§. Ishlab chiqarish xonalari va ularning saqlanishini nazorat qilishga doir umumiy talablar




Download 0,6 Mb.
bet10/16
Sana13.06.2024
Hajmi0,6 Mb.
#263392
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
amalyot hisoboti

9 §. Ishlab chiqarish xonalari va ularning saqlanishini nazorat qilishga doir umumiy talablar
79. Ishlab chiqarish, maishiy xonalar va inshootlarni rejalashtirish, jihozlash va saqlash amaldagi qurilish me’yorlari hamda qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
80. Har bitta xodim uchun ishlab chiqarish xonasi hajmi kamida 15 m3, maydoni esa kamida 4,5 m2 bo‘lishi lozim. Asosiy ishlab chiqarish xonalarining polidan yopish konstruksiyalarigacha bo‘lgan balandligi kamida 2,6 m bo‘lishi kerakligini ko‘zda tutish lozim.
Omborxonalarning balandligi mahsulotlar va materiallarni taxlash usuliga bog‘liq ravishda belgilanishi zarur.
Energetik xo‘jalik xonalarining balandligi o‘rnatiladigan energetik uskunaning o‘lchamidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ishlab chiqarish xonalarida maydonchalar o‘rnatilganda, maydonchaning balandligi poldan joylashtirilgan konstruksiyalar yoki kommunikatsiya liniyalaridan yuqorida joylashgan chiqib turuvchi konstruktiv elementlarning pastki qismigacha ishlovchilar muntazam o‘tib turgan joyda kamida 2 m va ishlovchilar o‘tadigan joyda kamida 1,9 m bo‘lishi lozim. Maydonchalar va zinalarga doir talablar mazkur Qoidalarning IV bobi 3-paragrafida ko‘rsatilgan.
81. Galereyalar va estakadalar o‘lchami quyidagi talablardan kelib chiqqan holda belgilanishi zarur:
a) poldan galereya tomining chiquvchi konstruksiyalarigacha bo‘lgan balandlik kamida 2 m bo‘lishi lozim;
b) evakuatsiya galereyalaridan tashqari, yo‘lovchilar yuradigan galereyalarning eni bir smenada bitta yo‘nalishda o‘tuvchilar soni ko‘pi bilan 400 kishini tashkil qilganda kamida 1,5 m bo‘lishi lozim, o‘tuvchilar soni ko‘rsatilgan miqdordan yuqori bo‘lganda galereyaning eni ortiqcha 200 kishiga 0,5 m dan kengaytirib boriladi;
v) transport va kommunikatsiya galereyalari va estakadalarining eni uskunalar va quvurlardan holi kamida 0,7 m yo‘lak qoldirish imkonini berishi lozim.
82. Isitiladigan binolarning derazalari va yoritish chiroqlari oynalarining qatlamlari soni tashqi va ichki havo harorati hisob o‘zgarishlariga bog‘liq ravishda amaldagi loyihalash me’yorlariga muvofiq belgilanishi lozim.
83. Ishlab chiqarish xonalarida ventilatsiya qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lishidan qat’i nazar, shamollatish moslamalari ko‘zda tutilishi zarur. Har bitta deraza kamida bitta ochiladigan framugaga ega bo‘lishi lozim.
Xonalarni shamollatish uchun ishlatiladigan yorug‘lik teshiklari mexanik va qo‘lda ochiladigan uskunalar va moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ko‘rsatilgan talablar havo konditsionerlanadigan xonalarga tegishli emas.
84. Havo almashuvi aeratsiya yordamida amalga oshiriladigan xonalardagi tavaqali deraza panjaralari yoki boshqa ochiladigan moslamalar shunday joylashtirilishi lozimki, bunda poldan yilning issiq paytida havo kirishi uchun mo‘ljallangan deraza o‘rni (tavaqali panjara)gacha bo‘lgan masofa 1,8 m dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
85. Derazalar va chiroqlarni ta’mirlash va ularga oyna qo‘yish, oynalarni ikki tomondan tozalash, shuningdek aeratsion teshiklar va yoritish armaturasiga xizmat ko‘rsatish uchun ushbu ishlarni qulay va xavfsiz bajarishni ta’minlovchi maxsus qurilmalar hamda moslamalar ko‘zda tutilishi lozim. Qurilmalar va moslamalar xavfsiz ishlatish uchun sinovdan o‘tkazilishi lozim.
