|
Didaktik tamoyillar va uni fizikani o’qitishda qo’llanilishi
|
bet | 4/9 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #132478 |
Bog'liq Ro\'zika kurs ishisi 21.2. Didaktik tamoyillar va uni fizikani o’qitishda qo’llanilishi.
Bugungi kunning fizika o’qituvchisi fizika fanidan mukammal bilimga ega bo’lishi bilan birgalikda u zamonaviy o’qitish qonuniyatlaridan ham chuqur bilimga ega bo’lish zarur. Fizikadan o’quv jarayonini tashkil etishda didaktik qoidalarga amal qilingandagina o’qitish samarali bo’lishi mumkin. Ta’lim nazariyasi bilan didaktika fani shug’illanadi. Didaktika faniga birinchi bo’lib chex mutafakkiri YA.A. Komenskiy asos soldi va o’zining “Buyuk didaktika” (1630-yil) asarini yaratdi. Keyinchalik Didaktika asoslari J.J. Russo, I.G. Pistolosum, V.Disterverg, K.D. Ushinskiylar tomonidan rivojlantirildi. Didaktika tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:
Ta’limning ilmiyligi va elementarligi.
Ta’limning sistematikligi.
Nazariya bilan amaliyotning birligi.
Ta’limning onglilik va ijodkorligi.
Ko’rgazmalilik.
Ta’limning mustahkamlik tamoyili.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika ta’limining ilmiyligi zamon talabidan kelib chiqib, u o’quv dasturlarida va darsliklarda o’z aksini topadi. Jamiyatning rivojlanishi, fizika faninnig kengayib borishi bilan umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan fizika fani mazmuni ham yangilanib boradi. Fizika fani sohasida yangi-yangi kashfiyotlar qilinmoqda, ammo ularning barchasini maktab dasturiga kiritishning imkoni yo’q. Shuning uchun fizika fani sohasida qilinayotgan yangiliklarning eng muhimlari tanlab olinib o’quvchilarning yoshini e’tiborga olgan holda bayon etilishi lozim. Elementarlik deganda, o’quv mavzusini siyqalashtirish, yuzakilashtirish deb tushinmaslik kerak, o’quv mavzusining ilmiyligini saqlab qolish bilan birgalikda, uni zamonaviy o’quv vositalari va usullar yordamida o’quvchi tushunadigan tarzda bayon etish lozim. Tushinarlik yoki elementarlik tamoyilini amalga oshirish uchun o’qituvchidan oddiydan murakkabga, konkret narsadan abstrakt narsaga o’tish, o’quvchilarning individual xususiyatlarini, ularning tayyorgalik darajasini hisobga olishni taqoza etadi.
Ta’limning sistematikligi. Ta’limning sistemali va izchilligi ta’lim maqsadlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim vositasi bo’lib hisoblanadi. Fizik ta’limning sistemaliligini quyidagicha izohlash mumkin. Agar o’qitish jarayonini sistema deb qarasak va unda sistemali tahlil usulini qo’llash kerak bo’ladi. Fizikani sistemali tarzda o’qitish o’qituvchidan quyidagilarni nazarda tutishni taqoza etadi. O’quv mavzularini yillar bo’yicha mantiqan, izchil joylashtirilishi va fanlar o’rtasidagi aloqani hisobga olish. O’quv predmeti bo’yicha mavzularni izchil joylashtirilishi.O’quv mavzusini o’qituvchi tomonidan sistemali va izchil bayon etilishi. Amaliy, laboratoriya, yozma ishlar va mashqlar yechish darslarini tashkil etishda o’quvchilar bilimini, ko’nikma va malakalarini hisobga olish, ularning bilimini nazorat qilib borish, muntazam sistema holiga keltirish lozim .
Fizika fanini o’qitishda sistemali tahlil usuli bilan keyinchalik yanada kengroq tanishamiz. Ta’lim jarayonidagi mavjud nuqsonlarning barchasi uning sistemaliligidan uzoqligidir.
