§. Shovqin, vibratsiya xavfsizligiga oid talablar




Download 0,6 Mb.
bet16/16
Sana13.06.2024
Hajmi0,6 Mb.
#263392
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
amalyot hisoboti

15 §. Shovqin, vibratsiya xavfsizligiga oid talablar
209. Korxonani qurish yoki rekonstruksiya qilishda loyihaga amaldagi Qurilish me’yorlari va qoidalarining shovqindan, jumladan ham ish joyidagi, ham seliteb (ommaviy) hudud muhitidagi shovqindan himoyalashga doir talablari kiritilishi lozim.
210. Texnologik-ishchi loyihalarni ishlab chiqishda ularga ishchilarga ta’sir qiluvchi umumiy va mahalliy vibratsiya darajasini kamaytirishga doir texnik yechimlar kiritilishi lozim.
211. Ish joylaridagi tovush darajasi “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va sanitariya me’yorlari va qoidalari (mazkur Qoidalarning 9-ilovasida ko‘rsatilgan) standartiga doir ruxsat etilgan me’yorlar darajasidan oshib ketmasligi lozim.
212. Ish joylari, jumladan transport vositalari haydovchilarining o‘rinlaridagi umumiy va mahalliy vibratsiya tezligi darajasi amaldagi Vibratsion xavfsizlik, Umumiy talablar standarti bo‘yicha ruxsat etilgan darajadan oshmasligi lozim.
213. Barcha texnologik uskunalar, jumladan transport vositalari tovush quvvati darajalari va/yoki ish joylaridagi tovush darajalari ko‘rinishidagi shovqin tavsifnomalariga ega bo‘lishi lozim. Ular mavjud bo‘lmagan holda amaldagi standartlar bo‘yicha aniqlanishi lozim.
214. Transport vositalarining ish joylaridagi umumiy va mahalliy vibratsiya darajalari (vibrotezlik, vibrotezlanish) ularning texnik pasportlarida ko‘rsatilishi lozim. Ushbu ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan holda ular amaldagi standartlar uslublari bo‘yicha butunlay soz uskunada o‘lchanishi lozim.
215. Ish joylarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiya qilishda shovqin darajasini, umumiy va mahalliy vibratsiya darajalarini o‘lchash shart.
216. Ishlovchilarni ishlab chiqarishning zararli shovqinidan himoya qilish uchun jamoaviy va individual himoya vositalari qo‘llanilishi lozim, ular quyidagilarni qo‘llashni ko‘zda tutadi:
shovqinga qarshi texnik vositalar (shovqin manbaining tovush quvvatini kamaytirish, kam shovqinli texnologik jarayonlar va tovush izolatsiyasi vositalari);
qurilish-akustika vositalari (shovqinli va kam shovqinli texnologik uskunalarni ratsional joylashtirish, xonalarning tovush izolatsiyasi va tovush yutishini oshirish, akustik ekranlashtirish);
tovush izolatsiyalangan boshqaruv va kuzatuv kabinalarini qo‘llash;
tashkiliy-profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish (oqilona ish va dam olish rejimini tanlash, shovqin darajasi yuqori bo‘lgan sharoitda bo‘lish vaqtini qisqartirish, davolash-profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish);
tovush darajasi 80 dBa dan yuqori bo‘lgan ish joylarida individual himoya vositalaridan foydalanish.
217. Ventilatsiya, isitish qurilmalari, konditsionerlash tizimlari, havo kompressor stansiyalari va quvurlarning shovqinini kamaytirish uchun quyidagilar qo‘llanilishi lozim:
shovqin pasaytirgichlar va havo chiqish joylarida tovush izolatsiyasini o‘rnatish;
ventilyatorlar va elektr dvigatellarni vibratsiya va shovqin yutuvchi konstruksiyalarda o‘rnatish;
uskuna ostidagi fundamentlarning xona poli va devorlari bilan ajralishlarini tuzatish;
