Kurs ishi mavzu: “No chiziqli optik hodisalar” Bajargan: Allamberganov Sh Qabul qiluvchi: Abdullayev d nukus 023 mundarija kirish




Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana10.01.2024
Hajmi0,87 Mb.
#133803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Allamberganov Sh
8007231, 5555, adabiyotlar, Pedagogik nazokat va odob-axloq mavzu pedagogik nazokat va odob-fayllar.org, Net600A, ReadMe UzLAp Office 2003, metall-konstruksiya, 12-Jo\'g\'rofiya maydonchasi, tirik tabiat burchagi, qiLVvWaIBpGpYYTD8xwgy8IY356OLNRoxcFoktWb, \'ruza. Kombinatorika elementlari. (2), 4 - amaliy ish, ilovepdf merged (1) (1), Rahmat5, 1-topshiriq, 3-topshiriq
Mavzuning dolzarbligi: Lazer nuri yutilishi va nurlanishini o‘rganib chiqish 
va tahlil qilingan ma‘lumotlar bu soxada ilmiy izlanishlar olib borayotgan 
tadqiqotchilarga va qiziquvchilarga u haqda mukammal bilimlar berish. 
Mavzuning maqsadi va vazifalari: No chiziqli optik hodisalar, 
yorug’likning kvant tizim tomonidan anizatropik yutilishi va nurlanishi haqida 
ma’lumot berish; 
 
 
 
 
 



I. BOB. LAZERLAR TAVSIFI 
1.1. Lazerlar haqida umumiy ma’lumot 
Spektrning optik qismida ishlatiladigan yorug‘lik manbalarining nurlanishi 
kogerent bo‘lmaydi, masalan, manbaning butun nurlanishi uning atomlari, 
molekulalari, ionlari, erkin elektronlari kabi mikroskopik elementlari chiqarayotgan 
va o‘zaro kogerent bo‘lmagan oqimlardan tashkil topgan bo‘ladi. Gaz razryadining 
yorug‘lanishi, su’niy va tabiiy manbalarning issiqlik nurlanishi, turli usulda 
uyg‘otilgan lyuminessensiya kogerent bo‘lmagan nurlanishga misol bo‘la oladi. 
XX asrning 60 yillari boshida boshqa tipdagi yorug‘lik manbalari yaratilgan 
bo‘lib, ular optik kvant generatorlari (OKG) yoki lazerlar deb ataladi. Kogerent 
bo‘lmagan manbalardagiga qarama-qarshi ravishda kvant generatorning bir-biridan 
mikroskopik masofalarda bo‘lgan qismlaridan chiqayotgan elektromagnitik 
to‘lqinlar o‘zaro kogerent bo‘ladi. Bu jihatdan kvant generatorlari kogerent radio 
to‘lqinlari manbalariga o‘xshash bo‘ladi. 
Nurlanishning kogerentligi optik kvant generatorlarining qariyib hamma 
xususiyatlarida ko‘rinadi. Nurlanishning to‘la energiyasi bundan istisno bo‘ladi, 
chunki bu energiya kogerent bo‘lmagan manbalardagi kabi dastavval uzatilayotgan 
energiyaga bog‘liq bo‘ladi. Lazerlarning nurlanishi kogerentligi bilan bog‘langan 
ajoyib xususiyati shundan iboratki, energiya vaqt davomida, spektrda, fazoda 
tarqalish yo‘nalishlari bo‘yicha konsentratsiyalanadi. Ba’zi kvant generatorlarining 
nurlanishi yuqori darajada monoxromatik bo‘ladi. Boshqa lazerlar davom etish vaqti 
10
-12
s ga teng bo‘lgan juda qisqa impulslar chiqaradi; shuning uchun bunday 
nurlanishning oniy quvvati juda katta bo‘lishi mumkin [3]. 
Lazerlarning yaratilishi insoniyat ilmiy-texnik taraqqiyotining o‘lkan 
yutuqlaridan biri desa bo‘ladi. Lazerlar yaratilishining boshlanishi 1916-yilga borib 
taqaladi. Usha yili buyuk fizik olim A.Eynshteyn birinchi bo‘lib, majburiy nurlanish 
tushunchasini kiritdi, va nazariy yo‘l bilan majburiy nurlanish uni majburlovchi 
nurlanishga kogerentligini (mosligini) ko‘rsatadi. 1930-yilda P.Dirak o‘zi 
tomonidan yaratilgan nurlanishning kvantomexanik nazariyasi asosida majburiy 



