Kurs ishi mavzu: Akademik litseylarda,, Elektrodinamika‘‘ bo‘limini o‘qitish metodikasi Bajardi: Otajonova r kurs ishi rahbari: Bazarboyev r urganch-2022 mundarija: kirish




Download 0,65 Mb.
bet3/9
Sana08.01.2024
Hajmi0,65 Mb.
#132478
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ro\'zika kurs ishisi 2

I BOB. MILLIY TA’LIM ISLOHOTI VA FIZIKANI O’QITIShNING
DOLZARB MUAMMOLARI
1.1. Milliy ta’lim islohoti hayotiy zaruriyat ekanligi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishga kirishdik. Har qanday jamiyatning kelajagi nafaqat yer usti va yer osti tabiiy boyliklari bilan balkim o‘zining yuksak ma’naviyati va madaniyati bilan ham belgilanadi. Yuksak ma’naviyat va madaniyatga esa mukammal ta’lim-tarbiya tizimining ma’lum bir muddat mobaynidagi faoliyati natijasida erishilishi o’z-o’zidan ayon. Xo’sh, shu nuqtai-nazardan olganda istiqloldan oldingi ta’lim-tarbiya tizimi to’risida nimalarni aytish mumkin? Birinchidan, bizga sho’rolar davridan meros bo’lib qolgan ta’lim-tarbiya tizimi zamona talabiga javob bera olmay qoldi. Ikkinchidan, mustaqillikdan oldin va undan keyingi dastlabki yillarda ta’lim-tarbiya va o’quv jarayonida olib borilgan o’zgarishlar va tadbirlar yuzaki bo’lib, uzluksiz ta’lim tizimining muammolarini yechishga qodir emas edi. Uchinchidan, ta’lim va tarbiya tizimi zamona talabiga, ya’ni iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar talabiga javob bera olmay qoldi. Ta’lim tizimidagi muammolar: maktablarning moddiy bazasining juda nochorligi, o’qituvchilar malakasining pastligi, o’quv jarayonining mukammal emasligi, eski qolipda yozilgan darsliklar, bitiruvchilar malakasining pastligi, o’quvchi bilan o’qituvchi orasidagi munosabat, o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatining pastligi, 11 yillik majburiy ta’limning ilmiy asoslanmaganligi, 9-sinfni bitirayotgan yoshlarning 55%-i 10- 22%-i, hunar-texnika yoki maxsus o’quv yurtlarda o’qishni davom ettirsa, qolganlari ko’chada qolayotganligi. 11-sinfni bitirayotgan yoshlarning ko’pchiligi hech qanday malaka va kasb-hunar egallamayotganligi kabilar edi. Ahvol juda achinarli bo’lib ayniqsa, viloyat va tumanlardagi hunar-texnika bilim yurtlarida o’quv texnika bazasining nochorligi, o’qitish sifatining pastligi va zamon talabiga javob bermasligi aniq bo’lib qolgandi.
Akademik litseylarda ta’lim tizimi islohoti. Birinchidan, akademik litseylarda ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan talabalar ehtiyojni qanoatlantiradimi, ular zamon talabiga javob bera oladilarmi? Ta’lim tizimidagi eskicha o’quv dasturi, eskicha asbob-uskunalar, zamonaviy darsliklar va uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlanmaganlik mutaxassislar sifatiga hamon salbiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Bu sohada to’plangan kamchiliklar:

  1. Akademik litseylarda bitirayotgan yoshlarimiz qanday talablarga javob berishini aniqlab olish.

  2. Bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlarni tanlab olishning obyektiv adolatli tizimi va tartibini o’rnatish hamda yetarli ma’lumot olish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish.

  3. Akademik litseylarda necha xil mutaxassislik bo’yicha ta’lim berish lozimligini aniqlash.

  4. Zamonaviy mutaxassis tayyorlash uchun zamonaviy ta’lim va tarbiya bazasini yaratish. O’quv yurtlari rahbarlari, o’qituvchi-professorlarning ish haqini muvofiqlashtirish.

  5. O’quv dasturi va dasturlarni zamonaviy talablar darajasiga moslashtirish, ularning zaif tomonlarini bartaraf etish.

  • Uzluksiz ta’lim tizimini yaratish, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish.

  • Davlat ta’lim standartlarini yaratish va ijrochi mexanizmini ishlab chiqish.

  • Ixtisoslik, malaka darajasiga ko’ra mutaxassislarga bo’lgan umumdavlat va mintaqaviy talablar istiqbolini aniqlash.

  • Ta’lim tizimini isloh qilish, o’qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash.

  • Kasb tanlash bo’yicha davlat va ijtimoiy muassasalarning faoliyatini takomillashtirish.

  • O’quvchilarni Vatanga sadoqat, yuksak axloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.

  • Ta’lim muassasalarini moliyaviy, moddiy-texnikaviy ta’minlash me’yorlarini oshirish va uning mexanizmini takomillashtirish.

  • Chet el sarmoyalarini jalb etish.

  • Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirishda kafil bo’lmog’i zarur.

Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari

  1. Ta’limning uzluksizligini ta’minlash.

  2. Pedagogik va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

  3. Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish.

  4. Ma’naviy -axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar.

  5. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar.

  6. Ta’lim tizimini boshqarish.

  7. Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish.

  8. Ta’lim tizimini moliyalash.

  9. Moddiy texnika ta’minoti.

  10. Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish.

  11. Ta’lim xizmati ko’rsatish bozorini rivojlantirish.

  12. Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash.

  13. Fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish.

  1. Ishlab chiqarish va ta’lim tizimining integratsiyalashuvini rivojlantirish.

  1. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik.



Download 0,65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs ishi mavzu: Akademik litseylarda,, Elektrodinamika‘‘ bo‘limini o‘qitish metodikasi Bajardi: Otajonova r kurs ishi rahbari: Bazarboyev r urganch-2022 mundarija: kirish

Download 0,65 Mb.