|
Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari
|
bet | 2/9 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #132478 |
Bog'liq Ro\'zika kurs ishisi 2Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari:
Bugungi kunda ilmiy, uslubiy adabiyotlarda ma’lum bo’lgan, innovatsion ta’limiy texnologiyalarga oid nazariy ma’lumotlarni o‘rganish va bayon qilish.
Akademik litseylarda „Elektrodinamika asoslari‘‘ o‘quv fani bo’yicha yangi ta’lim texnologiyasining konseptual asoslarini ishlab chiqish.
,,Faradeyning elektroliz qonunlari‘‘ mavzusi bo’yicha ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarni o‘tishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish uslubiyatini ishlab chiqish.
Mavzu bo‘yicha talabalar bilimini sinash uchun organayzerlar tuzish.
Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi:
Akademik litseylarda ,,Elektrodinamika asoslari‘‘ kursining ,,Faradeyning elektroliz qonunlari‘‘ mavzusiga oid maruza amaliyot va laboratoriya darslarini o‘tish uchun innovasion ta’lim texnologiyalari, ya’ni ma’ruzalarning ta’lim texnologiyasi modellari va xaritalari ishlab chiqildi.
„Faradeyning elektroliz qonunlari‘‘ mavzusi bo‘yicha ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarni o‘tishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish uslubiyatini ishlab chiqildi.
,,Faradeyning elektroliz qonunlari‘‘ mavzusi bo’yicha o’tiladigan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlariga doir organayzerlar tuzilib ularni mashg’ulotlarga qo’llash uslubiyati ishlab chiqildi.
Kurs ishini ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu kurs ishida bajarilgan ilmiy uslubiy ishlar akademik litseylarda „Elektrodinamika asoslari” kursining boshqa mavzularni ham innovatsion ta’lim texnalogiyalaridan foydalanib o’qitish uslubiyatini ishlab chiqish uchun uslubiy yo‘nalish beruvchi namunaviy asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Kurs ishida yaratilgan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning yangi ta’lim texnologiyalari ishlanmalaridan unversitetda dars berayotgan o‘qituvchilar dars o’tish jarayonlarida foydalanishlari mumkin.
|
| |