22
Nurlanish tizimining yutug‘i o‘zaro ta’sirning boshlang‘ich
holatidayoq modda
o‘zini namoyon qilishidir, ya’ni elementar aktdan moddaga tashqi maydonning bir
necha fotonlari yutiladi. Bu jarayon bir fotonli, ya’ni
lazerdan boshqa nurlanish
manbalari uchun ko‘p fotonli jarayonga aylanadi. Ko‘p fotonli uyg‘onishlar shunday
jarayonki, kvant sistemasida (atomda, molekulada) elektron bog‘langan bir holatdan
(boshlang‘ich), tashqi maydonning bir necha fotonlarini yutishi natijasida, boshqa
bog‘langan holatga (oxirgi) o‘tadi. Bunda boshlang‘ich va oxirgi holatlar orasida
boshqa bog‘langan elektron holatlari yo‘q deb hisoblanadi. Agar shunday holat
mavjud bo‘lsa, foton (yoki bir necha fotonlar) yutganda aniq bir o‘tish
sodir
bo‘lmaydi, foton (bir necha foton) energiyasi bilan o‘tish energiyasi o‘rtasida
rezonans bo‘lmaydi, yoki bunday o‘tish tanlash qoidasi bo‘yicha ta’qiqlangan
bo‘ladi. Bu qoida nurlanish xususiyatiga va kvant sistemaga bog‘liqdir. 4–rasmda
ikki fotonli uyg‘onishning prinsipial chizmasi keltirilgan. Elektronning bir
bog‘langan holatdan boshqa holatga ko‘p fotonli o‘tishining prinsipial imkoniyati
energiya-vaqt noaniqlik munosabati bilan belgilanadi:
.
(7)
Kvant mexanikasining dastlabki prinsiplariga ko‘ra, bu munosabat, sistema
energiyasini o‘lchash aniqligi
va sistema energiyasini o‘lchash uchun ketgan
vaqt oralig‘i o‘rtasidagi munosabati bilan tushuntiriladi. Ba’zi
bir fizik jarayonni
aniq namoyish qiladigan ko‘p fotonli yutilish nurlanishlarini qaraymiz.
3-rasm
t
Е
Е
t