nurlanish va uning kogerentlik xususiyatlarini chuqurroq va aniqroq taxlil qilib
tushuntirib berdi. Lekin bu lazerning yaratilishi uchun yetarli emas edi. 1930-yildan 
boshlab optik spektroskopiya sohasida ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari boshlanib 
ketdi. Bu izlanishlar natijasida atomlar, molekulalar, ionlarning energetik sathlari 
haqida ko‘plab ma’lumotlar olindi va keyinchalik turli lazerlarning yaratilishida 
ishlatildi. Bu ishlarga S.E.Frish va V.A.Fabrikant kabi Rossiya olimlari ham o‘z 
hissalarini qo‘shishdi. 1939-yilda V.A.Fabrikant birinchi bo‘lib, yorug‘lik nurining 
majburiy nurlanish xisobiga kuchayishining imkoniyati borligini aytdi. 1951-yilning 
yozida, u o‘zining xodimlari bilan majburiy nurlanish yordamida elektromagnit 
nurlanishni (ultrabinafsha, ko‘rinuvchi, infraqizil va radioto‘lqinlar sohasida) 
kuchaytirish uslubi uchun avtorlik guvoxnomasini olishga taklif berishgan. Bu 
takliflarida lazerlarning faol muhitini yaratishning asosiy g‘oyalari bayon etilgan 
edi. Lekin optik kuchaytirish g‘oyalaridan tashqari, uni amalda bajarish va nixoyat 
kogerent nurlarning xosil qilish uchun o‘ziga xos teskari bog‘lanishli optik rezonator 
bo‘lishi kerak edi. Usha yillarda fanning optika bo‘limida optik soha uchun 
rezonatorlar o‘ylab topilmagan edi. Kvant elektronikasi yoki lazerlar fizikasining 
rivojlanishida radiofizikanig bo‘limi bo‘lgan radiospektroskopiya muhim omil 
bo‘ldi. Uning keskin rivojlanishi 1940-yillardan boshlanib, ilmiy izlanishlar 
yo‘nalishi atom va molekula spektroskopiyasidan tashqari vaqt va chastotaning, 
ya’ni o‘ta yuqori chastota (O‘YUCH) standartlarini yaratilishga bag‘ishlangan edi. 
Bu ilmiy izlanishlar natijasida 1950-yillarning boshlarida bir-birlaridan mustaqil 
ravishda N.G.Basov, A.M.Proxorov (FIAN, Rossiya) va Ch.Tauns (AQSH, 
Kolumbiya universiteti) tomonidan majburiy nurlanish g‘oyalaridan amalda 
foydalanib, ammiak molekulasida ishlovchi molekulyar kuchaytirgich va generator 
(Mazer) yaratildi . Mazer (Maser - microwave amplification by stimulated emission 
of radiation) - ingliz so‘zlaridagi bosh harflardan tashkil topgan va mazmuni 
mikroto‘lqinni majburiy nurlanish hisobiga kuchaytirishdir. Shu ishlari uchun ular 
1964 yili Nobel mukofotining sovrindori bo‘lishdi. Kvant elektronikasining 
rivojlanishi elektromagnit to‘lqinning yangi, infraqizil hamda ko‘zga ko‘rinuvchi 
sohalarida kogerent nurlanish olishga yo‘naltirildi. Dunyoning ko‘p ilmiy 



laboatoriyalarida lazerlar yaratish ustida ish boshlab yuborildi. Bu ishlarning 
rivojlanishida A.M. Proxorovning kvant qurilmalarida ochiq optik rezanotor sifatida 
Fabri-Pero (etaloni) interferometrini qo‘llash g‘oyasi hal qiluvchi omil bo‘ldi. 
Birinchi gazli lazer (Laser – light amplification by stimulated emission of radiation 
– ya’ni yorug‘likni majburiy nurlanish hisobiga kuchaytirish demakdir) 1961 yilda 
neon va geliy aralashmasida yaratildi. Uzluksiz ish holatida infraqizil sohada to‘lqin 
uzunligi 1,15 mkm bo‘lgan kogerent nurlanish berdi. 1962 yilda geliy-neon 
lazerlarida ko‘zga ko‘rinadigan sohada, 0,63 mkm to‘lqin uzunlikli, qizil rangli 
kogerent nurlanish hosil qilindi. Shundan beri geliy–neon lazeri takominllashib 
kelinmoqda. 

Download 0,87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs ishi mavzu: “No chiziqli optik hodisalar” Bajargan: Allamberganov Sh Qabul qiluvchi: Abdullayev d nukus 023 mundarija kirish

Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish