- mashg’ulot jarayoni mazmunini texnologik pasport va texnologiya xarita
yordamida yoritish;
- O’quv materiali mazmunini yorituvchi slaydlarni tayyorlash;
- o’quv mashg’ulotlarini axborot texnologiyalari, interfaol metodlar yordamida
tashkil etish;
- ixtisoslik fani xususiyatidan kelib chiqqan holda
turli texnik vositalardan
foydalanish;
- mashg’ulotlarda proektorni qo’llay olish;
- o’quv materiallarini audio va video yozuvlari, taqdimot asosida bayon qilish;
- bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagogilarda o’quv materialini mustahkamlash
va o’quv topshiriqlarini berishda axborot texnologiyalarini qo’llash;
- kompyuter imkoniyatlaridan foydalanishga doir o’quv topshiriqlarini ishlab
chiqish;
- bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagogilarning bilim, ko’nikma va
malakalarini
baholashni kompyuter asosida tashkil etish;
- bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagogilarning bilim olganlik va
tarbiyalanganlik darajalarini tashxis qilishda kompyuter yordamiga tayanish va boshqalar.
UMUMIY XULOSA
Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning
munosib farzandlari qilib
tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining
siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z
mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z
mahoratini
doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam beradi. Demak,
tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va
jamiyatning
qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha
tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi
va bolalarning yosh
xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil
qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har
tomonlama rivojlantirish
muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi.