• MUNDARIJA KIRISH
  • II. BOB. NOCHIZIQLI OPTIK HODISALAR
  • III. XULOSA
  • Kurs ishi mavzu: “No chiziqli optik hodisalar” Bajargan: Allamberganov Sh Qabul qiluvchi: Abdullayev d nukus 023 mundarija kirish




    Download 0.87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/11
    Sana10.01.2024
    Hajmi0.87 Mb.
    #133803
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Kurs ishi Allamberganov Sh
    8007231, 5555, adabiyotlar, Pedagogik nazokat va odob-axloq mavzu pedagogik nazokat va odob-fayllar.org, Net600A, ReadMe UzLAp Office 2003, metall-konstruksiya, 12-Jo\'g\'rofiya maydonchasi, tirik tabiat burchagi, qiLVvWaIBpGpYYTD8xwgy8IY356OLNRoxcFoktWb, \'ruza. Kombinatorika elementlari. (2), 4 - amaliy ish, ilovepdf merged (1) (1), Rahmat5, 1-topshiriq, 3-topshiriq


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
    BERDAQ NOMIDAGI 
    QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI 
    FIZIKA FAKULTETI 
    4-V fizika guruh talabasi Allamberganov Shuhratning 
    “Lazer fizikasi” fanidan 
    KURS ISHI 
    Mavzu: “No chiziqli optik hodisalar” 
    Bajargan: Allamberganov Sh 
    Qabul qiluvchi: Abdullayev D 
    Nukus_2023 



    MUNDARIJA 
    KIRISH ..................................................................................................................... 3 
    I. BOB. LAZERLAR TAVSIFI ............................................................................. 7 
    1.1. Lazerlar haqida umumiy ma’lumot .................................................................... 7 
    1.2. Muhitda tarqalayotgan nurlanishning yutilishi va kuchayishi ........................... 9 
    1.3. Lazerlarning ishlashi ........................................................................................ 11 
    1.4. Uzluksiz ishlovchi geliy-neon lazeri ................................................................ 15 
    II. BOB. NOCHIZIQLI OPTIK HODISALAR ................................................. 19 
    2.1. Nochiziqli optika .............................................................................................. 19 
    2.2. Ko‘p fotonli jarayonlar ..................................................................................... 21 
    2.3. Yorug‘likning majburiy kombinatsion sochilishi ............................................ 23 
    III. XULOSA .......................................................................................................... 27 
    IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ....................................................... 30 
     



    KIRISH 
    Hozirgi zamonning ajoyib belgilaridan biri bu mikrozarralarning majburiy 
    nurlanish berish jarayoni asosidagi lazerlarning yaratilishi va ularning kogerent 
    nurlanishi asosida sanoatda turli maqsadlarga mo’ljallangan lazerli qurilmalarning 
    va texnologik komplekslarning yaratilishiga olib keldi. Ushbu kunda xalq 
    xo’jaligining turli tarmoqlarida lazerlar va lazerli texnologiyalari ishlatilmoqda. 
    Xususan, sanoatda turli-tuman materiallarni kesishda, payvandlashda va 
    mexanizmlarni mustahkamligini oshirishda, tibbiyot sohasida lazer nuridan tashxis 
    qo’yishda, davolash va jarrohlik jarayonida aloqa tizimida ma’lumot elituvchi 
    sifatida, fan va texnika sohasida o’lchash va tashxis qo’yish vositalari sifatida hamda 
    o’quv jarayonida kogerent nurlanishning to’lqin va zarracha xususiyatlarni namoyon 
    etishda keng foydalanilmoqda. Ushbu lazerlarni, ular asosidagi qurilmalarni 
    tushunadigan va effektiv ishlata oladigan, ularni takomillashtira oladigan hamda 
    xalq xo’jaligining turli sohalariga tadbiq eta oladigan oliy toifali mutaxassislarga 
    talab ortib bormoqda. 
    Keyingi yillarda turmushimizning barcha sohalari qatori ilm- fan va ta’lim 
    sohasiga ham katta ahamiyat berilmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
    Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 14- martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar 
    ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risida 
    hamda 2017- yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishning chora 
    - tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarori ham bu sohadagi amalga oshirilayotgan ijobiy 
    ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu qaroming ijrosini ta’mmlashga 
    yo‘naltirilgan dasturda o‘rta maxsus hamda Oliy ta’limi muassasalarini zamonaviy 
    o‘quv, o‘quv - uslubiy va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash nazarda tutilgan. Bu esa 
    o‘z navbatida fundamental fanlarning rivojlanishiga turtki bo’lmoqda. Lazerning 
    ixtiro qilinishi va kogerent nurlanishning amaliyotga qo‘llanilishi fan bilan amaliyot 
    orasidagi o‘zaro uzviylilikning integratsiyasining namunasi bo‘la oladi. Hozirgi 
    vaqtda fan va texnikadagi ba’zi sohalami lazersiz tasavvur etib ham bo‘lmaydi. 
    Mazkur hollar o‘z navbatida lazerlami ilmiy asoslarini yanada rivojlanishini talab 