Nazariya bilan amaliyotning birligi. Fizikani o’qitishda nazariya bilan amaliyotning birligi tamoyili o’quv maksadini amalga oshirishning muhim omili bo’lib hisoblanadi. Fizika fanining taraqqiyoti va kelajakdagi rivoji nazariya bilan amaliyotning birligiga asoslanadi. Fizika tarixiga nazar solsak ba’zi fizik jarayonlarning nazariyasi yaratilib keyinchalik tajribada isbotlangan bo’lsa, ba’zi jarayonlar avval tajribada ochilib, keyin uning nazariyasi yaratilganligining guvohi bo’lamiz. Demak, nazariya bilan amaliyot o’rtasida dialektik munosabat mavjud. Xuddi shuningdek, fizikani o’qitish jarayonida nazariya va amaliyotning birligini to’ri tashkil etish o’qitish samaradorligini ta’minlashning vositasi bo’lib xizmat qiladi. Fizikani o’qitishda nazariya va amaliyotning aloqasini ta’minlash va amalga oshirish oddiy ish emas. Bu masalani hal etishda ikkita xatolikka yo’l qo’yilishi mumkin: nazariyaga katta ahamiyat berib amaliyotni kamsitish yoki amaliyotga haddan ortiq ahamiyat berilib, nazariyaga yetarli e’tibor bermaslikdan ehtiyot bo’lish kerak. Pedagogik tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar uchun nazariya bilan amaliyotni bir-biriga bolash juda qiyin kechadi. Bu muammo to’ri yo’lga qo’yilgan ta’lim usullari orqali asta-sekin hal etilib boriladi.
Ta’limning onglilik va ijodkorlik tamoyili. Ta’limning onglilik tamoyili o’qitish sifati bilan bog’liq. O’quvchilar olgan bilim yuzaki, mexanik, yodlab olish tarzida kechsa u hech qanday samara bermaydi. Ta’lim sohasida milliy islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi paytda bozor iqtisodiyotiga mos raqobatbardosh, har tomonlama kamol topgan yoshlarni tarbiyalash har qachongidan ham muhim vazifa hisoblanadi. O’quvchilarni darsga ongli ishtirok etishlari bir necha omillarga bog’liq: 1) O’quv maqsadi (motiv). 2) O’qitish uslubi. 3) O’quvchilar psixologiyasi.
Ta’limning onglilik tamoyili amalga oshirilgan taqdirda o’quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik xislatlarini shakllantirishga erishish mumkin. Mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv kabi tushunchalar tez o’zgaruvchan bozor iqtisodi sharoitida yoshlardan talab etilayotgan asosiy vazifa hisoblanadi.
Ta’limning ko’rgazmalilik tamoyili. Didaktika tarixiga nazar solsak ta’limning ko’rgazmalilik tamoyiliga katta e’tibor berilganligining guvohi bo’lamiz.
Ko’rgazmalilik tamoyili YA.A Komenskiy tomonidan kashf etilgan deb aytiladi. Ta’limning ko’rgazmaliligiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. —Ta’lim mavhum tasavvurlar va so’zlar asosida emas, balkim o’quvchi bevosita idrok etadigan konkret obrazlar orqali amalga oshiriladi”. Ko’rgazmalilik usuli turli yoshdagi o’quvchilarda turlicha yo’llar bilan amalga oshiriladi. Fizika fanini ko’rgazmali usulda o’qitish turli xildagi O’TV, zamonaviy kompyuterlar vositasida amalga oshiriladi. Hozirgi paytda ko’zga ko’rinmas va tez kechadigan fizik jarayonlarni kompyuter orqali modellashtirish ta’lim jarayoniga kirib kelmoqda. Ko’rgazmalilik usuli ta’limning samaradorligini oshirishga, o’quvchilarni darsga qiziqish bilan ishtirok etishlarini ta’minlab o’quvchilarni fizika fanidan chuqur va mustahkam bilim olishlariga imkoniyat yaratadi. Shuni ham yoddan chiqarmaslik lozimki, ko’rgazmalilik usuli ozaki bayon usuli bilan ham ohang olib borilishi lozim. Didaktikada so’z bilan ko’rgazmalilikni qo’shib olib borishning ikki yo’li mavjud. Birinchi yo’l o’qituvchi mavzuni bayon etishdan avval ko’rsatma qurollar yordamida hodisani namoyish etadi. Ikkinchi yo’l ko’rgazma qurol namoyish etishdan avval uning bayoni beriladi. Bu ikkala usuldan qaysi biri samaraliroq hisoblanadi? Bu ikkala usuldan qaysi birini tanlash dars mavzusiga boliq, birinchi usulda muammoli vaziyat vujudga keladi va u o’quvchilar diqqatini oshiradi, dars mavzusini ongli o’zlashtirishiga erishiladi, ikkinchi usulda esa vaqt kamroq sarflanadi.
