II. BOB. NOCHIZIQLI OPTIK HODISALAR




Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana10.01.2024
Hajmi0,87 Mb.
#133803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Allamberganov Sh

II. BOB. NOCHIZIQLI OPTIK HODISALAR 
2.1. Nochiziqli optika 
Zamonaviy nochiziqli optikaning asosiy holatini tushuntirishdan oldin, shu 
sohaning mashhur mutaxassisi I.R.Shenning «Nochiziqli optika prinsiplari» 
kitobidan quyidagi satrlarni keltirsa o‘rinli bo‘ladi: «Bizning atrofimizdagi barcha 
fizikaviy jarayonlar chiziqli kechganda, fizika juda zerikarli, hayot esa umuman 
bo‘lmagan bo‘lar edi». Baxtimizga biz nochiziqli olamda yashayapmiz. Agar 
chiziqiylik fizikaga bezak bersa, nochiziqiylik esa uni jozibador ko‘rsatadi». Bu 
so‘zlar lazer nurlanishi va nochiziqli optika effektlaridan foydalanishga asoslangan 
zamonaviy optikani to‘liq xarakterlaydi. S.I.Vavilov «mikrostruktura sveta» 
kitobida o‘zing 20-yillarda o‘tkazgan kuzatishlarini va undan keyingi tajribalarini 
umumlashtirib quyidagi fikrlarni bildirgan edi. «Yutayotgan muhitdagi nochiziqlik 
faqat absorbsiyaga nisbatan kuzatilishi shart emas. Absorbsiya dispersiya bilan 
bog‘langan, demak yorug‘likning muhitda tarqalish tezligi umuman olganda 
yorug‘lik quvvatiga bog‘liq bo‘lishi kerak. Shu sababli muhitning boshqa optik 
xususiyatlarida ikkiga ajralib sinishda – dixroizmda, aylantirish qobiliyatida va 
hokazolarda umumiy holda yorug‘lik quvvatiga bog‘liq ko‘rinishi, ya’ni 
superpozitsiya prinsipi buzilishi kerak». Chiziqli bo‘lmagan optikaning lazer 
nurlanishining tarqalishini eksperimental tekshirish bilan bog‘langan keyingi 
rivojlanishi oqibatida Vavilovning bo‘lishi mumkin bo‘lgan chiziqli emas 
hodisalarning xilma-xil ekanligi haqidagi fikri tasdiqlanibgina qolmay, balki u aytib 
o‘tgan hamma konkret effektlar kuzatildi. Shuning uchun Vavilov haqli ravishda 
chiziqli bo‘lmagan optikaning asoschisi hisoblanadi. Vavilov chiziqli bo‘lmagan 
hodisalarning sababini yorug‘likni yuta oladigan molekula yoki atomlar sonining 
o‘zgarishida, ya’ni atom, molekulalarning uyg‘ongan holatga o‘tishi va bu holatda 
bo‘lish vaqtining o‘zgarishida ko‘rgan. Chiziqli bo‘lmagan hodisalar yuqorida 
ko‘rsatilgan sabablardan tashqari yana qator sabablar tufayli ham yuz beradi. Shunga 
mos ravishda lazer nurlanishining tarqalishini o‘rganganda topilgan chiziqli 
bo‘lmagan hodisalar to‘plami yanada turli-tuman bo‘lib chiqdi. 


20 
Yuqorida keltirilgan boblardan ma’lumki, optika fizikaning yetarli darajada 
yaxshi o‘rganilgan sohasiga kiradi. Optik jarayonlarga qiziqish katta ekanligi 
tabiiydir. Chunki odam atrof olam haqidagi ma’lumotlarning 80-85% ni ko‘rish 
orqali oladi. Avval boshida optika, ko‘rish sohasidagi elektromagnit to‘lqinlarni 
o‘rganish, ya’ni odam ko‘zi qabul qiladigan to‘lqinlar (

