• 1.Asetilen ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
  • MAVZU: ORGANIK MODDALAR ISHLAB




    Download 96.51 Kb.
    bet6/38
    Sana09.02.2023
    Hajmi96.51 Kb.
    #41670
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    Bog'liq
    Kuritish jarayoni ob’ektini avtomatlashtirish
    1 Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog’lig’ini himoya , Farg‘ona politexnika instituti Yengil sanoat va to’qimachilik fakulteti, 1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri, Медиа силлабус Кундузги 1-курс, Chiniqtirish jurnali yoz mavsumi 2022YIL, exel diagramma, 2 5199924133697163449, \'ishlanma, 96 Мева сабзавотларни сақлаш усуллари (2), 97 Қишлоқ хўжалиги экинлари зарарли организмларига қарши кураш, BMI rejalari, Баённома, Abduvahobova Durdona Web dasturlash HTML CSS, Lotin tili va tibbiy farmatsevtik terminologiya asoslari. Israilova M.N
    MAVZU: ORGANIK MODDALAR ISHLAB CHIQARISH 
    JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISH. 
    GRANULALASH JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISH. 
     
    Reja : 
    1.Asetilen ishlab chiqarishni avtomatlashtirish. 
    2. Granulalash jarayonini avtomatlashtirish. 
    3. Granulalarni quritish jarayonini avtomatlashtirish. 
    4. Yog‟ni ekstraksiyalash jarayonini avtomatlashtirish. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     

    193 


    Adabiyotlar: 
    1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari”, -Toshkent, 1997 
    y. 
    2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”, -
    Toshkent, 1982 y. 
    3. Mansurov X.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y. 
    4. Майзель М.М “Основы автоматики и автоматизации производственных процессов ”, - 
    Toshkent, 1964 
    1.Asetilen ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 

    Tabiiy gazni piroliz qilib asetilen ishlab chiqarishning texnologik sxemasi quyidagi 


    bo‟limlardan iborat :

    Kompressiya va piroliz bo‟limi. Dastlab isitkich 3 da isitilgan tabiiy gaz reaktor 4 ga 


    uzatiladi.(1-rasm) .Dastlabki homashyo – metanning bir qismi yoqilishi natijasida asetilen hosil 
    qilishning endotermik reaksiyasini o‟tkazish uchun zarur 1400-1500 

    S temperaturaga erishiladi. 
    Yonish uchun zarur kislorod turbokompressor 1 da siqiladi va isitkich 2 da isitiladi.Yonish jarayonini 
    barqarorlashtirish uchun reaktorga qo‟shimcha ravishda uzluksiz biroz miqdorda kislorod ( 
    barqarorlantiruvchi 
    kislorod) 
    kiritiladi.Yuqori 
    temperaturalarda 
    asetilen 
    olish 
    reaksiyasi 
    qaytuvchidir.Asetilenning parchalanishi oldini olish uchun pirogaz sovuq suv yoki benzin purkash 
    yo‟li bilan “ toblanadi “. 

    Piroliz gazlarida asetilen (7-8 %) va boshqa mahsulotlar bo‟ladi.Reaktorning quyi 


    qismidanqurum texnik uglerodni (qurumni) ajratkich 5 yordamida chiqarib tashlanadi. Piroliz gazlari 
    reaktordan keyinchalik sovitish va qurumdan tozalash uchun skrubberga kelib tushadi.
    Nozik tozalovchi elektrofiltr 7 piroliz gazlarini qurumdan deyarli to‟la tozalaydi. 

    Piroliz gazlari kompressiyasi bo‟limi. Sovitkich 8 da sovitilgan piroliz gazlari olti bosqichli 


    kompressor 11 ga keladi, u erda 0,9 MPa bosimgacha siqiladi.Kompressorning yuritmasi hisoblangan 
    turbinasiga piroliz gazlaridan haydalgan sintez-gaz ( S
    0
    –N
    2
    aralashmasi) uzatiladi ;
    turbinadan keyin u istemolchiga yo‟llanadi. Sintez-gazning talab qilingan tarkibi gazgolder 9 da 
    taminlanadi. Sintez-gaz issiqlik almashgich 10 da isitiladi. 

    Konsentrasiyalangan bo‟limi. Siqilgan pirogaz dimetilformamid bilan sug‟oriladigan 


    absorbsion kolonna 13 ga tushadi. Kolonnada eritkich hamma diasetilenni va biroz miqdorda asetilenni 
    yutadi. To‟yingan absorbent desorbsiya 14 kolonnasiga uzatiladi, tozalash va bir vaqtda bosimni 
    pasaytirish hisobiga erigan asetilen ajraladi. Ajralgan gaz (sirkulyasion) kompressorning so‟ruvchi 
    tizmasiga yo‟llaniladi. 

    Eritgichda qolgan diasetilen haydash uchun desorbsiya kolonnasi 17 hizmat qiladi.Undagi 


    jarayon yuqori temperaturada va bir vaqtda sintez-gazni tozalash yo‟li bilan olib boriladi.To‟yingan 
    eritkichni issiqlik almashkich 16 da isitish yo‟li bilan erishiladi ; vakuum-nasos 18 vakuum hosil 
    qiladi. 

