Kurs ishi namuna pdf




Download 1,27 Mb.
bet5/13
Sana15.06.2024
Hajmi1,27 Mb.
#263937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
MODELLASHTIRISH KURS ISHI (1) (1)

Jarayon Modeli


Jarayon modeli - bu jarayon o'zida xarakterlovchi tizimning xususiyatlarini o'z ichiga olgan tenglamalar yoki munosabatlar to'plami. Xususiyatlar o'zida (i) boshlang'ich parametrlar, (ii) xarakteristikalar va (iii) natija (model natijasi) kabi toifalarga bo'linadigan, kuzatilishi mumkin bo'lgan hodisalar yoki o'zgarishlami ifodalaydi. Shunday qilib,jarayon modeli- bu sxema bo'lib, unga ko'ra boshlang'ich parametrlar va berilgan xarakteristikalarga ega bo'lgan jarayon tizimda o'zgarishlami keltirib chiqaradi.
1.2-rasmda modelning asosiy bog'liqlik kontseptsiyasi ko'rsatilgan bo'lib, uning har bir tomoni ikki uchi yoki toifalami bildiruvchi burchaklar orasidagi munosabatlami ifodalaydi. Agar biz ushbu munosabatlami, ya'ni jarayon modelini bilsak, qolgan parametrlarga ko'ra, bir yoki bir nechta noma'lum parametrlami aniqlashimiz mumkin bo'ladi. Bu esa o'z navbatida, real jarayonni amalga oshirmasdan turib prognoz qilish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Albatta, jarayon modeli qanchalik yaxshi bo'lsa, o'rganilayotgan jarayondagi parametrlar aniqligi shunchalik yuqori bo'ladi.

1.2-rasm. Jarayon modeli konsepsiyasi
Xususan, biz jarayonning natijadorligini uning modeliga, boshlang'ich parametrlar va xarakteristikalarga asoslanib taxmin qilishimiz mumkin. Aslini olganda esa, turli xil boshlang'ich parametrlar va xarakteristikalar uchun natija taxmin qilinishi mumkin. Bu o'z navbatida, kerakli natijani va tegishli boshlang'ich parametrlar va xarakteristikalami aniqlash imkonini beradi. Jarayondan kerakli natijaga erishish uchun boshlang'ich parametrlar va xarakteristikalardan foydalanishimiz mumkin bo'lib, bu narsa asosan jarayonni optimallashtirish va boshqarishda keng qo'llaniladi.
1.1-rasmga murojaat qilgan holda, agar biz reaksiya aralashmasida (tizimda) sodir bo'layotgan jarayonning modelini bilsak, unda A va B ning turli xil boshlang'ich konsentrasiyalariga (boshlang'ich parametrlar) mos keladigan moddalar konsentratsiyalarini (natijalami) va reaksiya haroratini (xarakteristikalar) taxmin qilishimiz mumkin bo'ladi. Reaktoming ma'lum bir ish vaqti bo'yicha prognozlardan kerakli natijani olishimiz mumkin, masalan, C ning maksimal kontsentratsiyasini va boshlang'ich kontsentratsiyalaming tegishli (optimal) to'plamini va reaktsiya haroratini tanlashimiz mumkin. Ushbu masalaga asoslanib, berilgan vaqt uchun A va B moddaning boshlang'ich konsentratsiyasi, sarfi va boshlang'ich temperatura qanday bo'lganda C ning maksimal kontsentratsiyasiga erishishini aniqlashimiz mumkin.
Umuman olganda, jarayon modelidan foydalanib, biz tizimda boshlang'ich parametrlar, xarakteristikalar yoki natijadorlikni (model natijasini) prognoz qilishimiz mumkin. Prognoz quyidagi bosqichlami talab qiladi:

  1. Jarayonni modellashtirish - jarayon modelini ishlab chiqish;

  2. Jarayonni simulyatsiya qilish - real dunyoda sodir bo'ladigan jarayonlarga taqlid qiluvchi modelning yechimi yoki simulyatsion modeli.

Download 1,27 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1,27 Mb.