0,40

0,76 mkm) bilan 
cheklangan. Shunday qilib, yorug‘lik - bu elektromagnit tebranishlarning aniq bir 
to‘lqin uzunlikli sohasi deb hisoblash mumkin. Zamonaviy optika ko‘rish sohasiga 
tutashgan ultrabinafsha sohani (yumshoq rentgen nurlari bilan birgalikda) va 
infraqizil sohadan to radioto‘lqinlarning millimetr diapazonigacha bo‘lgan keng 
sohani o‘rganadi. XX asr o‘rtalariga kelib, yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta’siri 
jarayoni to‘liq o‘rganildi. Xususan, optikaning asosiy makroskopik qonunlari bilan 
yorug‘likning atom darajasigacha mikroskopik o‘zaro ta’sir qonunlari o‘rtasidagi 
bog‘liqlik aniqlandi. Bunda mikroskopik darajadagi o‘zaro ta’sirda bitta umumiy hol 
aniqlandi, u ham bo‘lsa: barcha jarayonlar birfotonli jarayon ekanligi ma’lum bo‘ldi. 
Bu degani, atom yorug‘lik bilan o‘zaro ta’sirning har bir elementar aktida atiga bitta 
foton yutadi. Eksperimental natijalar Maksvellning elektromagnit nazariyasi va 
kvant nazariyalari kelishuviga erishishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun 
tadqiqotlarni asosan tugallangan deb hisoblash mumkin. Bu tadqiqotlarning asosini 
yaxshi ma’lum bo‘lgan yorug‘likning tarqalish va uning muhit bilan o‘zaro ta’sir 
qonunlari tashkil etadi. XX asr o‘rtalarida lazerning yaratilishi, holatni butunlay 
o‘zgartirib yubordi. Ma’lum bo‘lishicha bu qonunlar keng tarqalgan, ammo kichik 
intensivlikli yorug‘lik holidagina o‘rganilgan. Lazer nurlanishidan foydalanib 
erishiladigan yuqori intensivlikdagi yorug‘lik holi uchun optikaning asosiy 
makroskopik qonunlari o‘rinli emas. Impuls lazeri chiqaradigan yorug‘lik 
intensivligi boshqa har qanday lazer kashf qilingunga qadar bo‘lgan yorug‘lik 
manbai intensivligidan bir necha tartibga yuqoridir. Masalan, standart spektral 
lampa (masalan simob lampa) intensivligi - 1 Vt/cm
2
standart impuls lazeri 
nurlanishi intensivligi - 10
10
Vt/cm
2
; zamonaviy o‘taquvvatli lazer - 10
20
Vt/cm
2

Taqqoslash uchun: atom intensivligi 10
16
Vt/sm
2
tartibda (bu atom ichki 
kuchlanganligi 5

10
9
V/cm teng bo‘lgandagi elektr maydon kuchlanganligi 


21 
nurlanishi intensivligidir) bo‘ladi. Kichik va katta intensivlikdagi yorug‘likning 
modda bilan o‘zaro ta’siri natijalari o‘rtasidagi farq bo‘yicha ikkita asosiy sabab 
mavjud [12]. 
Birinchidan, bir fotonli jarayonlar kichik intensivlikdagi yorug‘likning 
mikroskopik darajada o‘zaro ta’sirini ifodalaydi, yuqori intensivlikdagi 
yorug‘likning o‘zaro ta’sirida esa, har bir elementar aktda ko‘p fotonli jarayonlar 
yuzaga keladi. Ikkinchidan, yuqori intensivlikda o‘ziga-o‘zi ta’sir effekti yuzaga 
kelib, bunda yorug‘likning moddada tarqalishi tufayli modda o‘zining oldingi 
holatini o‘zgartirishi kuzatiladi. O‘zaro ta’sir qanday bo‘lsa, o‘sha jarayon ham, 
masalan, agar o‘sha jarayonning ehtimolligi nurlanish intensivligining birinchi 
darajasiga proporsional bo‘lsa, o‘zarota’sir chiziqli deb hisoblash qabul qilingan. 
Agar nurlanish intensivligining darajasi 1 dan katta bo‘lsa nochiziqli deb ataladi. 
Shundan optikada kichik va katta intensivlikli yorug‘liklar uchun mos ravishda 
chiziqli va nochiziqli optika terminlari kelib chiqqan. XX asrning oxirgi uchta o‘n 
yilligi davomida nochiziqiy optikani rivojlantirish yo‘lida katta eksperimental va 
nazariy materiallar to‘plandi. Bu materiallar fan va texnikaning turli xil sohalarida 
nochiziqli optik jarayonlarining qo‘llanilishiga imkon berdi. Fizikaning bu yangi 
sohasining rivojlanishiga Nobel mukofoti laureati professor N.Blombergen 
professorlar R.Xoxlov, S.Axmanov va ko‘pgina boshqa olimlar katta hissa 
qo‘shdilar. Quyida yangi yorug‘lik intensivligiga bog‘liq ravishda yuzaga keladigan 
jarayonlar nochiziqiy optika effektlari haqida asosiy ma’lumotlar keltirilgan. 
Bundan tashqari fan va texnikaning har xil sohalarida nochiziqli optikaning holati 
va ba’zi bir juda muhim qonunlari muhokama qilinadi. 

Download 0,87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish