi lozim.
Favqulodda so‘ruvchi ventilatsiya maxsus havo oqimini keltirish bilan kompensatsiyalanmaydi va undan foydalanishda xonalarni vaqtincha sovutishga yo‘l qo‘yiladi.
200. Ventilatsiya uskunalariga xizmat ko‘rsatish bilan korxona bo‘yicha buyruq bilan tashkil qilinadigan komissiya tomonidan bilimlari sinovdan o‘tkazilgan shaxslar shug‘ullanishiga ruxsat etiladi. Tekshirishlar davriyligi uch yilda bir martani tashkil qiladi.
201. Yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan barcha ishlab chiqarish xonalarida ventilatsiya tizimlari buziq bo‘lgan texnologik uskunalarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
202. Ventilatsiya kanallari, qutilari va shaxtalari orqali gaz quvurlari va tez alanga oladigan moddalar haydash quvurlarini o‘tkazish, shuningdek kanallar va qutilarning ichki va tashqi devorlariga elektr simlarini montaj qilish man etiladi.
203. Portlovchi moddalar saqlanadigan xonalarning ventilatsiya tizimlari elektr dvigatellari va ventilyatorlari quyidagicha:
elektr dvigatellar portlashdan himoya qiluvchi, ventilyatorlar esa portlash xavfi bo‘lmagan turda tayyorlangan bo‘lishi lozim.
204. Derazalar va chiroqlar framugalari xonaning ish hududidan mexanik ochish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Framuganing boshqaruv pultida aeratsiya bo‘yicha yo‘riqnoma bo‘lishi lozim.
205. Har bitta yangi montaj qilingan yoki kapital ta’mirlangan ventilatsiya qurilmasi maxsus tashkilot tomonidan ruxsat etilishi lozim. Ushbu tashkilot ventilatsiya uskunasining pasportini tuzadi va undan foydalanish yo‘riqnomasini tayyorlaydi.
206. Har bitta ventilatsiya uskunasi montaj qilingan yoki kapital ta’mirlangandan so‘ng korxona rahbariyati tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan sinovdan o‘tkazilishi hamda qabul qilinishi lozim. Sinovlar paytida ish joyidagi harorat, namlik, harakat tezligi va havoning ifloslanish darajasi, shuningdek ventilatsiya uskunalarining shovqin darajasi o‘lchanishi lozim. Ushbu o‘lchovlar natijalari sanitariya me’yorlariga muvofiq bo‘lmagan holda loyihalash va montaj tashkilotlari ventilatsiya havoni me’yor darajasida ta’minlashi, ventilatsiya uskunalari ishlashida shovqin ruxsat etilgan darajadan oshmasligi uchun zarur choralarni ko‘rishi shart.
207. Ventilatsiya uskunalarini saqlash va ishlatishni nazorat qilish korxona buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan biriga yuklatilishi lozim. Ushbu shaxsning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
ventilatsiya uskunalarini montaj qilish ustidan texnik nazorat o‘rnatish;
ventilatsiya uskunalarini ta’mirlash jadvalini tuzish;
xonalar va ulardagi alohida uchastkalar ventilatsiyalarini rekonstruksiya qilish rejasini tuzish;
sexlarni rekonstruksiyalash va ularga yangi mashinalar hamda apparatlarni o‘rnatishda ventilatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
bosh muhandisga ventilatsiyani loyihalash, montaj qilish va ishga tushirish uchun boshqa tashkilotlarni jalb qilish bo‘yicha takliflar berish;
ventilatsiyani qabul qilish sinovlarini tashkillashtirish va ularda ishtirok etish;
ventilatsiyani ekspluatatsiya qilish va jihozlash bilan bog‘liq rejalar, takliflar va boshqa masalalar bo‘yicha bosh muhandisga xabar berish;
ventilatsiya uskunalarining pasportlarini yuritish.
208. Ventilatsiya uskunalarini ekspluatatsiya qilish asosiy xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim. Ushbu Qoidalar quyidagilardan iborat:
ventilatsiya uskunasi faqat harakatga keltiruvchi remenlar, birlashtiruvchi muftalar va boshqa aylantiruvchi qismlar, panjaralar yoki kojuxlar bilan himoyalangan taqdirdagina ishga tushirilishi mumkin;
ventilatsiya kameralari, kanallari va maydonchalarini ortiqcha begona buyumlar bilan to‘sib qo‘yish mumkin emas;
elektr dvigatellar, ventilyatorlar va boshqa uskunalarni faqat aylanuvchi qismlar to‘liq to‘xtagandan so‘ng tozalash va ta’mirlash mumkin;
shovqin, zarb yoki vibratsiya sezilishi bilan uskuna o‘chirilishi lozim.

Download 0,6 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Ventilatsiya va ventilatsiya uskunalariga doir talablar

Download 0,6 Mb.