Ta’limning mustahkamlik tamoyili. O’quvchilarning fizikadan o’zlashtirgan bilimlarini mustahkamligi ta’limning eng asosiy talabi hisoblanadi. Uni qanday amalga oshirish mumkin? Muayyan sistemada, mantiqan izchilikda berilgan o’quv materiali o’quvchilar ongida uzoq saqlanadi. Shuning uchun fizikani o’qitish jarayoni yangi pededagogik texnologiyalar asosida olib borilishi lozim. Yangi pedagogik texnologiya asosida sistemali tahlil usuli yotadi. Mustahkam va chuqur bilimga ega o’quvchilargina mustaqil fikrlash, mavzuga ijodiy yondashuv kabi qobilyatni egallaydilar. O’quvchilarga zamonaviy bilim berish uchun ularni fizika fanining keyingi paytda erishgan yutuqlaridan xabardor qilish zarurdir. Fizika fanining keyingi yutuqlaridan eng asosiylarini o’quvchilar tushuna oladigan tarzda berish FO’U fani zimmasiga tushadi. Bu muammo o’quv dasturlarida, darsliklarda yoritilib boriladi.
Yangi pedagogik texnologiyalar, uning mazmuni va maqsadi. Respublikamizda ta’lim sistemasi isloh qilinmoda. «Kadrlash tayyorlash milliy darsturi» va «Ta’lim to’risidagi» qonunlarda ta’lim jarayoniga ilor pedagogik texnologiyalarni, ta’limning yangi uslubi va shakllarini tadbiq etish ko’zda tutiladi. Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish oyasi 1960-yillarda rivojlangan mamlakatlar: AQSH, Yaponiya, Angiliya, Italiyada joriy etila boshlangan edi. Ushbu mamlakatlarning pedagogik tajribalari shuni ko’rsatmoqdaki, yangi pedagogik texnologiyalar o’zining hayotiyligini har tomonlama namoyon etmoqda. YAPT tushunchasi sanoatdagi texnologik jarayondan bilvosita analogiya sifatida olingan. YAPT da yagona ta’rif mavjud emas hozirgi kunda unga 15 ga yaqin ta’rif berilgan. Shular ichida —YUNESKO” tomonidan berilgan ta’rif ancha mukammal hisoblanadi: — Pedagogik texnalogiya” bu inson va texnika imkoniyatlarining o’zaro ta’siri va aloqasini hisobga olib o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish va qo’llashning eng maqbul yo’llarini aniqlashning sistemali usulidir”. Texnologiya lotin tilidan olingan bo’lib techno - san’at, mahorat, ko’nikma, Logos-ta’limot, tayyorlash degan ma’nolarni anglatadi. YAPT ning asosida sistemali tahlil turadi. Ta’lim jarayoni sistema deb qaralsa, sistemaning tarkibi va stukturasini aniqlash YAPT ning asosiy vazifasi hisoblanadi. U zamonaviy o’quv-uslubiy majmuasini yaratish, o’quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash, o’qitishning yangi samarali vositalaridan foydalanishga asoslangan o’quv jarayonini yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Ta’lim jarayonini ham sanoat texnologiyasi darajasiga ko’tarish, ya’ni bajaruvchining shaxsiga boliq bo’lmagan holda texnik hujjatlar talablariga to’la rioya qilinganda sifati kafolatlangan mahsulot chiqarishga erishish zamon talabi hisoblanadi. Bizga o’tmishdan meros bo’lib qolgan pedagogik jarayon rus pedagogi A.S. Makarenko qayd etganidek — Bizda ta’lim hech qachon mantiq asosida qurilmagan, balki hamma vaqt axloqiy targ’ibot mantiq asosida qurilgan.” Shu bois bizda ishlab chiqarishning muhim bo’limlari umuman yo’q. Chunki o’quv maqsadlarining rang-barangligi, ta’lim mazmunining elementlari va o’quv materialining xilma-xilligi, ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlari va boshqa ko’pgina omillar ta’lim jarayonini samaradorligiga xalaqit beradi. Ta’lim jarayoni murakkab, ochiq boshqariladigan, nochiziqli dinamik sistema hisoblanadi. Sistemali tahlil asosida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishdan ko’zga tutilgan maqsad: birinchidan, o’quvchilarning darsda faolligini oshirish, mustaqil fikrlash, ijodkorlik kabi xislatlarini shakllantirish uchun o’qituvchilarni noan’anaviy o’qitish usullari bilan qurollantirish, ikkinchidan, o’quvchilarni sezgi, idrok, tasavvur, hissiyot, xarakter kabi ichki ruhiy faoliyatini kuchaytirish orqali o’qish va o’rganishning noan’anaviy usullari bilan tanishtirish. Texnologiya tushunchasi bilan bog’liq ravishda texnologik xarita atamasi yuzaga keldi. Texnologik xarita- texnologik hujjatning shakli bo’lib, unda ta’lim jarayonida amalga oshiriladigan operatsiyalar va ularning tarkibiy qismlari, O’TV, darsliklar, reyting, baholash mezonlari, unga sarflanadigan vaqt, o’qituvchilar kvalifikatsiyasi va hokazolar qayd etiladi. Pedagogik texnologiya ilmiy pedagogik konsepsiyaga asoslanadi. Ko’zlangan maqsadga erishish uchun u didaktik, ruhiy, ijtimoiy pedagogik, falsafiy tamoyillarga asoslanadi. Pedadgogik texnologiya sistemasida ketma-ketlik, o’zaro boliqlik saqlanadi. YAPT ta’lim sistemasidagi o’ziga xos innovatsion yondashuv hisoblanadi. Hozirgi kunda jahon pedagogika fani ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirini boshidan kechirmoqda. U psixologiya, kibernetika, sistemalar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa fanlar bilan integrallashib bormoqda. Natijada ta’lim va tarbiyaning insonning ichki qobilyatlariga asoslangan samarali usullarini amaliyotga keng qo’llash imkoniyatlari yaratilmoqda. Xulosa qilib aytganda, YAPT lar rivojlangan xorijiy davlatlarda sinovdan o’tib o’zining hayotiy ekanligini namoyon etmoqda. Buning yaqqol isboti ushbu mamlakatlarning iqtisodiy salohiyotini yuksak darajada rivojlanib borayotganligi hisoblanadi. Ta’lim sistemasiga YAPTni joriy etish orqali quyidagi muammolarni yechishga imkoniyat yaratiladi:
Bo’lajak fizik o’qituvchilarni YAPTning asosiy tamoyillari bilan tanishtirish.
