|
I BOB. AKADEMIK LITSEYLARDA «ELEKTRODINAMIKA ASOSLARI» KURSINI O’QITISH STRUKTURASI VA MASHG’ULOTLARNING O’QUV DASTUR BO’YICHA TAQSIMOTI
|
bet | 5/9 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #132478 |
Bog'liq Ro\'zika kurs ishisi 2I BOB. AKADEMIK LITSEYLARDA «ELEKTRODINAMIKA ASOSLARI» KURSINI O’QITISH STRUKTURASI VA MASHG’ULOTLARNING O’QUV DASTUR BO’YICHA TAQSIMOTI
2.1. «Elektrodinamika asoslari» kursini o’qitish
Fizika fanini o’rganishning asosini umumiy fizika fani, shu jumladan, uning bo’linmas qismi bo’lgan —Elektrodinamika asoslari” kursi tashkil qiladi. Fan mavzularini chuqur o’rganish, Elektr va magnetizm hodisalari bilan boliq bo’lgan fundamental va amaliy masalalarni yechishda, murakkab elektr jihoz asboblarni yaratishda va keng qo’llanilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quv fanining maqsad va vazifalari: Akademik litseylarda «Elektrodinamika asoslari» fani maqsadi tabiatdagi Elektr va magnetizm hodisalarining asosiy qonun va qonuniyatlarini o’rganishdan iborat, shuningdek umumiy fizika kursining keyingi bo’limlari-optika, atom fizikasi va nazariy fizikaning elektrodinamika qismini o’rganishga asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, bu fandan olingan bilimlar va ko’nikmalar, «Radioelektronika asoslari», elektrodinamika fanlarini nazariy va amaliy jihatdan o’rganish uchun, hamda fizika fanini bir qator maxsus kurslarini o’rganishga asos bo’lib xizmat qiladi. Fanni o’rganishdagi asosiy vazifalar ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, o’qitishning interaktiv uslublari va vositalaridan foydalaniladi.
Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan
talablar:
Elektrodinamika asoslari fanining asosiy qonunlari, analitik formulalarining, fizik jarayonlarning mazmuni va ma’nosi bilishi tushiniladi. Elektr va magnit hodisalarni grafiklarda tahlil qilish. Fizik kattaliklar ma’nosini, birliklarini va ularni taqqoslash. Fizik tajribalar, namoyishlar va hodisalarni fizik qonun va prinsiplari asosida tavsiflashni o’rgatish.
Umumiy talab darajasidagi masalalarni yechish va tahlil qilish. Fizik masala va tajriba natijalarini har xil o’lchov sistemalarida matematik hisoblash usullarini qo’llay bilish va ularni nostandart masalalarga tadbiq etish ko’nikmalarini shakllantirish.
3.Oddiy elektr zanjirlarni tuza bilish, o’lchashlarni bajarish va natijalarni bir necha usullarda hisoblash, xatoliklarini aniqlash. Murakkab elektr o’lchov asboblaridan to’g’ri va aniq foydalanish malakalariga ega bo’lishini ta’minlash.
Fan umumiy fizika kursining mexanika, molekulyar fizika bo’limlaridan so’ng o’qitiladi.
Mazkur fanni o’rganish uchun zarur bo’lgan fanlar —“Matematika” umumiy fizika kursining —“Mexanika”, —“Molekulyar fizika”, hamda ta’lim yo’nalishining boshqa fanlari bilan uzviy bog’liqdir.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Fan bo’yicha olingan bilimlar O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi — “Elektronika”, —“Fizika - texnika”, — “Issiqlik fizikasi”, — “Amaliy fizika” ilmiy tekshirish institutlarida va —“Fanon” hamda — “Foton” ishlab chiqarish birlashmalarida talabalarni yetarli bilim va tajribalariga tayangan holda ishlar olib borishda muhim ahamiyatga egadir.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
« Elektrodinamika asoslari » fanini akademik litseylarda o’qitishda elektr va magnit hodisalar qonunlarini namoyishi, o’quv kino filmlari, kompyuterlashtirilgan multimediyalardan foydalanish. Internet tarmoidan ko’rgazmali materiallardan, shuningdek ilor pedagogik texnologiyalardan foydalanish mumkin.
“Elektrodinamika asoslari” kursini loyixalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini tulaqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyixalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishini nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z- o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini,_dialektik mushoxadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kinsh, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyixalash usullari, amaliy ishlar.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va gurux.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, bilish-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini taxlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, quyilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi xarakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: O’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
I BOB. AKADEMIK LITSEYLARDA «ELEKTRODINAMIKA ASOSLARI» KURSINI O’QITISH STRUKTURASI VA MASHG’ULOTLARNING O’QUV DASTUR BO’YICHA TAQSIMOTI
|