86. Ishlab chiqarish xonalaridagi pollar konstruksiyasi amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga hamda zarur hollarda texnologik talablarga muvofiq qabul qilinishi lozim.
87. Ishlab chiqarish xonalaridagi pollar teshiklarsiz, tekis, nishabliksiz bo‘lishi va quyidagi materiallardan tayyorlanishi lozim:
asfalt pol — xomashyo sexlarida va yog‘och tara ishlab chiqarish sexlarida, navbatchi slesarlar va elektr montyorlar xonalarida, ta’mirlash-mexanika ustaxonalarida, tayyor mahsulot, yog‘och tara omborlarida, avtomashinalar, avto yuklagichlar, elektr mashinalar garajlarida;
beton pollar — spirt olish, saqlash va berish xonalarida;
sement pol (yoki metall plitalardan iborat pol) — yuvish, kalibrovka xonalari, sex omborlari, chiqindilarni utilizatsiya qilish, kir yuvish xonalarida, yonilg‘i-moylash materiallari omborlarida, nasos, suv quvurlari va kanalizatsiya, qozonxona, elektr stansiyalari va boshqalarda. Oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan xonalarda pollarni bo‘yash uchun qoramoy va ular asosidagi mastikalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
88. Yondosh xonalardagi pollar turli gorizontal darajada joylashgan holda o‘tish joylari yoki yo‘llaridagi eng yuqori nishablik yoki ko‘tarilish 0,02 m dan yuqori bo‘lmasligi lozim.
89. Pollarning metall qoplamalari taram-taram novga ega bo‘lishi, maydonchalar, estakadalar, o‘tish yo‘llari, zinapoyalar cho‘zib tortilgan po‘latdan tayyorlanishi lozim.
90. Ishlab chiqarish xonalarida odamlar va yuk oqimlari o‘tadigan eshiklar yoki darvozalar alohida bo‘lishi lozim.
91. Ishlab chiqarish xonalarining eshik o‘rinlari va texnologik teshiklarida sovuq paytda tuman, devor va uskunalar yuzasida kondensat hosil bo‘lishining oldini olish, shuningdek ishchilarni harorat o‘zgarishlari va shamoldan himoya qilish uchun tamburlar yoki havo-issiqlik pardasi yaratilishi lozim.
92. Ishlab chiqarish xonalarining devorlari silliq, oson va tez tozalanadigan, yuqori sanitariya-gigiyenik talablar qo‘yilgan xonalarning (yuvish-quyish, aralashtirish va boshqalar) devorlari keramik plitalar bilan qoplanishi yoki kamida 2 m balandlikkacha namlikka chidamli bo‘yoq bilan bo‘yalishi lozim.
93. Barcha ishlab chiqarish binolarining tomlarida amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq oqova suvlar tarnovlari o‘rnatilishi lozim.
94. Ishlab chiqarish xonalari va uskunalarini bo‘yash sanoat korxonalari ishlab chiqarish binolarining interyerlariga rangli bezak berishni loyihalashga doir ko‘rsatmalarga, “Texnologik uskunalar va texnologik quvurlar” GOST 12.2003-76, GOST 12.2002-69 va “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” GOST 12.4.026-76 qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
95. Kanalizatsion traplar texnologik sexlar va bo‘linmalarning barcha xonalarida o‘rnatilishi lozim. Pollar kanalizatsion traplar tomonga 0,02 nishablikka ega bo‘lishi lozim, traplar panjaralar va gidravlik tambaga ega bo‘lishi lozim. Traplar uskunadan oqova chiqish joylari oldida, hamda polning har 100 m2 ga bittadan joylashtiriladi.
