Yorug‘likning majburiy kombinatsion sochilishi




Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana10.01.2024
Hajmi0,87 Mb.
#133803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Allamberganov Sh

2.3. Yorug‘likning majburiy kombinatsion sochilishi 
Yorug‘likning kombinatsion sochilishi 1962-yilda Vudbyorilar tomonidan 
kashf etilgan. Sochilgan yorug‘lik spektrida tushayotgan yorug‘likdan chastota 
bo‘yicha molekulalar ichidagi tebranishlarning 
chastotalariga teng kattaliklarga 
farq qiluvchi chiziqlar mavjudligi haqida gapirilgan edi. Kogerent bo‘lmagan nurlanish 
manbalariga xos bo‘lgan qiyosan kichik yoritilganliklar uchun kombinatsion 
sochilishning intensivligi juda kam: hattoki juda kuchli chiziqlar (benzol uchun 
va nitrobenzol uchun 1345 sm
-1
) uchun 1 sm
3
ga sochilgan 
yorug‘lik oqimi uyg‘otuvchi oqimning 
qismini tashkil qiladi. Yoritilganlik 
10
8
-10
9
Vt/sm
2
ga teng bo‘lganda (bunga quvvatli impuls, lazerlari yordamida erishish 
mumkin), sochilgan oqimning hissasi keskin o‘sadi va bir necha o‘n protsentga yetadi. 
Intensivlikning bunday ortishi kombinatsion sochilishning barcha chiziqlariga emas, balki 
intensivligi eng katta bo‘lgan chiziqlarigagina taalluqli bo‘ladi. Chastotalari 
ga 
teng birinchi tartibli chiziqlardan tashqari, yuqoriroq tartibli chiziqlar (
chastotalar) ham paydo bo‘ladi. Nihoyat, sochilish yaqqol 
ko‘rinadigan yo‘naltirilgan xarakterga ega bo‘ladi. Tajribaning chizmasi 5-rasmda 
ko‘rsatilgan. Lazer nurlanishining dastasi K sochuvchi modda orqali o‘tadi va
svetofiltr yordamida filtrlanadi, natijada ЕЕ ekranda faqat chastotasi o‘zgargan 
sochilgan yorug‘lik kuzatiladi. Ekran yoritilganligining taqsimoti 5-rasmning o‘ng 
tomonida sxematik ravishda ko‘rsatilgan. 
5-rasm. Majburiy kombinatsion sochilishni kuzatish tajribasining chizmasi 
Uyg‘otuvchi dastaning yo‘nalishiga mos bo‘lgan o‘qdagi nuqta yaqinida Stoks 
nurlanishi (
) to‘plangan. Antistoks komponentalar (

i

1
992
2
/




cm
c
i



7
6
10
10



i



i
i




3
,
2


...
2
,
1
,


n
n
i


i
n





24 
konsentrik halqalar tarzida joylashgan bo‘lib, bu halqalarniig radiuslari chastota 
siljishining o‘sishi bilan ortadi. Antistoks komponentalar uygotuvchi dastaning 
yo‘nalishi bo‘yichagina kuzatilib, Stoks komponentalari esa qarama-qarshi yo‘nalishda 
ham. tarqalishi mumkin [13]. 
Uyg‘otishning yuqori darajalaridagi kombinatsion sochilishning aytib o‘tilgan 
xususiyatlari suyuqliklarda ham, kristallarda ham bo‘ladi. Gazlarda farq burchak 
taqsimotida bo‘ladi - antistoks sochilishi amalda lazer dastasining yo‘nalishida bo‘ladi, 
ya’ni halqalar kuzatilmaydi. Uyg‘otishning yuqori darajalaridagi kombinatsion 
sochilish bilan birga o‘z-o‘zini fokuslash, Mandelshtam— Brillyuen majburiy 
sochilishi, yorug‘lik impulslari spektrining buzilishi va boshqalar kabi chiziqli 
bo‘lmagan hodisalar ham kuzatiladi. Shuning uchun kuzatish natijalari tajriba 
o‘tkaziladigan sharoitlarga (uyg‘otuvchi impulsning davom etish vaqtiga, bu impulsning 
fokuslanish darajasi va o‘rniga, dastaning ko‘ndalang kesimidagi yoritilganlikning 
taqsimotiga va shunga o‘xshashlarga) ko‘p bog‘liq, bo‘ladi va yuqorida tasvirlangan 
manzara hodisaning asosiy xossalarinigina o‘z ichiga oladi. 
Tajribadan topilgan va sochilgan yorug‘lik hissasining kattalikning bir necha 
tartibiga kupayishidan iborat asosiy faktni tushuntirish uchun nurlanishning kvant 
nazariyasidagi umumiy qoidani, ya’ni istagan radiatsion jarayonning stimullashtirilgan 
analogi mavjud ekanligi to‘g‘risidagi umumiy qoidani e’tiborga olish kerak. Uyg‘otish 
intensivligi kam bo‘lganda yuz beradigan kombinatsion sochilish uyg‘otuvchi 
yorug‘likning h

fotoni yo‘qolganda 
fotonning spontan chiqarilishidan 
iborat. Spontanli kombinatsion sochilishning hajm birligiga nisbatan olingan va hamma 
yo‘nalishlar bo‘yicha jamlangan 
oqimi moddaning uyg‘otuvchi nurlanish tomonidan 
vujudga keltiriladigan I yoritilganligiga proporsional bo‘ladi: 
(8) 
bu yerda — moddaning sochuvchi qobiliyatini xarakterlovchi va o‘lchamligi sm
-1
bo‘lgan proporsionallik koeffitsiyenti, chunki [
]=Vt/sm
3

[I]=Vt/sm
2

Eksperimental ma’lumotlarga muvofiq, kombinatsion sochilishning eng intensiv 
chiziqlari uchun . 



Download 0,87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yorug‘likning majburiy kombinatsion sochilishi

Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish