|
Jarayonni kompyuterda modellashtirish
|
bet | 11/13 | Sana | 15.06.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #263937 |
Bog'liq MODELLASHTIRISH KURS ISHI (1) (1) Jarayonni kompyuterda modellashtirish.
Modellashtirish va kompyuter dasturlari (Aspen Plus) yordamida jarayonlami tahlil qilish usullaridan foydalanib reaktiv distillash qurilmasida etil atsetat olish jarayoni o'rganildi. Bunda etil atsetatni sanoat mahsuloti sifatidagi tozaligini imkon qadar yuqori darajada olish maqsad qilib qo'yildi. Ushbu maqsadga erishish uchun avvalgi chop etilgan ishlarimizda o'rganilgan reaktiv distillash qurilmasi va modellashtirish usullaridan ham foydalanildi [8, 6, 3]. Avvalgi tadqiqot ishlarida asosan bir turdagi reaktiv distillash qurilmasining o'zi ishlashi bo'yicha jarayonlar ko'rilgan bo'lsa, ushbu ishda reaksiya qatlami turlicha bo'lganjarayonlar ham ko'rib o'tilgan.
Noideal tizimni hisobga olgan holda termodinamik holatlami hisoblash uchun UNIFAC tizimidan foydalanildi. UNIFAC modeli tizimdagi har bir tur uchun faollik koeffitsientini ikkita komponentga, ya'ni kombinatorik (lnyf) va qoldiq (lny[) komponentlarga ajratadi. Bunda, qoldiq komponent aralashmadagi guruhlaming o'zaro ta'sirini hisobga olish uchun mo'ljallangan qoldiq ulush bo'lib, kombinatorial komponent esa molekulyar shakldagi farqlar tufayli entropik ta'sirlami hisobga olish uchun mo'ljallangan kombinatsiyaviy ulushni tashkil etadi. i-molekula uchun faollik koeffitsientlari quyidagi tenglama bo'yicha taqsimlanadi [13]:
lnyi = lnyf + lny
Jarayonni kompyuterda modellashtirish.
Modellashtirish va kompyuter dasturlari (Aspen Plus) yordamida jarayonlami tahlil qilish usullaridan foydalanib distillash qurilmasida butan olish jarayoni o'rganildi. Jarayonni qadam va qadam olib boramiz. Aspen Plus dasturini ishga tushiramiz va create new blank tugmasi orqali yangi ishchi oyna yaratib olamiz.
Kerakli komponentlarni kiritib olamiz.
Next tugmasini bosish orqali yoki Navbar dan method bo’limini tanlash orqali jarayonimiz uchun kerakli methodni talab olamiz.
Run tugmasini bosish orqali jarayonni simulation bo’limiga o’tishga tayyorligini tekshiramiz va simulation bo’limiga o’tamiz. Bu bo’limdan jarayon uchun mos bo’lgan Distl qurilmasini tanlaymiz (Column – Distl) .
Feed (kiruvchi modda) – parametrlarini kiritib olamiz.
Distatsiya qurilmasi (Distl) – parametrlarini jarayonga muvofiq o’zgartirib olamiz.
Run tugmachasini bosish orqali yakuniy natijalarni olamiz.
Modellashtirish natijalari
|
| |