    etmoqda. Ishlab chiqarishning samarali rivoji borgan sari sodda hamda ishonchli 
    asboblami yaratmoqda. Bunday talablarga lazer texnologiyasi javob beradi. 
    Haqiqatan ham bir- biriga o‘xshamagan fan sohalarida lazerlardan muvaffaqiyatli 
    foydalanilmoqda, jumladan, ular optik aloqa, qishloq xo‘jaligida, jarayonlarni 
    nazorat qilish, radikallar kimyosi, golografiya, tibbiyot, izotoplarni ajratish, integral 
    sxemalami tayyorlash hamda sanoatda payvandlash va hokazolardir. Mazkur sohalar 
    o‘z navbatida lazerlarga taalluqli ilmiy tadqiqot ishlarini keskin rivojlantirishni 
    taqozo etmoqda [1]. 
    O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, 
    jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
    shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik 
    huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. 
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
    Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy 
    tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida 
    tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy 
    faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish 
    mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir 
    kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. 
    Keyingi yillarda kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq 
    holda dars mashg’ulotlarni tashkil etishning yangi shakllari shakllanmoqda. 
    Ulardan, kеng foydalanayotgan amaliy ishlardan biri kompyutеrda maxsus dasturlar 
    yordamida ko’zatilishi qiyin bo’lgan fizik jarayonlarni elеktron darsliklar
    animatsiyalar, virtual tajribalar va taqdimotlar vositasida ko’rgazmali 
    tushuntirishdir. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini 
    oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli 
    o‘quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, 
    ilmiy tadqiqot hamda innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka 
    yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, sohada yechimini 
    topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot 



    samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini 
    ko‘rsatmoqda. Jumladan: 
    birinchidan, yoshlarning fizika faniga qiziqishlarini kuchaytirishga yetarli 
    e’tibor berilmayapti, ta’lim dasturlari o‘quvchilarda mustaqil, kreativ fikrlashni 
    shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmagan, ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha 
    amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob bermaydi; 
    ikkinchidan, ta’lim jarayonini tashkil etishda umumiy o‘rta va oliy ta’lim 
    dasturlarining uzviyligi ta’minlanmagan; 
    uchinchidan, pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish 
    maqsadida ularni xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda ta’lim olishi 
    hamda stajirovkadan o‘tishi uchun qulay sharoitlar yaratilmagan, xorijlik yetakchi 
    mutaxassis, olim va o‘qituvchilarni dars jarayoniga jalb etish darajasi pastligicha 
    qolmoqda; 
    to‘rtinchidan, fizika fani bo‘yicha zamonaviy darsliklarni yaratish yaxshi 
    yo‘lga qo‘yilmagan, o‘quv adabiyotlarining mazmuni fan va texnika taraqqiyotining 
    bugungi darajasini yetarli qamrab olmagan, masalalar to‘plami, praktikum, 
    laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha qo‘llanmalar, multimedia dasturlarini 
    yaratishga e’tibor qaratilmagan; 
    beshinchidan, fizika ta’limi va tadqiqotlari infratuzilmasining moddiy-texnik 
    bazasi eskirganligi, fizika fani bo‘yicha o‘quv va ilmiy laboratoriyalar zamonaviy 
    jihozlar bilan ta’minlanmaganligi kadrlar tayyorlash sifatiga va tadqiqotlar 
    samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; 
    oltinchidan, fizika ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni 
    tayyorlash salmog‘ining kamligi bu sohadagi ilmiy salohiyatning pastligiga sabab 
    bo‘lmoqda; 
    Respublikamizda ta'lim va tarbiya sohasidagi islohotlar bugungi dolzarb
    ertangi taqdirmizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda. Jamiyatimizning 
    yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlar 
    rejasining samarali taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga 
    javob beradigan yuqori malakali, ongli mutahassis kadrlar tayyorlash muammosi 



    bilan chambarchas bog'liq. Hozirgi kunda fizika sohasiga juda katta e’tibor 
    qaratilmoqda. Buning natijasida Toshkentda yadro tehnalogiya va nanotehnologiya 
    bo’yicha ko’plab ishlar amalga oshirildi. Lazer fizikasi fizika sohasida yangi soha 
    emas. Biroq uning ko’plab kashf qilinmagan qirralari mavjud. Lazer nurlari 
    yordamida jismlar sirtiga ishlov berish hozirda keng qo’llaniladi. Ayniqsa lazer nuri 
    bilan davolash hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan usul hisoblanadi. Ushbu kurs ishida 
    lazerlar bo’yicha juda ko’p qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan [2].

    Download 0.87 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi mavzu: “No chiziqli optik hodisalar” Bajargan: Allamberganov Sh Qabul qiluvchi: Abdullayev d nukus 023 mundarija kirish

    Download 0.87 Mb.
    Pdf ko'rish