§. Umumiy ovqatlanish xonalari va ichimlik suvi ta’minotiga doir talablar




Download 0,6 Mb.
bet13/16
Sana13.06.2024
Hajmi0,6 Mb.
#263392
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
amalyot hisoboti

12 §. Umumiy ovqatlanish xonalari va ichimlik suvi ta’minotiga doir talablar
152. Eng ko‘p sonli smenada 200 nafar va undan ortiq kishi ishlovchi korxonalarda oshxonalar bo‘lishi lozim.
Bir smenada ishlovchilar soni 200 nafardan kam bo‘lgan holda oshxonadan keltiriladigan issiq ovqatlar tarqatiladigan bufetlar, bir smenada ishlovchilar soni 30 kishidan kam bo‘lgan sharoitda esa — ovqatlanish xonalari tashkil qilinishi lozim.
Uzluksiz texnologik jarayonda ish joylarida ovqatlanish tashkil qilinishi lozim.
153. Oshxona va bufetlarda o‘tirish joylari eng ko‘p sonli smenada 4 kishiga bitta o‘rin hisobida belgilanishi lozim.
Oshxonalar, bufetlar va yordamchi xizmatlar umumiy ovqatlanish korxonalari sanitariya qoidalari talablariga javob berishi va maxsus ajratilgan xonalarda joylashtirilishi lozim.
154. Ovqatlanish punktlarini portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan binolarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
155. Suv ta’minoti moslamalari eng ko‘p sonli smenada ishlovchi 200 kishiga bitta moslama hisobida belgilanadi.
156. Ishchilarni gaz suv bilan ta’minlash korxona ma’muriyatini ishchilarni umumiy asosda bir kishiga smenada 4-5 l hisobida qaynatilgan ichimlik suvi bilan ta’minlash majburiyatidan ozod qilmaydi. Ichimlik suvini tarqatish otilib chiquvchi uchlik va boshqa moslamalarga ega yopiq baklardan amalga oshirilishi lozim.
157. Sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq ish joylaridan suv ichish moslamalarigacha bo‘lgan masofa 75 m dan oshmasligi lozim. Suv harorati Sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq 20 oC dan yuqori va 8 oC dan past bo‘lmasligi lozim.
158. Ishchilarni suv bilan ta’minlovchi xodimlar toza xalatlarda ishlashi, belgilangan muddatlarda tibbiy ko‘riklar va tekshiruvlardan o‘tishi hamda shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
Gazli suv tarqatish punktlari stakanlarni yuvish moslamasiga, suvni oqizib yuborish chanoqlari yoki maxsus suv oqizib yuborish qurilmalariga ega bo‘lishi hamda toza saqlanishi lozim.

Download 0,6 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Umumiy ovqatlanish xonalari va ichimlik suvi ta’minotiga doir talablar

Download 0,6 Mb.