Talabalarni xorijiy, MDH va O’zbekistonda YAPT lar sistemasini shakllantirishda to’plangan tajribalar bilan tanishtirish.
Bo’lajak o’qituvchilarga fizika fanini o’qitish jarayonini loyihalashtirishni o’rgatish.
O’quvchilar bilimini nazorat qilishning obyektiv usulini joriy etish.
O’quvchilar bilimini va malakasini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini tuzish uslubiyati bilan qurollantirish.
YAPTni joriy etish bo’yicha AQSHda pedagogik texnologiya (1961-yil), Angliyada — Pedagogik texnologik va dasturlashtirilgan ta’lim” (1964) Yaponiyada — Pedagogik texnologiya” (1965) Italiyada shu nomdagi jurnallar 1971-yildan boshlab chop etilmoqda. 1999-yil dekabr O’zR xalq ta’limi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari qoshida —Yangi pedagogik texnologiya” markazlari tashkil etildi. Ta’limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo’lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko’rgan va o’z sohasidagi bilimlarni mustaxkam egallashdan tashkari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o’quv va tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o’qituvchilar kerak.
Klastеr usuli pеdagоgik, didaktik stratеgiyaning muayyan shakli bo`lib, u o`quvchilarga iхtiyoriy muammоlar хususida erkin, оchiq o`ylash va shaхsiy fikrlarni bеmalоl bayon etish uchun sharоit yaratishga yordam bеradi. Mazkur usul turli хil g`оyalar o`rtasidagi alоqalar to`g`risida fikrlash imkоniyatini bеruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klastеr” usuli aniq оb’еktiv yo`naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan fоydalanish insоn miya faоliyatining ishlash tamоyili bilan bоg`liq ravishda amalga оshiriladi. Ushbu usul muayyan mavzuning o`quvchilar tоmоnidan chuqur hamda puхta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash faоliyatining bir marоmda bo`lishini ta’minlashga хizmat qiladi. Stil g`оyasiga muvоfiq ishlab chiqilgan “Klastеr” mеtоdi puхta o`ylangan stratеgiya bo`lib, undan o`quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asоsida tashkil etiladigan mashg`ulоtlar jarayonida fоydalanish mumkin. Guruh asоsida tashkil etilayotgan mashg`ulоtlarda ushbu mеtоd guruh a’zоlari tоmоnidan bildirilayotgan g`оyalarning majmui tarzida namоyon bo`ladi. Bu esa guruhning har bir a’zоsi tоmоnidan ilgari surilayotgan g`оyalarni uyg`unlashtirish hamda ular o`rtasidagi alоqalarni tоpa оlish imkоniyatini yaratadi.
I BOB bo’yicha xulosa
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning manaviy yangilanishini, ijtimoiy y o’naltirilgan bozor iqtisodiyatni shakillantirishni, jaxon hamjamiatiga q o’shilishini taminlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqorolik jamiyat qurmoqda.
Xalqning boy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot fan texnika va texnalogiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakillantirish xozirgi kunda dolzarb b o’lmoqda bundan tashqari kadrlar tayyorlash milliy dasturi —Talim to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq xolda kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishni, har tamonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga asoslangan, talim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy siyosiy, huquqiy, psixalogik- pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqorolarni tarbiyalashni nazarda tutgandir.
|
| |