ventilyatorlarning kirish va chiqish teshiklarini egiluvchan moslamalar yordamida birlashtirish;
ventilyatorlar va elektr dvigatellari, harakatlantirish shkivlari va birlashtiruvchi muftalarning texnik holati, ventilyatorlar g‘ildiraklari va elektr dvigatellar rotorlari balansirovkasini nazorat qilish.
218. Tovushli ma’lumotlarni olish bilan bog‘liq ish joylarida (uskunalar ishini nazorat qilish, tovushli buyruqlar, ogohlantiruvchi signallar va hokazo) shovqindan individual himoya vositasi sifatida faqat shovqinga qarshi quloqchinlardan foydalanish lozim. Bunday ish joylarida boshqa turdagi vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
219. Ishlovchilarni umumiy va lokal vibratsiyaning zararli ta’siridan himoya qilish uchun jamoaviy va individual himoya vositalari qo‘llanilishi lozim, ularda quyidagilarni qo‘llash ko‘zda tutiladi:
vibratsiyaga qarshi kurash texnik vositalari (mashina va mexanizmlarning vibratsion xususiyatlarini yaxshilash, vibratsiyalanuvchi uskunalarning tagidagi fundamentni xona poli va bino devorlaridan ajratish, transport vositalaridagi ish joylarining vibroizolatsiya va amortizatsiyasi, ishlab chiqarish uskunasining texnik holatini nazorat qilish va hokazo);
tashkiliy-profilaktik tadbirlar (ratsional ish va dam olish rejimini tanlash, vibratsiyaning ta’sir vaqtini qisqartirish, davolash-profilaktika tadbirlari);
individual himoya vositalari (vibratsiyadan himoyalovchi poyabzal, qo‘lqoplar, gilamchalar va ish joylaridagi maydonchalar).
220. 12 dBa va undan yuqori darajadagi vibratsiya spektrining oktavali va uch oktavali chizig‘ida ruxsat etilgan darajadan yuqori bo‘lgan vibratsiya hosil qiluvchi mashina va mexanizmlar, qo‘l mashinalaridan foydalanish.
221. Qo‘l mashinalari va mexanizmlarining vibratsion xususiyatlarini o‘rganish bir yilda kamida bir marta amalga oshirilishi lozim.
222. Shovqin va vibratsiyaning ta’siri bilan bog‘liq kasbiy xastaliklar aniqlangan holda ularning sabablarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar qabul qilinishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Г.Г.Валуйко “Совеменнке способк производства винограднкх вин”-
М.1984.
2.С.М.Туробжонов ва бошкалар. Узбекистон Республикаси озик-овкат
саноати:Кискача тарихи;ривожланиш истикболлари; муаммолари.»Фан ва
технологи» нашириёти, Тошкент 2014,
3.К.А.Калунянц “Химия солода и пива” Москва. 1990 г.
4.N.Sh.Kuliev, N.Sh.Abdullaev, Q.Z.Shokirov Uzumchilik asoslari. T. 2010 y.
5.N.Sh.Abdullaev, K.Z.Shokirov,B.Sh.Isaev Bogdorchilik va uzumchilik
asoslari. Buxoro, 2010 y.
6.L.A.Ivanova, L.I.Voyno, I.S.Ivanova Pishevaya biotexnologiya. Kniga 2.
Moskva,2008 g.
7.X..T.Salomov, Sh.Salomov Sharobchilikda texno kimyoviy nazorat.
Toshkent 2007 y.
8.N.Sh.Abdullaev, P.N.Ro’ziyev, O.N.Raxmatov Vino maxsulotlari islab
chiqaris texnologiyasi. Toshkent, 2012 y.
И.С.Х.Абдураззокова, Г.Рустамбекова “Шароб биокимёси”-Т.2005.
9.Ш.И.Хакимова “Шаробчилик микробиологияси”-Т.2005.
10 Н.Кишковский, А.А.Мержаниан “Технология вина”.-М. 1984.
11.Е.П.Шольц, В.Ф.Пономарев “Технология переработки винограда”-
М.1990.
12.Л.Т.Вакарчук “Технология переработки винограда”-М.1991.
Download 0,6 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Shovqin, vibratsiya xavfsizligiga oid talablar

Download 0,6 Mb.