    194 

    Yuvilgan pirogaz kolonna 13 ning yuqorisidan kolonna 19 ga keladi, u erda asetilen 
    dimetilformamid bilan , uning gomologlari, shuningdek biroe miqdordagi sintez-gaz absorbsiyasi yuz 
    beradi. Sintez-gazning asosiy qismi 19 kolonnaning yuqori qismidan chiqariladi. To‟yingan absorbent 
    19 kolonnadan 20 desorbsion kolonnaning yuqori qismiga uzatiladi, u erda bosimning pasayishi 
    natijasida dimetilformamid eritmasidan yomon eruvchi gazlarning (sirkulyasion gaz) katta qismi 
    ajraladi.Bu gazlar kolonna 20 ning yuqori qismidan chiqarib yuboriladi.Dimetilformamid kolonnaning 
    o‟rta qismiga uzatilayotgan asetilen hom ashyosiga qarshi kolonna kubiga oqib tushadi. 

    Asetilen homashyosi asosan asetilenning dimetilformamid yutadigan yuqori asetilenli 


    uglevodorodlar bilan aralashmasidan iborat.Kolonna 20 da olinadigan asetilen – konsentrat 
    dimetilformamid qoldiqlarini suv bilan yuvish uchun yuvgich 21 ga yo‟naladi.CHiqarib yuborilgan 
    (chetlashtirilgan) dimetilformamid 20 kolonnaga qaytadi. 

    Desorber kubidan eritkich issiqlik almashgich 23 ga uzatiladi, unda 104 


    0
    S gacha qizdiriladi, 
    so‟ngra desorbsion kolonna 24 ning yuqori qismiga keladi. Bosimning pasayishi va temperaturaning 
    ortishi hisobiga bu kolonnada dimetilformamiddan asetilen ajraladi . Asetilen kolonnaning yuqori 
    qismidan qaytariladi. 

    Desorber 24 dan eritkich vakuum desorbsion kolonna 25 ga oqib tushadi.Kompressor 26 


    yordamida kolonnada vakuum hosil qilinadi. Kompressor so‟rib olayotgan asetilen homashyosi 
    desorber 20 ga yo‟llanadi, kolonna tubidan oqib tushayotgan eritkich bug‟latkich 27 ga tushadi, u erda
    dimetilformamiddan suv bug‟lanib ketadi.Bug‟latkichdan chiqarilayotgan bug‟-gaz aralashmasi suv 
    va eritkich bug‟laridan, shuningdek yuqori asetilenli uglevodorodlardan tashkil topgan.U yordamchi 
    kolonnaga (sxemada ko‟rsatilmagan) haydash uchun keladi. 

    Piroliz jarayonini avtomatlashtirish. Piroliz jarayonining samaradorligi ko‟rsatkichi asetilen 


    chiqishi ( ajralishi) hisoblanadi, boshqarish maqsadi esa uni berilgan qiymatda tutib turishdan 
    iborat.Asetilenning chiqishi ( ajralishi) tabiiy gazning tarkibi, reaktordagi temperatura va tabiiy 
    gazning reaksiya zonasida bo‟lish vaqti bilan aniqlanadi. Tabiiy gazning tarkibining o‟zgarishi bilan 
    obektda g‟alayonlanishlar paydo bo‟ladi.Bunday g‟alayonlanishlar paydo bo‟lganda tabiiy gazdagi
    metan to‟liq reaksiyaga kirishib ketishi uchun reaktordagi temperatura barqarorlashtirilmaydi, balki 
    piroliz gazlaridagi metan konsentrasiyasiga qarab o‟zgartiriladi. Bu temperatura yondirilayotgan gaz 
    miqdori va reaktorga berilayotgan metan va kislorodning nisbati bilan aniqlanadi.Tabiiy gaz va asosiy 
    kislorod oqimi sarflari nisbatini rostlovchi rostlagich o‟rnatiladi.Aniq rostlash uchun ikki konturli 
    sistema qo‟llaniladi, unda asosiysi piroliz gazidagi metan konsentrasiyasini rostlovchi rostlagich
    yordamchisi esa – baypas chizig‟ida kislorod sarfini rostlovchi rostlagich hisoblanadi. 

    Reaktor gorelkalarida alangani barqarorlashtirish uchun sarf rostlagichi yordamida 


    barqarorlashtiruvchi kislordning doimiy sarflanishi taminlanib turiladi. Shu maqsadda yana tabiiy gaz 
    va kislorodning temperaturalari doimiy qilib turiladi.Asetilen parchalanishining oldini olish uchun 
    piroliz gazlari temperaturasi reaktorga toblash uchun kiritiladigan sovuq suv sarfini o‟zgartirib 
    barqarorlashtiriladi. 

    Tabiiy gazning reaksiya zonasida bo‟lish vaqti gazning reaktor orqali o‟tish tezligiga bog‟liq 


    bo‟lib, u reaktorning bosim rejimi orqali aniqlanadi.Meyordagi bosim rejimini saqlab turish uchun 
    tabiiy gaz va kislorod bosimini rostlovchi rostlagichlar o‟rnatiladi.Bunda turbokompressor 1 ning 
    haydash chizig‟idagi kislorodning bosimi kislorodning haydash materialidan so‟rish magistraliga 
    drossellash orqali barqarorlashtiriladi. 

    Piroliz gazlarining skubber 6 da qurumdan berilgan darajada tozalanishi skubberga 


    uzatilayotgan suv sarfi rostlagichini o‟rnatish bilan erishiladi. 


    Download 96.51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 96.51 Kb.