Oqova suvlarni uskunadan kanalizatsiyaga quyish yopiq usulda amalga oshirilishi lozim.
Oqova suvlarni ishlab chiqarish xonasi poliga tashlash, shuningdek kanalizatsiyaga tashlash uchun ochiq tarnov o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
96. Korxona ma’muriyati binolar va inshootlarni saqlash, ularni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash ustidan nazoratni amalga oshirishi shart.
Umumiy tekshirishda barcha binolar va inshootlar, jumladan bino yoki uskunaning barcha konstruksiyalari, shu jumladan muhandislik uskunalari, turli pardoz va tashqi bezak elementlari yoki barcha binolar va inshootlar kompleksi ko‘zdan kechiriladi. Qisman tekshirishda kompleksning alohida binolari yoki inshootlari, uskunalar turlari ko‘zdan kechiriladi.
Qoidaga ko‘ra navbatdagi umumiy texnik tekshirishlar bir yilda ikki marta — bahorda va kuzda o‘tkaziladi.
97. Bahorgi tekshirishdan ko‘zlangan maqsad qishki qor-yomg‘irlardan so‘ng binoning ahvolini aniqlashdan iborat bo‘lishi kerak. Qor yog‘maydigan hududlarda bahorgi tekshirishlar muddatlari korxona direksiyasi tomonidan belgilanadi.
Bahorgi tekshirishda bajariladigan binolar va inshootlarni yoz paytida joriy ta’mirlash ishlari hajmi aniqlanadi va keyingi yil rejasiga kiritish uchun kapital ta’mirlash ishlari hajmi belgilanadi.
Kuzgi texnik ta’mirlash paytida quyidagilarni bajarish zarur:
a) tutib turuvchi va to‘suvchi konstruksiyalarning holatini tekshirish va ularda yog‘ingarchiliklar va boshqa ta’sirlar natijasida yuzaga kelgan buzilishlarni aniqlash;
b) derazalar, fonarlar, darvozalar, eshiklar va boshqa qurilmalarning mexanizmlari va ochiluvchi elementlarini tekshirish;
v) tarnovlar, quvurlar va sel qabul qilgichlarning holatini tekshirish hamda tartibga keltirish.
98. Kuzgi tekshirish binolar va inshootlarni qishga tayyorlash maqsadida amalga oshiriladi. Ushbu davrga kelib barcha yozgi joriy ta’mirlash ishlari yakunlanishi lozim. Kuzgi tekshirishda quyidagilarni bajarish zarur:
a) binolar va inshootlarning tutib turuvchi va to‘suvchi konstruksiyalari holatini sinchiklab ko‘zdan kechirish hamda turli teshiklar va yoriqlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
b) binolar qoplamalari, ish inventarlari, shuningdek tarnovlar va quvurlar holatini tekshirish;
v) derazalar, fonarlar, darvozalar, eshiklar va boshqa qurilmalarning ochiluvchi elementlarining sozligi hamda qish sharoitida ishlashga tayyorligini tekshirish.
99. Binolar va inshootlar navbatli tekshirishlardan tashqari navbatdan tashqari ko‘zdan kechirilishi ham mumkin (tabiiy ofatlar, bo‘ronli shamollar, kuchli do‘l yoki qor yog‘ishlar, seysmik faol hududlarda sodir bo‘lgan zilzilalar yoki avariya va yong‘inlardan so‘ng).
100. Texnik tekshirishlar natijalari bo‘yicha yuqorida qayd etilgan vazifalardan tashqari binolarni texnik ekspluatatsiya qilishni yaxshilash, shuningdek barcha turdagi ta’mirlash ishlari sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi lozim.
101. Binolar va inshootlarni umumiy ko‘zdan kechirish komissiyasi tarkibi korxona rahbari tomonidan tayinlanadi va uning o‘zi komissiyaga rahbarlik qiladi.

Download 0,6 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Ishlab chiqarish xonalari va ularning saqlanishini nazorat qilishga doir umumiy talablar

Download 0,6 Mb.